CHERY avtomobillari sotuvining 2024-yil noyabr oyi bo‘yicha statistikasi
2024-yil noyabr oyida O‘zbekistonda CHERY brendiga mansub 503 dona avtomobil sotilgan. Bu haqda CHERY brendining rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi xabar berdi.

2024-yil noyabr oyida O‘zbekistonda CHERY brendiga mansub 503 dona avtomobil sotilgan. Bu haqda CHERY brendining rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi xabar berdi.
Sotuv bo‘yicha yetakchi modellari

1. Arrizo 6 Pro 2024 (C-sinf)
Sotuv bo‘yicha yetakchi model Arrizo 6 Pro sedani bo‘lib, ushbu modelning 232 dona sotilishi umumiy hajmning 46,1% ini tashkil etdi. Mazkur avtomobil o‘zining zamonaviy sport ko‘rinishi, charm saloni, 360° kuzatuv kameralari, adaptiv kruiz-nazorat va qator qulayliklar bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, u to‘liq qishki paket opsiyalari bilan jihozlangan. Tejamkor 1,5 litrli turbo dvigatel bilan ta’minlangan mazkur model zamonaviy texnologiyalar va dinamik haydovchilarga mos keladi.
2. Tiggo 7 Pro 2024 (SUV-C sinf)
Ikkinchi o‘rinda esa Tiggo 7 Pro krossoveri joylashdi. Ushbu modeldan 199 dona sotilgan (39,6%). Keng va qulay oilaviy avtomobil bo‘lgan Tiggo 7 Pro premium dizayni, funksional interyeri va 10,25 dyuymli multimedia tizimi bilan jihozlangan. Bundan tashqari, haydovchiga yordam beruvchi aqlli tizimlarga ega. Bu model kundalik foydalanish va sayohatlarda qulaylik va ishonchlilikni qadrlovchilar uchun juda mos keladi.
3. Tiggo 8 Pro 2024 (SUV-D sinf)
Uchinchi o‘rinda esa flagman model Tiggo 8 Pro krossoveri turadi. Noyabr oyida bu avtomobildan 72 dona (14,3%) sotilgan. Ushbu 7 o‘rinli premium avtomobil keng saloni, ilg‘or xavfsizlik tizimlari va kuchli dvigateli bilan ajralib turadi. Mazkur modelni katta oilalar hamda birinchi darajali qulaylik va kenglikni qadrlovchi haydovchilar afzal ko‘rmoqda.
Sotuvlarning hududiy taqsimoti

2024-yil noyabr oyida CHERY avtomobillari eng ko‘p Toshkentda sotilgan — umumiy hajmning 36%. Keyingi o‘rinlarda quyidagi hududlar turadi:
- Buxoro viloyati — 11,7%;
- Samarqand viloyati — 11,1%.
Boshqa hududlardagi ko‘rsatkichlar quyidagicha:
- Qashqadaryo viloyati — 7,2%;
- Xorazm viloyati — 7,0%;
- Navoiy viloyati — 5,0%;
- Jizzax viloyati — 4,8%;
- Namangan viloyati — 4,4%;
- Andijon viloyati — 3,8%;
- Farg‘ona viloyati — 3,8%;
- Surxondaryo viloyati — 3,0%;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2,4%.
Xaridorlarning demografik tahlili
Noyabr oyida CHERY avtomobillarini xarid qilgan jismoniy shaxslar orasida: 74,3% erkaklar, 25,7% ayollar. Yosh bo‘yicha tahlilga ko‘ra, xaridorlarning: 75,4% 35 yoshdan katta, 24,6% esa 35 yoshdan kichik bo‘lgan.
CHERY avtomobillarining batafsil texnik xususiyatlari, komplektatsiyalari va narxlari haqida cheryauto.uz rasmiy veb-saytida ma’lumot olish mumkin. Shuningdek, CHERY Uzbekistan dilerlik markazlarida bepul test haydov xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjud.
HAM OʻQING

CHERY: 2025-yilda sotuvlarning 50% o‘sishi va 2026-yil boshidagi ijobiy dinamika
2025-yilda O'zbekistonda 11 312 dona CHERY brendi ostidagi avtomobillar sotilib, o'tgan yilgi natijaga nisbatan qariyb 50 foizga o'sdi. Brend yuqori o'sish dinamikasini ko'rsatmoqda va ommaviy segmentlarda o'z mavqeini mustahkamlamoqda.

Chery avtomobillarining rekord darajadagi sotuvlari +50,5%
Chery'ning 2025-yil dekabr oyidagi sotuvlari 1 425 dona avtomobilni tashkil etib, noyabr oyiga nisbatan 50,5 foizga ko'p bo'ldi. Brend sedan va krossoverlar o'rtasida muvozanatli bo'lgan talabning tarkibini namoyish etmoqda.

Chery noyabr oyida: muhim modellarga barqaror talab
Noyabr oyida Chery brendi 947 dona avtomobillarning sotuvini amalga oshirdi.
