TIGGO 8 PRO MAX 2024
BIZNES KLASS KOMFORTI BILAN ZAVQLANING

Yetti o’rinli, boy texnologik uskunalar, murosasiz himoya darajasi, ajoyib funksionallik va biznes-klassdagi qulaylik

Narxi
470 900 000 so'm dan*
TIGGO 8 PRO MAX 2024
TIGGO 8 PRO MAX
BIZNES KLASS KOMFORTI BILAN ZAVQLANING

Boy texnologik uskunalar, murosasiz himoya darajasi, ajoyib funksionallik va biznes-klassdagi qulaylik

Narxi
470 900 000 so'm dan*
TIGGO 8 PRO MAX
TIGGO 8 PRO
NEW CITY ELITE

Boy texnologik uskunalar, murosasiz himoya darajasi, ajoyib funksionallik va biznes-klassdagi qulaylik

Narxi
407 900 000 so'm dan*
TIGGO 8 PRO
TIGGO 7 PRO 2024
SIZGA O'XSHAB, HAR DOIM KO'PROQ MUVAFFAQIYATGA ERISHADI

Tiggo 7 PRO-da biznes-klassdagi qulaylikdan rohatlaning

Narxi
306 900 000 so'm dan*
TIGGO 7 PRO 2024
TIGGO 7 PRO
SIZGA O'XSHAB, HAR DOIM KO'PROQ MUVAFFAQIYATGA ERISHADI

Tiggo 7 PRO-da biznes-klassdagi qulaylikdan rohatlaning

Narxi
291 900 000 so'm dan*
TIGGO 7 PRO
ARRIZO 6 PRO 2024
ISTIQBOLGA EGA

Arrizo 6 PRO rulida biznes-klass qulayligidan bahramand bo'ling

Narxi
249 900 000 so'm dan*
ARRIZO 6 PRO 2024
ARRIZO 6 PRO
ISTIQBOLGA EGA

Arrizo 6 PRO rulida biznes-klass qulayligidan bahramand bo'ling

Narxi
234 900 000 so'm dan*
ARRIZO 6 PRO
05.09.2024

O‘zbekiston bo‘ylab 2024-yil avgust oyida Chery sotuvining natijalari

2024-yilning avgust oyida jami 679 dona Arrizo 6 Pro, Tiggo 7 Pro va Tiggo 8 Pro hamda Tiggo 8 Pro Max avtomobillari sotilgan, deb xabar beradi Chery’ning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori, ADM Global kompaniyalar guruhi.

O‘zbekiston bo‘ylab 2024-yil avgust oyida Chery sotuvining natijalari

2024-yilning avgust oyida jami 679 dona Arrizo 6 Pro, Tiggo 7 Pro va Tiggo 8 Pro hamda Tiggo 8 Pro Max avtomobillari sotilgan, deb xabar beradi Chery’ning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori, ADM Global kompaniyalar guruhi.

Sotilgan avtomobillar soni bo‘yicha Tiggo 7 Pro 2024-yilning butun yoz davomida yetakchilikni saqlab qoldi. Avgust oyida 345 dona krossover sotilgan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich sotilgan Chery avtomobillarining umumiy hajmining 50,8 foiziga to‘g‘ri keladi. Bu iyul oyiga nisbatan 1,18 barobar ko‘p ekanligini ko‘rsatadi.

Chery Tiggo 7 Pro kundalik foydalanishda o‘zining qulayligini taklif etgan holda amaliy foydaliligi bilan xaridorlarni jalb qiladi. Avtomobil yuqori ishonchliligi bilan ajralib turishi tufayli, uni chidamlilikni qadrlaydiganlar uchun ajoyib tanlovga aylantiradi. Tiggo 7 Pro’ning zamonaviy dizayni egasining o‘ziga xosligini ta’kidlash orqali mijozlarning estetik afzalliklarini qondiradi. Model qulaylik va funksiyalarning xilma-xilligini ta’minlash orqali zamonaviy xaridorlarning talablariga to‘liq mos keladi.

Ikkinchi o‘rinda Arrizo 6 Pro bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich 255 dona, ya’ni umumiy hajmning 37,6 foizini tashkil etdi.

Chery Arrizo 6 Pro o‘zining hammabop uslubi va unumdorligi bilan turli yoshdagi xaridorlarni o‘ziga jalb qiladi. Uning 1,5 litrli turbolashtirilgan dvigateli har bir sayohatni yanada jo‘shqin va qiziqarli qilish uchun harakat davomida ajoyib taassurotlarni taqdim etadi.

Tiggo 8 Pro va Tiggo 8 Pro Max modellari jami 79 dona (umumiy Chery sotuvining 11,6 foizi) sotilgan.

Chery Tiggo 8 Pro o‘zining keng uchinchi qator o‘rindiqlari bilan katta oilalar yoki kompaniyalar uchun ajoyib tarzda mos keladi. Avtomobil salmoqli sig‘imi bilan farq qilishi tufayli, uni do‘stlar yoki oila bilan sayohat qilish uchun mukammal tanlovga aylantiradi. Sig‘imli yukxona barcha zarur narsalarni qulay tashishni ta’minlashda, ayniqsa uzoq sayohatlar vaqtida muhimdir.

Hududlar kesimida 2024-yil avgust oyidagi amalga oshirilgan sotuvlar quyidagi ko‘rinishga ega:

  • Toshkent shahri – 30,9 foiz;
  • Buxoro viloyati – 12,8 foiz;
  • Samarqand viloyati – 10,5 foiz;
  • Qashqadaryo viloyati – 9,1 foiz;
  • Navoiy viloyati – 8,7 foiz;
  • Xorazm viloyati – 6,0 foiz;
  • Surxondaryo viloyati – 5,6 foiz;
  • Farg‘ona viloyati – 4,6 foiz;
  • Namangan viloyati – 4,3 foiz;
  • Andijon viloyati – 4,1 foiz;
  • Jizzax viloyati – 2,7 foiz;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 0,7 foiz.

Chery avtomobillari xaridorlarining jismoniy shaxslar o‘rtasidagi gender taqsimoti tahliliga ko‘ra, erkaklar – 69 foiz, ayollar – 31 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, 30 yoshgacha bo‘lgan xaridorlar ulushi 11,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 30 va undan katta yoshdagilar orasida bu ko‘rsatkich ancha yuqori bo‘lib, 88,7 foizni tashkil etdi.

Chery avtomobillari xaridorlari mahsulotning texnologikligi, ishonchliligi va yuqori sifati tufayli mazkur brendni yuqori baholashadi. Brendning maqsadli auditoriyasi yuqori darajada talabchan va kompaniyaning avtomobil bozori premium segmentidagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan ulkan rejalariga mukammal tarzda mos keladi.

TEST DRIVE UCHUN RO‘YXATDAN O'TISH

Eng yaqin vakolatli dilerda test drive'ga yoziling