TIGGO 8 PRO MAX
BIZNES KLASS KOMFORTI BILAN ZAVQLANING

Boy texnologik uskunalar, murosasiz himoya darajasi, ajoyib funksionallik va biznes-klassdagi qulaylik

Narxi
470 900 000 so'm dan*
TIGGO 8 PRO MAX
TIGGO 8 PRO
NEW CITY ELITE

Boy texnologik uskunalar, murosasiz himoya darajasi, ajoyib funksionallik va biznes-klassdagi qulaylik

Narxi
407 900 000 so'm dan*
TIGGO 8 PRO
TIGGO 7 PRO
SIZGA O'XSHAB, HAR DOIM KO'PROQ MUVOFIQLARGA ERISHADI

Tiggo 7 PRO-da biznes-klassdagi qulaylikdan rohatlaning

Narxi
291 900 000 so'm dan*
TIGGO 7 PRO
ARRIZO 6 PRO
ISTIQBOLGA EGA

Arrizo 6 PRO rulida biznes-klass qulayligidan bahramand bo'ling

Narxi
234 900 000 so'm dan*
ARRIZO 6 PRO
22.12.2023

Chery brendi avtomobil egalari bilan Samarqandga sayohat uyushtirdi.

Chery o‘tgan dam olish kunlarida brendning barcha avtomobillari modellari egalarini yirik tadbirda jamladi

Chery brendi avtomobil egalari bilan Samarqandga sayohat uyushtirdi.

Chery o‘tgan dam olish kunlarida brendning barcha avtomobillari modellari egalarini yirik tadbirda jamladi, avtokarvonda Arrizo 6 Pro sedanidan Tiggo 7 Pro va Tiggo 8 Pro | Max krossoverlarigacha ishtirok etdi. Ushbu karvon ishtirokchilari O‘zbekistonning turli hududlarida istiqomat qiladi va ular brend ishtiyoqmandlarining do‘stona hajmamiyatini shakllantirish hamda mustahkamlashga xizmat qiladi.

Chery avtomashinalarining katta karvoni Toshkent–Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab harakatlandi, uning uzunligi 300 kilometrni tashkil etdi. Chery avtomobillarining 100 ga yaqin egalari sayohatda ishtirok etib, o‘z avtomobillarining imkoniyatlarini yana bir bor sinab ko‘rdi.

Mijozlar belgilangan masofani bosib o‘tish orqali avtomobilning imkoniyatlarini to‘liq baholashi mumkin edi. Ko‘pgina xaridorlar mashina murakkab ob-havo sharoitida ham yo‘l yuzida erkin harakatlanishiga guvoh bo‘ldi, shuningdek, yana boshqa qulayliklarni sinab ko‘rdi.

Tadbir Samarqand shahridagi «Boqiy shahar» majmuasida yakunlandi, u yerda mehmonlarni milliy tarixiy libos kiygan posbonlar kutib olib, bayramga sharqona fayz qo‘shdi. Musobaqa doirasida ishtirokchilar uchun «Abadiy shahar» majmuasi bo‘ylab qiziqarli kvest tashkil etildi, unda har bir ishtirokchi o‘zini haqiqiy sharqona muhitda his etdi, deyish mumkin.

Tadbir O‘zbekistondagi Chery brendi hamda «ADM GLOBAL» distribyutori tashabbusi bilan tashkil etilgan «With Chery With Love» loyihasi doirasida o‘tkazildi. «ADM GLOBAL» va Chery o‘z mijozlarini qo‘llab-quvvatlash va avtomobilь egalari orasidagi ishonch darajasini mustahkamlash maqsadida shu kabi tadbirlarga sarmoya kiritishda davom etmoqda.

«With Chery With Love» loyihasi uchrashuv, sarguzasht va tajriba almashish uchun noyob imkoniyatlarni taqdim etish maqsadida rivojlanadi, bu esa Chery kompaniyasi o‘z mijozlarining hayot sifatini yaxshilashiga sodiqligini isbotlaydi.

O‘zbekistondagi rasmiy dilerdan sotib olingan Chery avtomobillarining barcha egalari ushbu qiziqarli loyihaning bir qismi hisoblanadi.

TEST DRIVE UCHUN RO‘YXATDAN O'TISH

Eng yaqin vakolatli dilerda test drive'ga yoziling