Toshkentda yangi Chery Arrizo 6 Pro modelining muhtasham taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Narxlar e'lon qilindi
16 iyun kuni Chery brendining yangi Arrizo 6 Pro modeli taqdimoti bo'lib o'tdi. Tadbir ishtirokchilari raqamli texnologiyalar, intellekt, maqom va qulaylik birgalikda jamlangan progressiv hashamat olamiga yo‘l oldilar.
Yo’lboshchi sifatida, ertangi kun brendi haqidagi tasavvurlarni o'zida mujassam etgan yangi sedan hizmat qildi. Mehmonlar kelajak tarafdorlari va avtomobilning afzalliklarini ochib beruvchi noyob shou formatidagi digital-faolliklarning qismiga aylandilar.

Avtomobil jurnalistlar va blogerlarga 6 iyun kuni maxsus premyera oldi test-drayvida taqdim etilgan edi. Endi esa, avtomobil keng jamoatchilikka urbanistik uslubdagi yopiq ijtimoiy tadbir formatida taqdim etildi.

Taqdimot uchun karting markazi asosida hudud yaratildi. Tadbirning mazmuni, aynan yangi Chery Arrizo 6 Pro - da o'z aksini topgan “Kelajak texnologiyalari” kontseptsiyasi atrofida qurilgan edi.
Atrofdagi butun jabha, bir nechta ekranlar, yorug'lik shousi va konturli yoritilishlar tufayli sinxron ravishda transformatsiyalanib turdi.
Taqdimot brend vakillarining tabriklari va chiqishlari bilan boshlandi. Chery International vakili Gun Tsimin va Chery Uzbekistan brendi direktori Vyacheslav Vasilyev yangi Arrizo 6 Pro haqida asosiy jihatlarni, shuningdek, barcha yangi modellarni O‘zbekistonda yig‘ish istiqbollari haqida aytib o‘tdilar.

Chery Tiggo 8 Pro Max xaridorlaridan biri ham o'z so'zlarini sahnadan turib aytdi. U yangi avtomobilidan juda mamnun ekanligini aytib, uning qulayligi va zamonaviyligini ham qayd etdi. Xaridor, insonlarnini yaqinlashtiradigan va o'zini yagona Chery oilasi a’zosi kabi his qilish imkon beradigan “With Chery With Love” loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirlar uchun Cheryga o‘z minnatdorchilik bildirdi.

Shouning kulminatsion nuqtasi – bu oqshomning bosh qahramoni bo’lgan yangi Arrizo 6 Pro ning effektli paydo bo’lishi bo'ldi. Bloggerlar rus va o‘zbek tillarida avtomobilning taqdimotini o‘tkazishdi, uning xususiyatlari va eng so‘nggi texnologiyalari haqida so‘zlab berishdi.
Ta’sirchan premyeradan tashqari, mehmonlar va avtomobilning ilk xaridorlari noyob sovrinlar qo‘yilgan o‘yinida ham ishtirok etdilar. Ta’kidlash joizki, tadbir ishtirokchilari uchun asosiy sahnadagi ko‘ngilochar shoudan tashqari bir nechta interaktiv zonalar ham tashkil etilgan edi. Kechaning hedlayneri esa rep-ijrochisi Shohrux edi . Ishonch bilan aytish mumkinki, tadbir yilning asosiy voqeasiga aylandi.

Arizzo 6 Pro - O'zbekistonda yig'iladigan Chery brendining ilk sedanidir. Texnologiya, dizayn, funksionallik va tarmoqaviy integratsiya imkoniyatlari tufayli avtomobil haydovchini ham, yo‘lovchilarni ham hushnud eta oladi.
Yangi Chery Arrizo 6 Pro 1 iyundan sotuvga chiqarildi. Avtomobillar Cheryning barcha rasmiy dilerlik markazlarida, shuningdek, Samarkand Darvoza va Compass mall savdo markazlarida taqdim etilmoqda.

Urfdagi sedanning narxi quyidagicha:
Arrizo 6 Pro Comfort — 254 900 000 so‘m;
Arrizo 6 Pro Intelligence — 289 900 000 so‘m.
Cheryning butun O'zbekiston bo‘ylab dilerlik tarmog'ida Arrizo 6 Pro uchun bepul test-drayv xizmati mavjud.
Bepul test drayvga 71 276 55 55 telefon raqami yoki https://t.me/cheryuzbekistanbot telegram bot orqali yozilish mumkin.
Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari
Chery Uzbekistanning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
Website https://cheryauto.uz/
Instagram https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/
Telegram https://t.me/cheryuzbekistan
Facebook https://www.facebook.com/CheryUzbekistan/
YouTube https://www.youtube.com/@cheryuzbekistan
HAM OʻQING

Chery brendi avtomobillari sotuvining dekabr oyi natijalari hamda 2024-yilning umumiy yakunlari
2024-yil O‘zbekistonda Chery brendi uchun muhim yil bo‘lib, avtomobil ishqibozlari o‘rtasida yuqori darajadagi ishonch va talab mavjudligini tasdiqladi. Sotuvlarning barqaror o‘sishi, bozorda ishtirok etish geografiyasining kengayishi va undagi mavqeining...

Chery brendi O‘zbekistonda ikki yilligini nishonladi: yangi Tiggo 2 Pro modeli taqdimoti va dilerlik konferensiyasi
O‘zbekiston bozorida Chery brendining ikki yilligi munosabati bilan ADM Global kompaniyalar guruhi keng miqyosli dilerlik konferensiyasini o‘tkazdi, uning asosiy voqeasi sifatida yangi Chery Tiggo 2 Pro krossoveri taqdimoti bo‘ldi. Ushbu model zamonaviy dizayn, texnologiya va...

Chery TIGGO 7 avtomobillarining millioninchisi eksportga chiqarildi — kompaniyaning global miqyosdagi kengayishida yangi bosqich
2024 yil 1 noyabrda TIGGO model qatori uchun muhim bosqichga erishildi: Chery TIGGO 7 avtomobilining millioninchi avtomobili Xitoyning Uxu porti orqali jahon bozoriga yo‘l oldi.
TEST DRIVE UCHUN RO‘YXATDAN O'TISH
Eng yaqin vakolatli dilerda test drive'ga yoziling