Chery avtomobillarining 2025-yil sentabr oyidagi sotuv natijalari
2025-yil sentabr oyida Chery brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi 1 024 dona Chery avtomobillarini sotdi. Ushbu natijalar O‘zbekiston uchun maxsus moslashtirilgan zamonaviy modellarga bo‘lgan barqaror qiziqishni ko‘rsatmoqda.

2025-yil sentabr oyida Chery brendining O'zbekistondagi rasmiy distribyutori bo'lgan ADM Global kompaniyalar guruhi 1 024 dona Chery avtomobillarini sotdi. Ushbu natijalar O'zbekiston uchun maxsus moslashtirilgan zamonaviy modellarga bo'lgan barqaror qiziqishni ko'rsatmoqda.
- Arrizo 6 Pro – 399 dona sedanlar (Chery umumiy sotuv hajmining 39 foizi). Arrizo 6 Pro – qulaylik, dizayn va narx o'rtasidagi muvozanatni izlayotganlar uchun universal sedan.
- Tiggo 7 Pro – 291 dona krossoverlar va Tiggo 2 Pro – 229 dona krossoverlar. Keng Tiggo 7 Pro va ixcham Tiggo 2 Pro shaharda ham, undan tashqarisida ham talabgir krossoverlar hisoblanishadi.
- Tiggo 8 Pro – 94 dona krossoverlar. Tiggo 8 Pro oila va yuqori darajadagi qulaylikni qadrlovchilarga mo'ljallangan.
- O'zbekiston bozori uchun yangilik – Arrizo 8 Hybrid – 11 dona sedanlar. Arrizo 8 Hybrid – O'zbekiston sharoiti uchun maxsus moslashtirilgan gibrid bo'lib, o'zining qulayligi, to'liq quvvatlanishda safar masofasi, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar va ekologik yechimlarga qiziquvchi xaridorlar uchun jozibador hisobalandi.
Chery sedan va krossover segmentidagi o'rnini mustahkamlab, barqaror natija ko'rsatmoqda. Arrizo 8 Hybrid gibrid modelining paydo bo'lishi brend uchun bozorda yangi istiqbollarni ochmoqda.
HAM OʻQING

2026-yil sentabr oyi natijalari: Chery Tiggo 7 Pro 28,5 foizga o‘sdi, gibrid avtomobillarga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshdi
Sentabr oyida Chery brendi O‘zbekistonda 700 dona avtomobil sotdi. Modellar turkumining yetakchisi Tiggo 7 Pro krossoveri bo‘ldi – uni 374 nafar xaridor tanladi. O‘tgan yilning sentabr oyiga nisbatan model sotuvi 28,5 foizga oshdi.

Chery bo‘yicha avgust oyi natijalari: Tiggo 7 Pro va Arrizo 6 Pro o‘rtasidagi minimal farq va NEV modellariga bo‘lgan talabning ortishi
2026-yil avgust oyi yakunlariga ko‘ra, Chery sotuvi 731 dona avtomobilni tashkil etdi. Dastlabki ikki o‘rinni atigi to‘rtta avtomobil egalladi: Tiggo 7 Pro 277 dona krossover, Arrizo 6 Pro esa 273 dona sedan natijasini namoyon qildi. Ikki model birgalikda brendning oylik...

CHERY avtomobillarining iyul oyidagi sotuv natijalari: NEV modellari ommalashib bormoqda
Iyul oyi yakunlariga ko‘ra, CHERY brendi 800 dona avtomobilning sotuvini amalga oshirdi. Xaridorlar CSH texnologiyasiga ega NEV avtomobillarini tobora ko‘proq tanlamoqda, bu esa zamonaviy gibrid yechimlarga qiziqish ortib borayotganini tasdiqlaydi.
