TIGGO 8 PRO MAX 2024
BIZNES KLASS KOMFORTI BILAN ZAVQLANING

Yetti o’rinli, boy texnologik uskunalar, murosasiz himoya darajasi, ajoyib funksionallik va biznes-klassdagi qulaylik

Narxi
470 900 000 so'm dan*
TIGGO 8 PRO MAX 2024
TIGGO 8 PRO MAX
BIZNES KLASS KOMFORTI BILAN ZAVQLANING

Boy texnologik uskunalar, murosasiz himoya darajasi, ajoyib funksionallik va biznes-klassdagi qulaylik

Narxi
470 900 000 so'm dan*
TIGGO 8 PRO MAX
TIGGO 8 PRO
NEW CITY ELITE

Boy texnologik uskunalar, murosasiz himoya darajasi, ajoyib funksionallik va biznes-klassdagi qulaylik

Narxi
407 900 000 so'm dan*
TIGGO 8 PRO
TIGGO 7 PRO 2024
SIZGA O'XSHAB, HAR DOIM KO'PROQ MUVAFFAQIYATGA ERISHADI

Tiggo 7 PRO-da biznes-klassdagi qulaylikdan rohatlaning

Narxi
306 900 000 so'm dan*
TIGGO 7 PRO 2024
TIGGO 7 PRO
SIZGA O'XSHAB, HAR DOIM KO'PROQ MUVAFFAQIYATGA ERISHADI

Tiggo 7 PRO-da biznes-klassdagi qulaylikdan rohatlaning

Narxi
291 900 000 so'm dan*
TIGGO 7 PRO
ARRIZO 6 PRO 2024
ISTIQBOLGA EGA

Arrizo 6 PRO rulida biznes-klass qulayligidan bahramand bo'ling

Narxi
249 900 000 so'm dan*
ARRIZO 6 PRO 2024
ARRIZO 6 PRO
ISTIQBOLGA EGA

Arrizo 6 PRO rulida biznes-klass qulayligidan bahramand bo'ling

Narxi
234 900 000 so'm dan*
ARRIZO 6 PRO
27.09.2024

CHERY Tiggo 7 Pro 2024 va Tiggo 8 Pro Max 2024 yangi modellari Oʻzbekiston togʻlarida sinovdan oʻtkazildi.

2024 yil 21 sentabr kuni Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida CHERY Tiggo 7 Pro 2024 va Tiggo 8 Pro Max 2024 krossoverlarining yangi modellari haydov sinovi (test-drayv) boʻlib oʻtdi. Tadbir CHERY brendining Oʻzbekistondagi rasmiy distributori ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etildi. Haydov sinovi (test-drayv) doirasida OAV va blogerlar yangi mashinalarni turli yoʻl sharoitlarida sinab koʻrish imkoniyatiga ega boʻlishdi, shuningdek, ularning texnik va funksional xususiyatlari bilan tanishdilar.

0Tadbirni CHERY brendining Oʻzbekistondagi direktori Pyer Dolua (Pierre Doloy) ochib berdi va yangi modellarning asosiy xususiyatlari hamda afzalliklari haqida soʻzladi. Shundan soʻng, ishtirokchilarga togʻli yoʻnalishlar boʻyicha kvestda ishtirok etish uchun texnik koʻrsatmalar berildi.

Ishtirokchilar va taklif qilingan mehmonlar oltita CHERY Tiggo 7 Pro 2024 va oltita CHERY Tiggo 8 Pro Max 2024 avtomobillaridan foydalangan holda Boʻstonliq tumaniga yoʻl olishdi. Kvest yoʻnalishi Charvoq, Chimyon va Amirsoy kabi muhim togʻli joylarga tashrifni oʻz ichiga oldi.

Haydov sinovi (test-drayv) davomida ishtirokchilar yangi SUV-klassdagi avtomobillarni turli yoʻllarda, jumladan asfalt yoʻllar va beqaror yoʻllar boʻylab sinab koʻrish imkoniyatiga ega boʻldilar. Kvest topshiriqlari, avtomobil boshqaruvi koʻnikmalari va krossoverlarning multimedia tizimiga integratsiya qilingan sunʼiy yoʻldosh navigatsiyasi bilan ishlashni tekshirishga qaratilgan edi.

Yoʻnalishning umumiy uzunligi 150 kilometrdan ziyod boʻlib, bu ishtirokchilarga avtomobillarni haqiqiy ekspluatatsiyaga yaqin sharoitlarda batafsil sinab koʻrish imkoniyatini yaratdi. Kvest finalida ishtirokchilarning yetib kelgan vaqti va bajargan topshiriqlari asosida mukofotlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbir rasmiy boʻlmagan qism bilan yakunlandi, unda ishtirokchilar oʻz taassurotlari haqida muhokama qilishdi va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega boʻlishdi.

«Kvestda ishtirok etish juda qiziqarli tajriba boʻldi. Chiroyli manzaralar, doʻstona muhit va yangi Tiggo 7 Pro 2024 avtomobillarini sinab koʻrish imkoni menga katta taassurot qoldirdi. Avtomobil beqaror yoʻl sharoitlarida aʼlo darajada natijalarni koʻrsatdi. Uni barchaga, ishonchli avtomobil izlayotganlarga tavsiya qilaman», — dedi ishtirokchi Shohruhbek Mamatov.

«Tadbir yuqori saviyada tashkil etilgan. Kvest nafaqat qiziqarli vaqt oʻtkazishga, balki avtomobilni turli sharoitlarda haqiqiy sinovdan oʻtkazishga ham imkon berdi. Yangi Tiggo 8 Pro Max 2024 modelining boshqaruvi alohida taʼrifga loyiq. Tashkilotchilarga bunday imkoniyat yaratganliklari uchun minnatdorman», — taʼkidladi ishtirokchi Jahongir Normurodov.

Haydov sinovi (test-drayv) uchun avtomobillar quyidagi dilerlik markazlari tomonidan taqdim etildi: CHERY Sergeli, CHERY Sampi, CHERY Rohat, CHERY Qamashi, CHERY Bukhara, CHERY Fergana va CHERY X-Motors.

CHERY kompaniyasining Oʻzbekistondagi ADM Global guruhi tomonidan taqdim etilgan avtomobillar xususiyatlari, toʻplamlari va narxlari haqida batafsil maʼlumot cheryauto.uz saytida mavjud. Bepul haydov sinovidan (test-drayv) CHERY Uzbekistan dilerlik markazlarida oʻtish mumkin.

TEST DRIVE UCHUN RO‘YXATDAN O'TISH

Eng yaqin vakolatli dilerda test drive'ga yoziling