20.09.2024

Chery’ning 2023-yil uchun ESG hisoboti: Chery 95 foizdan ortiq avtomobil utilizatsiyasi bilan davriy iqtisodiyotda yangi standartlarni o‘rnatmoqda

Barqaror rivojlanishga intilayotgan zamonaviy dunyo sharoitlarida Chery ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) sohalari strategiyalarini faol amalga oshirmoqda. U ekologik toza va kam uglerodli yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan. Chery davriy iqtisodiyot namunasini namoyish etmoqda va ishlab chiqarish, yetkazib berish, sotuv, foydalanish va qayta ishlash kabi sohalarda sezilarli yutuqlarga erishdi. Mazkur holatlar 2023-yil uchun ESG hisobotida o‘z aksini topdi. Xususan, kompaniya avtomobillarini utilizatsiya qilish darajasi 95 foizdan oshdi, bu uning ushbu tamoyillar va davriy iqtisodiyotdagi yutuqlarga yuqori darajadagi sodiqligini ta’kidlaydi.

Chery’ning 2023-yil uchun ESG hisoboti: Chery 95 foizdan ortiq avtomobil utilizatsiyasi bilan davriy iqtisodiyotda yangi standartlarni o‘rnatmoqda

Barqaror rivojlanishga intilayotgan zamonaviy dunyo sharoitlarida Chery ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) sohalari strategiyalarini faol amalga oshirmoqda. U ekologik toza va kam uglerodli yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan. Chery davriy iqtisodiyot namunasini namoyish etmoqda va ishlab chiqarish, yetkazib berish, sotuv, foydalanish va qayta ishlash kabi sohalarda sezilarli yutuqlarga erishdi. Mazkur holatlar 2023-yil uchun ESG hisobotida o‘z aksini topdi. Xususan, kompaniya avtomobillarini utilizatsiya qilish darajasi 95 foizdan oshdi, bu uning ushbu tamoyillar va davriy iqtisodiyotdagi yutuqlarga yuqori darajadagi sodiqligini ta’kidlaydi.

Ishlab chiqarishda uglerod chiqindilarini kamaytirish: Sof energiya va kam uglerodli texnologiyalar integratsiyasi

Chery o‘zining ishlab chiqarish jarayonlariga sof energiya strategiyasini joriy etish orqali o‘zining ekologik samaradorligini sezilarli darajada oshirdi. Bunga quyosh panellari va geotermal issiqlik nasoslarini o‘rnatish kiradi. 2023-yil oxiriga kelib, Chery kompaniyasining Uxu shahridagi (Xitoy) bosh qarorgohida 76 megavattli quyosh quvvatlari o‘rnatilgan bo‘lib, u 198 900 megavatt-soat energiya ishlab chiqaradi. Bunda kompaniya mazkur energiyaning 93,9 foizini mustaqil ravishda iste’mol qilishi karbonat angidrid (CO2) gazi chiqarishni taxminan 140 000 tonnaga qisqartirishga yordam berdi. Bundan tashqari, yangi muqobil energiya ishlab chiqaruvchi zavodlarga 3,25 megavatt quvvatga ega quyosh tizimi o‘rnatildi, mazkur tizim keyingi 25 yil mobaynida 71 500 megavatt-soat sof energiya ishlab chiqaradi, bu esa CO2 chiqindilarini qo‘shimcha ravishda taxminan 50 000 tonnaga qisqartirish imkonini beradi.

Chery uglerod qoldiqlarini kamaytirishga qaratilgan yangi texnologiyalarni faol joriy etmoqda. Xususan, kompaniya bosim ostida integratsiyalashgan quyish va past haroratli integratsiyalashgan qoplashdan foydalanadi. Ushbu innovatsiyalar nafaqat ishlab chiqarish jarayonini yanada samarali qiladi, balki energiya iste’moli va karbonat angidrid chiqindilarini sezilarli darajada kamaytiradi. Brendning ko‘plab avtomobillari allaqachon ushbu “yashil” texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lishi, kam uglerodli ishlab chiqarishga o‘tish uchun ishonchli asos yaratadi.

Kam uglerodli logistika: Ekologik va samarali logistika tizimini yaratish

Xalqaro operatsiyalarining jadal o‘sishiga javoban, Chery samarali va kam uglerodli logistika zanjirini yaratish uchun uzluksiz ravishda o‘z logistika tizimini takomillashtirmoqda. Logistik ma’lumotlarni tahlil qilish va optimal transport strategiyalarini ishlab chiqish uchun Chery raqamli transportni boshqarish tizimlarini qo‘llamoqda. Misol uchun, kompaniya shahar yuk yig‘uvchilari, tovarlarni masofadan birlashtirish va turli transport turlarini integratsiyalash kabi usullardan foydalanishi, yuklash samaradorligini oshirish va tashish sonini qisqartirish imkonini beradi. Chery, shuningdek, daryolar va dengizlar bo‘ylab to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish, paromlarga kirish/chiqish imkoniyati bilan tashish kabi kam uglerodli transport usullaridan faol foydalanmoqda, shuningdek, yangi energetik yonilg‘ida daryo temir yo‘llari va yuk mashinalaridan foydalanishni faol ravishda oshirmoqda, bu esa uglerod chiqindilarini kamaytirishga yordam beradi. Chery o‘z zavodlarida ehtiyot qismlarni tashish uchun to‘liq elektr yuk ortgichlar va evakuatorlardan foydalanadi, bu o‘z navbatida, o‘zining logistika operatsiyalarida uglerod qoldig‘ining qo‘shimcha ravishda kamayishini keltirib chiqaradi.

Sotuv va foydalanish: Ekologik iste’mol bo‘yicha qo‘llanma va energiya samaradorligini maqbullashtirish

Sotuv bosqichida Chery o‘z dilerlarini shourumlar qurish va ulardan foydalanishda barqaror rivojlanish tamoyillariga rioya qilishga rag‘batlantiradi. Ular ekologik toza qurilish materiallaridan foydalanadilar va energiya sarfini kamaytirish uchun ko‘rgazma zallarini kunduzgi yoritish va yoritgich chiroq tizimlarini maqbullashtiradilar. Shuningdek, Chery yangi energetik avtomobillaridan foydalanish qulayligini oshirish, kam uglerodli va ekologik toza transportga o‘tishga ko‘mak berish uchun ochiq quvvatlash stansiyalari va qo‘shimcha qurilmalarni o‘rnatmoqda.

Foydalanish nuqtai nazaridan, Chery o‘zining benzinli avtomobillari va ulanadigan gibridlarini foydalanuvchilarga energiya sarfini tejash imkonini beradigan energiya o‘zgartirish samaradorligini oshirish, energiya uzatishdagi yo‘qotish darajasini pasaytirish va tizim tomonidan energiya sarfini kamaytirish orqali energiya samaradorligini doimiy ravishda maqbullashtirmoqda. Bundan tashqari, Chery o‘zining foydalanuvchilariga yanada qulay va tejamkor “yashil” sayohatlarni ta’minlash orqali o‘zining yangi energetik avtomobillarining harakatlanish uzoqligini oshirish va quvvatlash qulayligiga alohida e’tibor qaratmoqda.

Qayta ishlash: Resurslardan maksimal foydalanish uchun yopiq sikl tizimini yaratish

Chery avtomobillarning hayotiy sikli oxirida ularni utilizatsiya qilish, qayta ishlash va qayta foydalanishni faol ravishda targ‘ib qiladi. Kompaniya ham ichki, ham xalqaro me’yorlarga qat’iy amal qiladi, shuningdek, turli boshqaruv tizimlari va texnik standartlarni ishlab chiqmoqda. Bu avtomobillarni utilizatsiya qilish, qismlarga ajratish, saralash va qayta foydalanishni o‘z ichiga olgan davriy iqtisodiyot modelini samarali amalga oshirish imkonini beradi. 2023-yil oxiriga kelib, Chery avtomobillarining utilizatsiya darajasi 95 foizga yetdi va qayta foydalanish darajasi 85 foizni tashkil etdi. Mazkur holat kompaniyaga o‘z sohasida yetakchi o‘rinlarni egallashga yordam berdi.

Ishlab chiqarish, logistika, sotuv, foydalanish va utilizatsiya sohalarida doimiy sa’y-harakatlar va innovatsion usullar tufayli kompaniya “yashil” harakatlanish va davriy iqtisodiyot uchun yangi yo‘nalishlarni muvaffaqiyatli o‘rnatdi. Kelajakda Chery insoniyat va tabiatning uyg‘un yashashiga yanada katta hissa qo‘shish orqali barqaror rivojlanishga sodiqligini saqlab qoladi.

O‘zbekistonda Chery avtomobil brendining rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan Chery avtomobillarining tavsiflari, mavjud komplektatsiyalar va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.

TEST DRIVE UCHUN RO‘YXATDAN O'TISH

Eng yaqin vakolatli dilerda test drive'ga yoziling