TIGGO 8 PRO MAX
HASHAMATLI YETTI O‘RINDIQLI PREMIUM TOIFADAGI KROSSOVER

 

480 900 000 so'mdan*
TIGGO 8 PRO MAX
TIGGO 8 PRO
ZAMONAVIY QULAYLIK DARAJASIGA EGA KROSSOVER

 

417 900 000 so'mdan*
TIGGO 8 PRO
TIGGO 7 PRO MAX
HAR QANDAY YO'LDA QULAYLIK VA ISHONCHNI QADIRLAYADIGAN OILA UCHUN IDEAL TANLOV

 

364 900 000 so'm*
TIGGO 7 PRO MAX
TIGGO 7 PRO
OILAVIY KROSSOVER

 

311 900 000 so'mdan*
TIGGO 7 PRO
ARRIZO 6 PRO

 

254 900 000 so'mdan
214 900 000 so'mdan*
ARRIZO 6 PRO
21.05.2024

Aprel oyida CHERY Group 182 049 dona avtomobil sotishga muvaffaq boʻldi, bu koʻrsatkich o‘tgan yilgiga nisbatan 43,7 foizga ko‘pdir

2024-yilning aprel oyida Xitoyning CHERY Holdings Group avtomobil kompaniyasi 182 049 ta avtomobil sotdi. Bu 2023-yilning aprel oyidagi koʻrsatkichdan ancha yuqori boʻlib, oʻsish surati 43,7 foizga tengdir. Sotilgan avtomobillarning umumiy sonidan 89 377 tasi chet elga eksport qilindi. Eksport oʻtgan yilga nisbatan 18,3 foizga oʻsdi. Energiyada harakatlanuvchi yangi avtomobillar sotuvlari 32 995 donaga yetdi, bu oʻtgan yilga nisbatan 165,2 foizga koʻp.

Aprel oyida CHERY Group 182 049 dona avtomobil sotishga muvaffaq boʻldi, bu koʻrsatkich o‘tgan yilgiga nisbatan 43,7 foizga ko‘pdir

2024-yilning aprel oyida Xitoyning CHERY Holdings Group avtomobil kompaniyasi 182 049 ta avtomobil sotdi. Bu 2023-yilning aprel oyidagi koʻrsatkichdan ancha yuqori boʻlib, oʻsish surati 43,7 foizga tengdir. Sotilgan avtomobillarning umumiy sonidan 89 377 tasi chet elga eksport qilindi. Eksport oʻtgan yilga nisbatan 18,3 foizga oʻsdi. Energiyada harakatlanuvchi yangi avtomobillar sotuvlari 32 995 donaga yetdi, bu oʻtgan yilga nisbatan 165,2 foizga koʻp. 2024-yilning yanvaridan aprelgacha boʻlgan davrda CHERY Holdings Group 711 653 ta avtomobillarni sotishga erishdi. Bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 55,7 foizga koʻp. CHERY brendi aprel oyida 117 726 ta mashina sotishga erishdi. Yil boshidan boshlab toʻrt oy mobaynida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 57,5 foizga ortib, uning sotuvlari sur’ati 482 947 ta avtomobilni tashkil etdi.

2024-yil boshidan beri CHERY Group’ning sotuvari hajmi uch asosiy yoʻnalishda ajoyib natijalarni qayd etmoqda:

  • Umumiy sotuvlarning oʻsish sur’atlari sanoatning oʻrtacha koʻrsatkichlaridan sezilarli darajada yuqoridir. Birinchi chorakda CHERY Group sotuvlarning o‘sishi 60,3 foizni tashkil etdi – bu avtomobilsozlik sohasidagi eng yaxshi natijadir. Aprel oyida ijobiy dinamika 43,7 foiz darajasida saqlanib qoldi.
  • Yangi turdagi energiyada ishlaydigan avtomobillar sotuvlari jadal sur’atlar bilan oʻsib bormoqda. Yanvardan aprelgacha boʻlgan davrda 93 128 dona shunday mashinalar sotilgan boʻlib, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 137,3 foizga koʻproqdir.
  • CHERY Group Xitoydan avtomobil eksport qilishda yetakchilik qilmoqda. Yil boshidan buyon xorijga 342 795 dona avtomobil yetkazib berilgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 34,2 foizni tashkil etmoqda.

CHERY chuqur globallashuv strategiyasiga amal qiladi. Kompaniya ikki tomonlama yondashuvga asoslangan holda ham xalqaro, ham ichki bozorlarda samarali faoliyat modelini yaratishga erishgan. Yaqinda boʻlib oʻtgan “2024 Beijing International Automotive Exhibition” hashamatli koʻrgazmasida CHERY’ning koʻrgazma zonasi eng internatsional zonalardan biriga aylandi. 3000 nafar xorijlik mehmonlar CHERY kompaniyasining yangi energiya va texnologiyalar sohasidagi so‘nggi ishlanmalari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. CHERY uchun koʻrgazmaning asosiy voqeasi Tiggo 9 PHEV gibrid krossoverining jahon premyerasi boʻldi. Ushbu model Tiggo qatorining yangi flagmaniga aylanib, CHERY’ning ilgʻor avtomobil yechimlariga sodiqligini namoyish etib, koʻpchilikning e’tiborini o‘ziga tortdi.

25 va 26-aprel kunlari yangi CHERY Tiggo 9 PHEV va Arrizo 8 PHEV gibrid modellari “CHERY Long Distance Endurance Test” (“CHERY avtomobillarining uzoq masofalarga chidamliligini sinash”) deb nomlangan chidamlilik testida ishtirok etdilar. Uzunligi 1214 km boʻlgan sinov marshruti Pekindan Anxoy provinsiyasining Uxu shahrigacha choʻzilgan edi. Ushbu murakkab sinovlar CHERY’ning professional jamoasi tomonidan jonli efirda namoyish etildi. Translyatsiyaga xorijlik maxsus mehmonlar ham ulandilar. Jonli efirdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya internetdagi ko‘plab tomoshabinlarga marafon poygasini real vaqt rejimida tomosha qilish va ushbu voqeaning guvohiga aylanish imkonini berdi. Sinov yakunida CHERY Tiggo 9 PHEV va Arrizo 8 PHEV avtomobillari ajoyib chidamlilik qobiliyatini namoyish qilib, butun masofani muvaffaqiyatli bosib o‘tdilar.

CHERY shuningdek, o‘zining ekologik strategiyasini maxsus “Eco Exhibition” ko‘rgazmasida namoyish etdi, “2024 CHERY International Business Conference” anjumanida esa kompaniya o‘zining millionlab sotuvlarga yo‘naltirilgan marketing tizimini taqdim etdi. Ushbu tizimda ESG (Environmental, Social, and Governance – Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) tamoyillariga rioya qilinishiga alohida e’tibor qaratilgandir.

Shunday qilib, 2024-yilgi Pekin shahrida o‘tkazilgan “2024 Beijing International Automotive Exhibition” va “2024 CHERY International Business Conference” tadbirlarida ishtirok etib, CHERY nafaqat yangi energetika sektoridagi o‘z yutuqlari va ambitsiyali rejalarini namoyish etibgina qolmay, balki “In somewhere, for somewhere” (“Biron joyda, nima ucundir”) shiori ostidagi global yondashuvga sodiqligini namoyish etdi. Bu kompaniyaning innovatsion mahsulotlari, texnologik yangiliklari va ekologik tashabbuslarini namoyish etilishida namoyon bo‘ldi.

O‘zbekistonda xususiy investitsiyalar hisobiga qurilgan ilk avtomobil zavod bo‘lgan – ADM Jizzakh zavodida ishlab chiqarilayotgan ADM Global kompaniyalari guruhi tomonidan O‘zbekistonda taqdim etilayotgan CHERY avtomobillarining xarakteristikalari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.

TEST DRIVE UCHUN RO‘YXATDAN O'TISH

Eng yaqin vakolatli dilerda test drive'ga yoziling