TIGGO 8 PRO MAX 2024
HASHAMATLI YETTI O‘RINDIQLI PREMIUM TOIFADAGI KROSSOVER

 

480 900 000 so'mdan*
TIGGO 8 PRO MAX 2024
TIGGO 8 PRO 2024
ZAMONAVIY QULAYLIK DARAJASIGA EGA KROSSOVER

 

417 900 000 so'mdan*
TIGGO 8 PRO 2024
TIGGO 7 PRO MAX 2024
HAR QANDAY YO'LDA QULAYLIK VA ISHONCHNI QADIRLAYADIGAN OILA UCHUN IDEAL TANLOV

 

364 900 000 so'm*
TIGGO 7 PRO MAX 2024
TIGGO 7 PRO 2024
OILAVIY KROSSOVER

 

311 900 000 so'mdan*
TIGGO 7 PRO 2024
ARRIZO 6 PRO 2024
"C" SINFDAGI SHAHAR SEDANI

 

254 900 000 so'mdan
244 900 000 so'mdan*
ARRIZO 6 PRO 2024
TIGGO 8 PRO MAX
HASHAMATLI YETTI O‘RINDIQLI PREMIUM TOIFADAGI KROSSOVER

 

430 900 000 so'mdan*
TIGGO 8 PRO MAX
TIGGO 8 PRO
NEW CITY ELITE

 

407 900 000 so'mdan
387 900 000 so'mdan*
TIGGO 8 PRO
TIGGO 7 PRO
OILAVIY KROSSOVER

 

291 900 000 so'mdan*
TIGGO 7 PRO
ARRIZO 6 PRO
ZAMONAVIY SHAHAR SEDANI

 

264 900 000 so'mdan*
ARRIZO 6 PRO
16.08.2024

CHERY Group ilk bor 385-o‘rinni egallab “Fortune Global 500” ro‘yxatiga kiritildi

CHERY Holding Group Co., Ltd. 39,0917 milliard AQSh dollari miqdoridagi ulkan daromadi tufayli 385-o‘rinni egallab, nufuzli “Fortune Global 500”ning 2024-yil uchun reytingiga kiritildi. Bu yutuq nafaqat kompaniya uchun, balki butun Xitoy avtomobilsozlik sektori uchun muhim voqea bo‘lib, CHERY’ning Xitoyda ishlab chiqilgan avtomobillar eksportchisi sifatida xalqaro maydonda egallagan beqiyos mavjqeyini ta’kidlaydi.

CHERY Group ilk bor 385-o‘rinni egallab “Fortune Global 500” ro‘yxatiga kiritildi

CHERY Holding Group Co., Ltd. 39,0917 milliard AQSh dollari miqdoridagi ulkan daromadi tufayli 385-o‘rinni egallab, nufuzli “Fortune Global 500”ning 2024-yil uchun reytingiga kiritildi. Bu yutuq nafaqat kompaniya uchun, balki butun Xitoy avtomobilsozlik sektori uchun muhim voqea bo‘lib, CHERY’ning Xitoyda ishlab chiqilgan avtomobillar eksportchisi sifatida xalqaro maydonda egallagan beqiyos mavjqeyini ta’kidlaydi.

“Fortune Global 500” reytingi – dunyoning eng yirik kompaniyalarining qudratini baholash imkonini beruvchi eng hurmatga sazovor bo‘lgan indikatorlardan biridir. U turli mamlakatlardan bo‘lgan yirik korporatsiyalarning pozitsiyalarini aks ettiradi va ularning faoliyatidagi o‘zgarishlarni, masalan, sotuvlar rentabelligi, kapital rentabelligi va resurslardan foydalanishning umumiy samaradorligini kuzatishga yordam beradi. Ushbu ro‘yxatga kiritilgan kompaniyalarning joriy yildagi umumiy daromadi taxminan 41 trillion AQSh dollarini tashkil etib, bu 2022-yildagiga nisbatan 0,1 foiz ko‘proqdir, reytingga kiritilish uchun minimal chegara esa 32,1 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Ushbu ro‘yxatda 133 ta Xitoylik kompaniyalar mavjud bo‘lib, ular 2023-yilda 11 trillion AQSh dollariga yaqin daromad olganlar.

Ushbu ro‘yxatga debyut qilgan CHERY Xitoyning mustaqil avtomobil brendlarini ifodalaydi. 27 yil oldin tashkil etilgan CHERY, Xitoyda sodir bo‘lgan avtomobilsozlik sanoatining tez sur’atlar bilan rivojlanishi va keng miqyosli o‘zgarishlar fonida muvaffaqiyatli rivojlandi. Bugungi kunda brend turli mamlakatlar va mintaqalardagi 14,2 milliondan ziyod mijozlari bilan faxrlanib, u 80 dan ortiq davlatda faol ravishda taqdim etilgandir va “Fortune Global 500” reytingida xalqaro miqyosda eng taniqli bo‘lgan Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari qatorida munosib o‘ringa egadir. CHERY’ning barqaror rivojlanish yo‘li kelajakni uzoq muddatli ko‘ra bilish va iqtisodiy qiyinchiliklarga moslashish qobiliyatiga asoslangandir.

Hozirda CHERY faol ravishda rivojlanmoqda va o‘ta yuqori natijalarga erishmoqda. 2021-2023-yillar davomida uning sotuvlar hajmi 962 mingdan 1,881 milliongacha avtomobilga oshdi va bu avvalgi ko‘rsatkichlardan deyarli ikki baravariga ko‘pdir. Tashkil etilganidan beri CHERY 3,9 million transport vositasini eksport qilib, 21 yil davomida Xitoy brendlari orasida yengil avtomobillar eksporti bo‘yicha yetakchilikni saqlab kelmoqda. 2023-yilda Xitoyda ishlab chiqarilgan va chet elga jo‘natilgan har uchta yengil avtomobillarning biri aynan CHERY brendiga mansub avtomobil bo‘lgan. 2024-yilning birinchi yarmida kompaniya 1,1 milliondan ortiq avtomobilning sotilishiga erishib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 48,4 foiz yuqoriroq natija bilan yangi rekordni o‘rnatdi. CHERY ham yangi energiya manbalari bilan ishlaydigan avtomobillar segmentlarini, ham Xitoyda va uning tashqarisida an’anaviy bozorlarni muvaffaqiyatli rivojlantirayotgan yagona ishlab chiqaruvchi hisoblanadi.

CHERY globalizatsiya yo‘lida, oddiy eksportdan boshlab mijozlarning ishonchini qozonishga va keyinchalik o‘z brendi mavqeyini mustahkamlashni o‘z ichiga oluvchi mashaqqatli odimlarni to‘liq bosib o‘tdi. Turli bozorlarda mavjudligini kengaytirishga qaratilgan o‘zining global strategiyasi doirasida kompaniya xalqaro biznesning muhim ishtirokchisi va namunali korporativ fuqaro bo‘lishga intilgandir. CHERY’ning muvaffaqiyatlari uning besh marotaba “Top 20 Best Overseas Image Enterprises” (“20 ta eng zo‘r xorijiy korxonalar”) ro‘yxatiga kiritilganligi bilan tasdiqlanib, bu uning strategiyasining samaradorligini va brendning ijobiy imidjini ta’kidlaydi. “Fortune Global 500” ro‘yxatiga ilk bora kiritilishi bilan CHERY brendni rivojlantirish, yangi bozorlarni zabt etish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va dunyo miqyosidagi brendga aylanish maqsadida barqaror ishlab chiqarish zanjirini yaratishga qaratilgan holda globalizatsiya amaliyotini chuqurlashtirishni rejalashtirmoqda.

TEST DRIVE UCHUN RO‘YXATDAN O'TISH

Eng yaqin vakolatli dilerda test drive'ga yoziling