2025-yil yanvar oyida Chery’ning qaysi modellari eng ommabop bo‘ldi?
ADM Global kompaniyalar guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yil yanvar oyida 595 dona avtomobil sotilgan.
Eng ko‘p xaridorgir bo‘lgan modellar orasida 263 dona sotilgan CHERY Tiggo 7 Pro krossoveri yetakchilik qilmoqda. Ushbu avtomobil zamonaviy texnologiyalar, qulaylik va dinamik xususiyatlarning uyg‘unligi bilan xaridorlarning e’tiborini tortdi.

ADM Global kompaniyalar guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yil yanvar oyida 595 dona avtomobil sotilgan.
Eng ko‘p xaridorgir bo‘lgan modellar orasida 263 dona sotilgan CHERY Tiggo 7 Pro krossoveri yetakchilik qilmoqda. Ushbu avtomobil zamonaviy texnologiyalar, qulaylik va dinamik xususiyatlarning uyg‘unligi bilan xaridorlarning e’tiborini tortdi.
Ommabopligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni sotuvi joriy yilning 18-yanvarida boshlangan CHERY Tiggo 2 Pro ixcham krossoveri egalladi. Krossover qulay narxini ishonchlilik va manyovrchanlik bilan o‘zaro uyg‘unlashtirib, shahar sharoitlari uchun ajoyib tanlovga aylantiradi. Modelga qiziqish jozibador tashqi ko‘rinishi va zamonaviy texnik yechimlari bilan bog‘liq.
CHERY Arrizo 6 Pro sedani 121 dona sotilgan avtomobil bilan ishonchli ravishda uchinchi o‘rinni egalladi. Ushbu model keng saloni va innovatsion imkoniyatlari bilan ajralib turadi.
2025-yil yanvar oyida CHERY Tiggo 8 Pro krossoveri, shu jumladan Tiggo 8 Pro Max modifikatsiyasini 26 nafar mijoz sotib oldi. Mazkur modelining boy komplektatsiyasi va qudratli kuch agregati uni ish va oilaviy safarlar uchun jozibador qiladi.

CHERY avtomobillari sotuvining eng katta hajmi Toshkent shahrida qayd etildi – umumiy sonining 26,9 foizi. Keyingi o‘rinlarni Samarqand viloyati (15,3 foiz), Buxoro viloyati (10,3 foiz), har biri umumiy hajmning 7,4 foizini ta’minlagan Namangan va Andijon viloyatlari egalladi. Mamlakatning qolgan hududlariga sotilgan avtomobillarning 32,7 foizi to‘g‘ri keldi.

CHERY avtomobillari xaridorlari orasida erkaklar 69,7 foiz, ayollar esa 30,3 foizni tashkil etdi. Bu har ikki jins vakillari o‘rtasida brendga bo‘lgan qiziqish yuqori darajada ekanligini tasdiqlaydi.
Xaridorlarning yosh tarkibi quyidagicha shakllandi: eng katta ulush – 31,7 foiz – 40-49 yoshdagilarga to‘g‘ri keldi, 30-39 yoshdagilar – 30,6 foiz, 50-59 yoshdagilar 17,6 foizni tashkil etdi. 18-29 yoshdagi yosh avtoulov egalari 11,9 foiz, 60-69 yoshdagi mijozlar esa 7,7 foiz avtomobil sotib olishdi. 70 yoshdan oshgan xaridorlar umumiy sonining 0,5 foizini tashkil etdi.
Shunday qilib, 2025-yil yanvar oyi O‘zbekistonda CHERY avtomobillariga barqaror talabni namoyish etdi. Krossoverlar ommabopligining o‘sishi davom etmoqda, brend modellari esa turli yosh guruhlari va hududlarda o‘z egalarini topmoqda. Sotuv sur’ati iste’molchilarning CHERY avtomobillari sifati va ishonchliligiga yuqori darajadagi ishonchini tasdiqlaydi.
O‘zbekistonda CHERY avtomobil brendining rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan CHERY avtomobillarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalar va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.
CHERY Uzbekistan rasmiy sahifalari:
Doimiy aloqa telefoni: +998 71 276 55 55
HAM OʻQING

CHERY: 2025-yilda sotuvlarning 50% o‘sishi va 2026-yil boshidagi ijobiy dinamika
2025-yilda O'zbekistonda 11 312 dona CHERY brendi ostidagi avtomobillar sotilib, o'tgan yilgi natijaga nisbatan qariyb 50 foizga o'sdi. Brend yuqori o'sish dinamikasini ko'rsatmoqda va ommaviy segmentlarda o'z mavqeini mustahkamlamoqda.

Chery avtomobillarining rekord darajadagi sotuvlari +50,5%
Chery'ning 2025-yil dekabr oyidagi sotuvlari 1 425 dona avtomobilni tashkil etib, noyabr oyiga nisbatan 50,5 foizga ko'p bo'ldi. Brend sedan va krossoverlar o'rtasida muvozanatli bo'lgan talabning tarkibini namoyish etmoqda.

Chery noyabr oyida: muhim modellarga barqaror talab
Noyabr oyida Chery brendi 947 dona avtomobillarning sotuvini amalga oshirdi.
