CHERYavtomobilini O'zbekistondagi rasmiy dilerlardan sotib olishning ahamiyati
2024-yilning avgust oyida “Milliy TV” telekanalidagi “Millar” ko‘rsatuvida CHERY avtomobilining tormoz tizimi ishlamay qolgani va bu holat yetti avtomobil ishtirokidagi ommaviy yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lishiga olib kelgani haqida xabar berildi. Ushbu bayonot avtomobilchilar orasida turli Telegram-kanallarida munozaralar va tashvishlanish to‘lqinini keltirib chiqardi. Biroq, aslidagi holat qanday sodir bo‘lganini to‘liq tushunib olish muhimdir.
Reportajda eslatib o'tilgan transport vositasi aslida O'zbekistonga parallel import orqali olib kelingan boshqa avtomobil markasidagi transport vositasi ekanligiga e'tibor qaratish lozim.
Afsuski, ushbu transport vositalari zarur davlat sertifikatidan o'tganligi haqida to’liq ma’lumot mavjud emas, bu bizning mamlakatimizda belgilangan xavfsizlik talablariga javob bermasligi mumkin.
Avvalambor ta’kidlash joizki, ADM Global kompaniyalar guruhi – CHERY brendining O‘zbekistondagi yagona rasmiy vakili deb hisoblanadi. O‘zbekiston hududiga parallel import yo‘li bilan olib kirilayotgan CHERY brendining yoki CHERY International qo’shma korxonalarining avtomobillari sertifikatlashdan o‘tmaydilar va ADM GLOBAL rasmiy distribyutor bilan hech qanday bog‘liqlik rishtalariga ega emaslar.
Avtomobilni, ayniqsa parallel import sharoitida xarid qilishda iste’molchi nafaqat o‘zining pul mablag‘larini, balki o‘zining va yaqinlarining sog‘lig‘i va hayotini ham xavf ostiga qo‘yishini yodda tutmoq kerak. Rasmiy distribyutorlar tomonidan taklif etilayotgan avtomobillar kafolat va xizmat ko‘rsatilish bilan ta’minlanadi, bu esa transport vositasining sozligi va xavfsizligiga bo‘lgan ishonchning ortishiga yordam beradi.
HAM OʻQING
Yangi CHERY avtomobillarining taqdimoti: yangi narxlar e’lon qilindi
12-sentabr kuni Toshkentda O‘zbekistonda CHERY brendining rasmiy ishlab chiqaruvchisi va distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etilgan CHERY avtomobil brendining uzoq kutilgan 2024-yil yangiligi: yangi Tiggo 8 Pro Max, Tiggo 7 Pro va Arrizo 6 Pro...
O‘zbekiston bo‘ylab 2024-yil avgust oyida Chery sotuvining natijalari
2024-yilning avgust oyida jami 679 dona Arrizo 6 Pro, Tiggo 7 Pro va Tiggo 8 Pro hamda Tiggo 8 Pro Max avtomobillari sotilgan, deb xabar beradi Chery’ning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori, ADM Global kompaniyalar guruhi.
CHERY Group ilk bor 385-o‘rinni egallab “Fortune Global 500” ro‘yxatiga kiritildi
CHERY Holding Group Co., Ltd. 39,0917 milliard AQSh dollari miqdoridagi ulkan daromadi tufayli 385-o‘rinni egallab, nufuzli “Fortune Global 500”ning 2024-yil uchun reytingiga kiritildi. Bu yutuq nafaqat kompaniya uchun, balki butun Xitoy avtomobilsozlik sektori uchun muhim...
TEST DRIVE UCHUN RO‘YXATDAN O'TISH
Eng yaqin vakolatli dilerda test drive'ga yoziling