TIGGO 8 PRO MAX
BIZNES KLASS KOMFORTI BILAN ZAVQLANING

Boy texnologik uskunalar, murosasiz himoya darajasi, ajoyib funksionallik va biznes-klassdagi qulaylik

Narxi
470 900 000 so'm dan*
TIGGO 8 PRO MAX
TIGGO 8 PRO
NEW CITY ELITE

Boy texnologik uskunalar, murosasiz himoya darajasi, ajoyib funksionallik va biznes-klassdagi qulaylik

Narxi
407 900 000 so'm dan*
TIGGO 8 PRO
TIGGO 7 PRO
SIZGA O'XSHAB, HAR DOIM KO'PROQ MUVAFFAQIYATGA ERISHADI

Tiggo 7 PRO-da biznes-klassdagi qulaylikdan rohatlaning

Narxi
291 900 000 so'm dan*
TIGGO 7 PRO
ARRIZO 6 PRO
ISTIQBOLGA EGA

Arrizo 6 PRO rulida biznes-klass qulayligidan bahramand bo'ling

Narxi
234 900 000 so'm dan*
ARRIZO 6 PRO
21.05.2024

CHERY “2024 Fortune China ESG Impact List”ga kiritildi

CHERY Automobile 2024-yil 13-mayda chop etilgan “2024 Fortune China ESG Impact List” roʻyxatiga kiritildi (URL: https://www.fortunechina.com/esg/2024.htm). Ushbu e’tirof CHERY’ning ESG (Environmental, Social, and Governance – Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) sohasida erishgan yutuqlari va yetakchiligini namoyish etadi. Mazkur e’tirof Xitoyda ESG-amaliyotlari, ayniqsa ogʻir iqtisodiy davrlarda izchil rivojlanayotganidan darak beradi.

CHERY “2024 Fortune China ESG Impact List”ga kiritildi

CHERY Automobile 2024-yil 13-mayda chop etilgan “2024 Fortune China ESG Impact List” roʻyxatiga kiritildi (URL: https://www.fortunechina.com/esg/2024.htm). Ushbu e’tirof CHERY’ning ESG (Environmental, Social, and Governance – Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) sohasida erishgan yutuqlari va yetakchiligini namoyish etadi. Mazkur e’tirof Xitoyda ESG-amaliyotlari, ayniqsa ogʻir iqtisodiy davrlarda izchil rivojlanayotganidan darak beradi. ESG kompaniyalarning uzoq muddatli faoliyatini belgilaydigan eng muhim omilga aylandi.

“2024 Fortune China ESG Impact List” roʻyxati chuqur ma’lumotlar tahlili va professional baholash uslublaridan foydalangan holda puxta tuzilgan. Yangi energetika, ishlab chiqarish, internet, moliya, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalardan boʻlgan 200 dan ortiq kompaniyalar 2024-yilda ishtirok etish uchun arizalar bilan murojat etdilar. Tanlab olingan kompaniyalar atrof-muhitni muhofaza qilish, xodimlar farovonligi va jamiyatni qoʻllab-quvvatlash sohasida ulkan sa’y-harakatlarni namoyish etganlar. Ular barqaror iqtisodiy oʻsishga oʻz hissalarini qoʻshib, bozorda hurmat qozonmoqdalar.

Fortune’ning xabar berishicha, CHERY 2023-yilning aprel oyida oʻzining yangi energetik strategiyasi haqida rasmiy ravishda e’lon qildi va yangi energiyada ishlovchi avtomobillar, vodorodli ichki yonishli dvigatellari va e’tiborini vodorodli yoqilgʻi modullarini ishlab chiqishga qaratdi. Kompaniyaning yangi energiyada ishlovchi avtomobillar va energiyaning tejalishidan yillik daromadi 10,9 mlrd. yuandan oshib ketti.

Yaqinda “2024 CHERY International Business Conference” anjumanida CHERY kompaniyasi Osiyo, Yevropa, Afrika, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika va Okeaniyadagi dilyerlari bilan hamkorlikda, suv va dengiz resurslarini himoya qilish boʻyicha “Cherish the Nature” (“Tabiatni asrang”) tashabbusini amalga kiritdi. Ushbu tashabbus suv resurslari va okeanlarni, shu jumladan Yantzi, Amazonka, Nil, Reyn, Mekong va boshqa daryolarni muhofaza qilish masalalariga bagʻishlanadi. Uning maqsadi – xodimlar, mijozlar, dilerlar, jamoat tashkilotlari va boshqa manfaatdor tomonlarni suv resurslari va okeanlarni faol himoya qilishga safarbar etishdir.

CHERY – butun dunyo boʻylab 13,8 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega boʻlgan avtomobil kompaniyasidir. Soʻnggi 21 yil davomida u Xitoy brendlariga mansub yengil avtomobillar eksporti boʻyicha birinchi oʻrinni egallab kelmoqda. Turli mamlakatlarda 20 yildan ortiq vaqt ish faoliyati davomida CHERY, barqaror rivojlanish konsepsiyasiga amal qilib, ESGni oʻz strategiyasi va operatsiyalariga integratsiyaladi. Kompaniya har bir mavjud boʻlgan bozorida iqtisodiyotga, ish oʻrinlari yaratishga, soliqlarni toʻlashga va ijtimoiy farovonlikka oʻz hissasini qoʻshishga intilib, korporativ fuqarolik majburiyatlarini bajarib keldi. 2023-yilda CHERY UNICEF (United Nations International Children’s Emergency Fund – Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzuridagi bolalar uchun xalqaro favqulodda yordam jamgʻarmasi)ga bolalarning ta’limi boʻyicha xalqaro loyihalarni amalga oshirilishi uchun 6 million AQSh dollari miqdorida mablagʻlarni ehson qildi. Bundan tashqari, CHERY IUCN (International Union for Conservation of Nature and Natural Resources – Tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish boʻyicha xalqaro ittifoq) bilan atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha global loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun hamkorlik memorandumi imzoladi. 

CHERY Group direktorlar kengashining raisi janob In Tonyue, CHERY ajoyib qadriyatlarni yaratishga, jamiyat farovonligiga oʻz hissasini qoʻshishga va kompaniya brendi ostida amalga oshiriladigan barcha tashabbuslar uchun javobgarlikni zimmasiga olishga intilayotganini ta’kidladi. CHERY turli bozorlarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishish va butun dunyo boʻylab yetakchi avtomobil guruhiga aylanish maqsadida olgʻa borib, barcha hamkorlar bilan hamkorlikga qilib umid intilmoqda.

O‘zbekistonda xususiy investitsiyalar hisobiga qurilgan ilk avtomobil zavod bo‘lgan – ADM Jizzakh zavodida ishlab chiqarilayotgan ADM Global kompaniyalari guruhi tomonidan O‘zbekistonda taqdim etilayotgan CHERY avtomobillarining xarakteristikalari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.

TEST DRIVE UCHUN RO‘YXATDAN O'TISH

Eng yaqin vakolatli dilerda test drive'ga yoziling