TIGGO 8 PRO MAX
HASHAMATLI YETTI O‘RINDIQLI PREMIUM TOIFADAGI KROSSOVER

 

480 900 000 so'mdan*
TIGGO 8 PRO MAX
TIGGO 8 PRO
ZAMONAVIY QULAYLIK DARAJASIGA EGA KROSSOVER

 

417 900 000 so'mdan*
TIGGO 8 PRO
TIGGO 7 PRO MAX
HAR QANDAY YO'LDA QULAYLIK VA ISHONCHNI QADIRLAYADIGAN OILA UCHUN IDEAL TANLOV

 

364 900 000 so'm*
TIGGO 7 PRO MAX
TIGGO 7 PRO
OILAVIY KROSSOVER

 

311 900 000 so'mdan*
TIGGO 7 PRO
ARRIZO 6 PRO

 

254 900 000 so'mdan
214 900 000 so'mdan*
ARRIZO 6 PRO
23.09.2024

Chery avtomobilsozlik sanoatida yagona g‘olibiga aylanib, “BrandZ Pioneering Chinese Global Brand” mukofotiga sazovor bo‘ldi

2024-yil 10-sentabr kuni Shanxayda (Xitoy) butun dunyodan eng yuqori darajadagi 1000 dan ortiq brend yaratuvchilari, moliyaviy rahbarlar va ommaviy axborot vositalari vakillarini birlashtirgan “2024 Kantar BrandZ China” tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi. Chery global ekspansiya sohasida Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari orasida yetakchi bo‘lib, avtomobilsozlik sanoatida “Pioneering Chinese Global Brand” (“Novator Xitoy global brendi”) deb tan olindi. Mazkur yutuq uning jahon avtomobil sanoatidagi ahamiyatini ko‘rsatib o‘tmoqda.

Chery avtomobilsozlik sanoatida yagona g‘olibiga aylanib, “BrandZ Pioneering Chinese Global Brand” mukofotiga sazovor bo‘ldi

2024-yil 10-sentabr kuni Shanxayda (Xitoy) butun dunyodan eng yuqori darajadagi 1000 dan ortiq brend yaratuvchilari, moliyaviy rahbarlar va ommaviy axborot vositalari vakillarini birlashtirgan “2024 Kantar BrandZ China” tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi. Chery global ekspansiya sohasida Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari orasida yetakchi bo‘lib, avtomobilsozlik sanoatida “Pioneering Chinese Global Brand” (“Novator Xitoy global brendi”) deb tan olindi. Mazkur yutuq uning jahon avtomobil sanoatidagi ahamiyatini ko‘rsatib o‘tmoqda.

“2024 Kantar BrandZ China” gala-tadbirida globallashuv sharoitida turli sohalarda ajoyib natijalarga erishgan brendlar e’tirof etildi. “Pioneering Chinese Global Brand” (“Novator Xitoy global brendi”) nominatsiyasida oltita sanoat tarmog‘i ishtirok etdi va ularning har birida faqat bitta brend taqdirlandi.

Globallashuv sharoitida Xitoyning ko‘plab brendlari xalqaro bozorlarga faol kirib bormoqda. Ushbu tadbirda mukofotga sazovor bo‘lgan yagona avtomobil brendiga aylangan Chery nafaqat jahon bozorida o‘z tajribasi va salmoqli yutuqlarini namoyish etdi, balki xalqaro darajaga chiqishga intilayotgan Xitoy avtomobil brendlari uchun yangi namunaviy andoza bo‘ldi. Kantar BrandZ’da Chery’ning butun dunyo bo‘ylab barqaror o‘sishi va innovatsion yutuqlari qayd etildi, natijada brend yuqorida aytib o‘tilgan unvonga sazovor bo‘ldi, bu esa Chery’ning globallashuv strategiyasini va mahsulotlarning yuqori sifatini to‘liq tasdiqladi.

Chery global bozorda o‘z faoliyatini faol rivojlantirmoqda va bugungi kunda 80 dan ortiq mamlakat va mintaqalarga o‘z mahsulotlarini eksport qilmoqda, sotuvlar esa ikki qiymatli o‘sish ko‘rsatkichini ko‘rsatmoqda. Global R&D markazlari va mahalliy bozor strategiyalariga tayangan holda, Chery xalqaro maydonda Xitoy avtomobil brendlarining yangi imijini yaratish orqali butun dunyo bo‘ylab iste’molchilarning ishonchi va e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Ushbu mukofot Chery kompaniyasining R&D’ning texnologik innovatsiyalar va mahsulotlariga doimiy sarmoyalari natijasidir. Kompaniya turli mamlakatlar va mintaqalardagi foydalanuvchilar uchun eng mos yuqori sifatli yechimlarni taklif qilish uchun butun dunyo bo‘ylab sakkizta R&D markazlari va 300 dan ortiq laboratoriyalarni yaratdi. Chery mahsulotlari Janubiy Amerikaning baland tog‘lari, Janubi-Sharqiy Osiyoning yomg‘irli iqlimi yoki Yaqin Sharqning issiq mintaqalari kabi turli sharoitlarga moslashadi. Mazkur jarayon global iste’molchilarning turli ehtiyojlarini qondirish uchun o‘ziga xos moslashuvchanlik va ishonchlilikni namoyish etadi.

Chery globallashuv jarayonida asosiy ishtirokchi bo‘lib, ishlab chiqarishdagi innovatsiyalar ustida faol ishlamoqda. Shuningdek, kompaniya o‘zi ishtirok etayotgan har bir bozorda chuqur mahalliylashtirish strategiyalarini amalga oshiradi. Bu shuni anglatadiki, Chery mahalliylashtirilgan ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot va sotuv tarmoqlarini yaratadi, buning natijasida kompaniya mahsulotlari va xizmatlari turli mamlakatlardagi iste’molchilar talablariga yaxshiroq javob beradi. Bunday strategiya Chery’ga xorijiy bozorlarga muvaffaqiyatli chiqish va Xitoy avtomobil brendlarining xalqaro nufuzini mustahkamlash imkonini berdi.

Chery avtomobillarining xorijiy bozorlarga eksporti umumiy savdo hajmining deyarli 50 foizini tashkil etdi, bu esa kompaniyaga 21 yil davomida Xitoyning yetakchi yengil avtomobil eksportchisi maqomini saqlab qolish imkonini beradi. Global miqyosda Chery mahalliy qonunchilik talablariga chuqur moslashish, mahsulotlarning muvofiqligini yaxshilash va raqobatbardoshligini oshirishni o‘z ichiga olgan “Taraqqiyotning uch yo‘nalishi” strategiyasiga amal qiladi. Yangi energetik transport vositalarini ham, ichki yonuv dvigatelli an’anaviy avtomobillarni ham qamrab olgan mazkur strategiya tufayli Chery xalqaro maydonda keng e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Mahsulot va texnologiyalar sohasidagi doimiy innovatsiyalardan tashqari, Chery o‘zining korporativ ijtimoiy majburiyatlarini faol ravishda “In somewhere, For somewhere” (“Hamma joyda, hamma uchun”) global konsepsiyasiga amal qiladi. Har bir bozorda Chery ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va iste’dodlarni rivojlantirish orqali mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishga hissa qo‘shadi. Kompaniya besh marta “Top 20 Best Overseas Image Enterprises” (“Eng yaxshi 20 ta xorijiy imidjli korxonalar”) dan biri sifatida e’tirof etildi va avtomobil toifasining Google va “Kantar BrandZ Top 50 Chinese Global Brand Builders 2024” reytingida da birinchi o‘rinni egalladi.

"Pioneering Chinese Global Brand" ("Novator Xitoy global brendi") - bu nafaqat Chery’ning o‘tmishdagi global yutuqlarini e’tirof etish, balki kompaniyaning jahon avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirishda yetakchilik qilishda davom etishini kutishdir. Kelajakka nazar tashlar ekan, Chery o‘zining globallashuv strategiyasini amalga oshirishda davom etmoqda va texnologik innovatsiyalar va mahsulotlarni modernizatsiya qilish orqali Xitoy avtomobil brendlarining jahon bozoridagi ta’siri va raqobatbardoshligini doimiy ravishda oshirib bormoqda va global iste’molchilar uchun eng yaxshi harakatlanish tajribasini ta’minlamoqda.

O‘zbekistonda Chery avtomobil brendining rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan Chery avtomobillarining tavsiflari, mavjud komplektatsiyalar va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.

TEST DRIVE UCHUN RO‘YXATDAN O'TISH

Eng yaqin vakolatli dilerda test drive'ga yoziling