2025-yil iyun oyida Chery avtomobillari sotuvi +26% ga o‘sdi
2025-yil iyun oyi O'zbekiston avtomobil bozorida sezilarli jonlanish keltirdi: may oyiga nisbatan Chery brendi avtomobillari sotilishi barqaror o'sishni ko'rsatdi.

2025-yil iyun oyi O'zbekiston avtomobil bozorida sezilarli jonlanish keltirdi: may oyiga nisbatan Chery brendi avtomobillari sotilishi barqaror o'sishni ko'rsatdi. Ko'rsatkichlar Chery'da 26 foizga oshdi. Bunday holat iste'molchilarning bozorda taqdim etilayotgan zamonaviy modellarga qiziqishi ortib borayotganini, shuningdek, dilerlik infratuzilmasi va arzon moliyaviy dasturlarning faol rivojlanayotganini aks ettiradi.

Iyun oyida Chery brendining 1138 dona avtomobillari sotilgan. Sotuvning asosiy hajmi uchta modelga to'g'ri keldi: Tiggo 7 Pro krossoverlari - 376 dona va Tiggo 2 Pro - 347 dona, shuningdek, Arrizo 6 Pro sedani - 348 dona. Ushbu uchta avtomobil umumiy hajmning 90 foiz dan ortig'ini egalladi. Tiggo 8 Pro krossoveri yuqori segment vakili sifatida 67 donasi sotilgan.
O'zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida Chery brendi ostidagi avtomobillar sotuvida o'sish kuzatildi. Eng yuqori faollik Toshkent shahrida qayd etildi - jamiga nisbatan 27,8 foiz. Keyingi o'rinlarda Samarqand - 12,5 foiz, Qashqadaryo - 11,2 foiz, Buxoro va Navoiy viloyatlari - xar biri mos ravishda 8,6 foizdan.
Chery brendi xaridorining profili erkaklar auditoriyasi ustunligini ko'rsatmoqda - 66 foizga nisbatan 34 foiz. Eng faol xaridorlar 30-39 yoshdagilar - 31,4 foiz va 40-49 yoshdagilar - 29,4 foiz. Keyingi o'rinlarda 50-59 yoshdagi guruh - 18,5 foiz, 18-29 yoshdagi guruh - 13,1 foiz, 60-69 yoshdagi guruh - 7,3 foiz.
Iyun oyi yakunlari O'zbekiston avtomobil bozorining barqaror rivojlanayotganini tasdiqlaydi. Chery sotuvda ijobiy sur'atlarni namoyish etdi. Brendning muvaffaqiyati mahalliy iste'molchining afzalliklariga moslashtirilgan muvozanatli modellar qatori, shuningdek, brendlarning butun dilerlik tarmog'ining uzluksiz faoliyati tufayli ta'minlanadi. Iyun oyidagi ko'rsatkichning o'sishi taqdim etilayotgan brendga bo'lgan ishonchning yuqori darajasini va iste'molchining zamonaviy, qulay va ishonchli avtomobillarga sarmoya kiritishga tayyorligini ko'rsatdi.
HAM OʻQING

CHERY: sotuvlar soni mingta avtomobildan oshdi
2026-yil iyun oyi yakunlariga ko‘ra, CHERY avtomobillarining sotuv hajmi 1 025 donaga yetdi. May oyiga nisbatan bu ko‘rsatkich 11,8 foizga oshgan.

CHERY: sotuv hajmining o‘sishi, yangi Tiggo 9 Hybrid’ning ilk sotuvlari
May oyida CHERY o'z xaridorlariga 917 dona avtomobil taqdim etib, bu aprel oyi yakuniga nisbatan 7,1 foizga ko'pdir.

CHERY: o‘sish davom etmoqda, duragaylar mustahkamlanmoqda
CHERY aprel oyida 856 dona avtomobil sotib, o'z mavqeini asta-sekin mustahkamlashni davom ettirmoqda.
