Oʻzbekistondagi CHERY brendining 2024-yil iyun oyi sotuv statistikasi
CHERY brendi Oʻzbekistondagi rasmiy distribyuteri boʻlgan ADM Global kompaniyalar guruhi 2024-yilning iyun oyida sotilgan CHERY avtomobillari soni toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. 463 dona Arrizo 6 Pro, Tiggo 7 Pro va Tiggo 8 Pro va Tiggo 8 Pro Max modellari sotildi.

CHERY brendi Oʻzbekistondagi rasmiy distribyuteri boʻlgan ADM Global kompaniyalar guruhi 2024-yilning iyun oyida sotilgan CHERY avtomobillari soni toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. 463 dona Arrizo 6 Pro, Tiggo 7 Pro va Tiggo 8 Pro va Tiggo 8 Pro Max modellari sotildi.
CHERY iyun oyi uchun Oʻzbekiston bozoridagi sotuvlar va marketing tadqiqotlari tahlillarini taqdim etdi. Ushbu tahlillar brendning sifat va avtomobil industriyasida innovatsiyalarni qadrlaydigan iste’molchilar orasida ortib borayotgan mashhurligini namoyish qilmoqdalar.
1,5-litrl hajmli dvigatel va CVT variatoriga ega boʻlgan CHERY Tiggo 7 Pro krossoveri sotuvlarda yetakchilikka erishdi. Ushbu modelning 256 birligi sotilgan boʻlib, bu hisobot davridagi markaning umumiy sotuv hajmining 55 foizini tashkil etdi. CHERY Tiggo 7 Pro universal SUV sifatida pozitsiyalanib, quyidagilarni oʻzida mujassamlashtiradi:
- Yuqori yengib oʻtuvchanlik.
- Keng salon.
- Shahar va shahar tashqarisida foydalanish uchun optimal yurish xususiyatlari.
Modelning qoʻshimcha afzalliklari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- Ergonomik salon.
- Turbolashtirilgan dvigatel.
- Zamonaviy xavfsizlik tizimlari.
- Jozibali dizayn.
Ikkinchi oʻrinni C-toifasidagi CHERY Arrizo 6 Pro sedani egallab, uning ulushi 27 foiz (123 birlik)ni tashkil etdi. Avtomobil quvvat va tejamkorlik muvozanatini ta’minlovchi CVT variator bilan juftlikda ishlovchi 1,5 litrli dvigatel bilan jihozlangan.
Uchinchi oʻrinni – yetti oʻrindiqli CHERY Tiggo 8 Pro flagman krossoveri va uning modifikatsiyasi Tiggo 8 Pro Max egalladilar. Ularning umumiy sotuvlari 84 birlikga (umumiy sotuvlar hajmining 18 foiz) yetdi. Modelning asosiy xususiyatlari quyidagilardir:
- Premium toifasidagi
- Ilgʻor texnologiyalar.
- Yuqori yurilish sifatlari.
- Keng salon.
- Amaliylik.
- Takomillashtirilgan qulaylik.
Auditoriyaning tahlili shuni korsatdiki, CHERY brenidining Oʻzbekistondagi mijozlarining 69 foizini erkaklar tashkil etib, bu brendning faol haydovchilar uchun avtomobillar segmentidagi kuchli mavqega egaligidan dalolat beradi.
Sotuvlarning hududiy taqsimoti quyidagi koʻrinishga ega:
- Toshkent – 34
- Samarqand viloyati – 11
- Buxoro viloyati – 9
- Navoiy viloyati – 8
- Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari – 6,5 foizdan.
- Surxondaryo viloyati – 5
- Jizzax va Fargʻona viloyatlari – 4 foiz.
- Namangan va Xorazm viloyatlari – 3 foiz.
- Andijon viloyati – 3
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 2
- Sirdaryo viloyati – 1
Bozorning tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, CHERY’ning mahsulotlari avtomobillarga yuqori talablar qoʻyadigan xaridorlarning e’tiborini jalb qilmoqda. Brend mijozlari zamonaviy texnologiyalarni, ishonchlilik va sifatni qadrlaydilar. Bunday maqsadli auditoriya kompaniyaning premium toifasidagi avtomobillar segmentidagi pozitsiyasini mustahkamlash yoʻlidagi sa’y-harakatlariga toʻliq mos keladi.
Yigʻilishi Oʻzbekistondagi xususiy investitsiyalar hisobiga qurilgan ilk avtomobil zavodi boʻlgan – ADM Jizzakh zavodida amalga oshirilayotgan Oʻzbekistonda taqdim etilayotgan CHERY avtomobillarining xarakteristikalari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.
HAM OʻQING

CHERY: 2025-yilda sotuvlarning 50% o‘sishi va 2026-yil boshidagi ijobiy dinamika
2025-yilda O'zbekistonda 11 312 dona CHERY brendi ostidagi avtomobillar sotilib, o'tgan yilgi natijaga nisbatan qariyb 50 foizga o'sdi. Brend yuqori o'sish dinamikasini ko'rsatmoqda va ommaviy segmentlarda o'z mavqeini mustahkamlamoqda.

Chery avtomobillarining rekord darajadagi sotuvlari +50,5%
Chery'ning 2025-yil dekabr oyidagi sotuvlari 1 425 dona avtomobilni tashkil etib, noyabr oyiga nisbatan 50,5 foizga ko'p bo'ldi. Brend sedan va krossoverlar o'rtasida muvozanatli bo'lgan talabning tarkibini namoyish etmoqda.

Chery noyabr oyida: muhim modellarga barqaror talab
Noyabr oyida Chery brendi 947 dona avtomobillarning sotuvini amalga oshirdi.
