O‘zbekistonda CHERY avtomobillarining sentabr oyi sotuv natijalari e’lon qilindi
2024-yil sentabr oyida Arrizo 6 Pro, Tiggo 7 Pro, Tiggo 8 Pro va Tiggo 8 Pro Max modelidagi 618 dona avtomobillar sotildi, deb xabar berdi CHERY’ning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhi. Avgust oyida bo‘lgani kabi, Tiggo 7 Pro O‘zbekistonda CHERY avtomobillari orasida yetakchilikni saqlab qoldi. Sentabr oyida 381 dona krossoverlar sotilgan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich umumiy savdo hajmining 61,7 foizini tashkil qildi. Bu esa 2024-yilning avgust oyiga nisbatan 9,4 foizga ko‘pdir.
2024-yil sentabr oyida Arrizo 6 Pro, Tiggo 7 Pro, Tiggo 8 Pro va Tiggo 8 Pro Max modelidagi 618 dona avtomobillar sotildi, deb xabar berdi CHERY’ning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhi. Avgust oyida bo‘lgani kabi, Tiggo 7 Pro O‘zbekistonda CHERY avtomobillari orasida yetakchilikni saqlab qoldi. Sentabr oyida 381 dona krossoverlar sotilgan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich umumiy savdo hajmining 61,7 foizini tashkil qildi. Bu esa 2024-yilning avgust oyiga nisbatan 9,4 foizga ko‘pdir.


Yangi Tiggo 7 Pro 2024 – bu bejirim dizayn va ilg‘or texnologiyalarga ega zamonaviy krossover. Mazkur avtomobil 18 dyuymli alyuminiy disklar, tomdagi reylinglar, elektr bilan sozlanadigan va isitiladigan yon oynalar bilan jihozlangan. Avtomobil masofadan turib ishga tushirish va salonni isitish, eko-charm qoplama, ikki hududli iqlim nazorati va havoni filtrlash tizimini taklif qiladi. 12,3 dyuymli sensorli displey va olti dona dinamiklarga ega audio tizim safarni qulay qiladi, bort tizimlari esa o‘zbek va rus tillarini qo‘llab-quvvatlaydi. Avtomobil, shuningdek, avtoturargohga joylashtirish uchun qurilmalari, orqa tomonni ko‘rish kamerasi va shinalarda bosimni monitoring qilish tizimi bilan jihozlangan. Bloklanishga qarshi tizimi (ABS) va kruiz nazorati esa qo‘shimcha xavfsizlikni ta’minlaydi. Tiggo 7 Pro 2024 – o‘ziga xos uslub, qulaylik va xavfsizlikni qadrlaydiganlar uchun mukammal tanlov.

Sotuvlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni 172 dona sotilgan Arrizo 6 Pro sedani (umumiy hajmning 27,8 foizi) egalladi. Yangi Arrizo 6 Pro 2024 147 ot kuchiga ega 1,5 litrli turbodvigatel, 17 dyuymli quyma disklar, svetodiod optikasi va lyuk bilan jihozlangan. Opsiyalar orasida charmli o‘rindiqlar, masofadan ishga tushirish, 10,25 dyuymli displeyli multimedia tizimi, CarPlay/Android qo‘llab-quvvatlashi va simsiz quvvatlash tizimi mavjud. Xavfsizlikni doira bo‘ylab kuzatuv tizimlari, ko‘r hududlarni monitoringi va moslashuvchan kruiz nazorati ta’minlaydi. Arrizo 6 Pro 2024 – bu qulaylik va xavfsizlik uyg‘unligi.

Tiggo 8 Pro va Tiggo 8 Pro Max modellari jami 65 dona (umumiy hajmning 10,5 foizi) sotildi. Tiggo 8 Pro Max 2024 – 19 dyuymli alyuminiy disklar, CHERY emblema yorigichi, salonning atmosfera yoritgichi va lyuki bo‘lgan manzarali tomga ega zamonaviy krossover. Opsiyalar orasida dvigatelni masofadan turib ishga tushirish, eko-charm bilan bezatilgan va uqalashga ega o‘rindiqlar, ikki hududli iqlim nazorati mavjud. Tiggo 8 Pro Max, shuningdek, 12,3 dyuymli sensorli displeylar, simsiz quvvatlash tizimi va Android Auto va Apple CarPlay’ni qo‘llab-quvvatlash bilan jihozlangan. Haydovchi va yo‘lovchilar 9 ta xavfsizlik yostig‘i, doira bo‘ylab kuzatish tizimi va haydovchining zamonaviy assistentlari, jumladan, ko‘r hududlarni monitoring va moslashuvchan kruiz nazorati tizimi bilan himoyalangan.
2024-yil sentabr oyida O‘zbekiston hududlari bo‘yicha CHERY avtomobillari sotuvi quyidagicha taqsimlandi:
- Toshkent – 33 %
- Buxoro viloyati – 13,1%
- Qashqadaryo viloyati – 10,4%
- Samarqand viloyati – 8,1%
- Navoiy viloyati – 7,3%
- Xorazm viloyati – 6,8%
- Farg‘ona viloyati – 4,7%
- Andijon viloyati – 3,9%
- Surxondaryo viloyati – 3,9%
- Jizzax viloyati – 3,2%
- Namangan viloyati – 2,9%
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2,4%.
Jismoniy shaxslar orasida xaridorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ko‘ra, xaridorlarning 67 foizi erkaklar, 33 foizi ayollardir. 35 yoshgacha bo‘lgan xaridorlar 32,3 foizni tashkil qildi, 35 yoshdan oshgan mijozlar ulushi esa 67,7 foizga yetadi.
CHERY avtomobillarining xususiyatlari, komplektatsiyalari va narxlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotni cheryauto.uz saytidan topishingiz mumkin. Bepul test-drayv CHERY Uzbekistan’ning barcha tarmoqlari bo‘ylab mavjud.
HAM OʻQING

Iyul oyi raqamlarda: Chery sotuvining izchil o‘sishi (+15%)
2025-yil iyul oyida O'zbekistonda Kia avtomobil brendining rasmiy distribyutori bo'lgan ADM Global kompaniyalar guruhi iyun oyiga nisbatan Chery (+15%) sotuvining ishonchli o'sishini qayd etdi. Ushbu natija iste'molchilarning barqaror talabini, taqdim etilgan brendlarga bo'lgan ishonchning...

2025-yil iyun oyida Chery avtomobillari sotuvi +26% ga o‘sdi
2025-yil iyun oyi O'zbekiston avtomobil bozorida sezilarli jonlanish keltirdi: may oyiga nisbatan Chery brendi avtomobillari sotilishi barqaror o'sishni ko'rsatdi.

Chery brendi avtomobillarining 2025-yil may oyidagi sotuv statistikasi
2025-yil may oyi O'zbekiston iste'molchilari orasida Chery brendi avtomobillariga bo'lgan barqaror talabni namoyish etdi. Mashhur brendning jami 841 dona avtomobillari sotildi.
TEST DRIVE UCHUN RO‘YXATDAN O'TISH
Eng yaqin vakolatli dilerda test drive'ga yoziling