Chery: sotuvlar hajmi 9,6 foizga oshdi, Tiggo 7 Pro o‘z yetakchiligini mustahkamlamoqda
Oktabr oyida Chery brendi O‘zbekistonda 767 dona avtomobil sotuvini amalga oshirdi, ushbu ko‘rsatkich 2026-yil sentabr oyiga nisbatan 9,6 foizga ko‘p bo‘ldi.

Oktabr oyida Chery brendi O‘zbekistonda 767 dona avtomobil sotuvini amalga oshirdi, ushbu ko‘rsatkich 2026-yil sentabr oyiga nisbatan 9,6 foizga ko‘p bo‘ldi.
Modellar turkumida yetakchi sifatida Tiggo 7 Pro krossoveri namoyon bo‘lib, uni 442 nafar xaridor tanladi. Oldingi oyga nisbatan model sotuvi 18,2 foizga oshishi, ushbu krossoverga yuqori qiziqish mavjudligini tasdiqladi.
Boshqa talabgir modellar qatorida 82 nafar xaridor tomonidan sotib olingan Arrizo 6 Pro sedani va 80 dona natija bilan Tiggo 4 Pro krossoveri hisoblandi.
Qolgan modellar sotuvi quyidagicha taqsimlandi:
- Tiggo 8 Hybrid va Tiggo 8 Pro – mos ravishda 92 va 9 dona krossover;
- Arrizo 8 Hybrid – 50 dona sedan;
- Tiggo 9 Hybrid va Tiggo 9 Pro – mos ravishda 3 va 7 dona krossover;
- Tiggo 2 Pro – 2 dona krossover.
Brendning gibrid yo‘nalishi alohida e’tiborga loyiqdir. Oktabr oyida 145 dona Chery gibrid avtomobili sotilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich oylik sotuvning deyarli 19 foizini tashkil etdi. Ushbu segmentda eng talabgir model sifatida Tiggo 8 Hybrid bo‘ldi.
Oktabr oyida Chery sotuvining o‘sishi, avvalambor, Tiggo 7 Pro’ga bo‘lgan yuqori talab bilan bog‘liq. Shu bilan birga, gibrid modellarning mavjudligi zamonaviy texnologiyalar va ekspluatatsiya tejamkorligiga qiziqqan xaridorlar uchun tanlov imkoniyatlarini kengaytiradi.
HAM OʻQING

2026-yil sentabr oyi natijalari: Chery Tiggo 7 Pro 28,5 foizga o‘sdi, gibrid avtomobillarga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshdi
Sentabr oyida Chery brendi O‘zbekistonda 700 dona avtomobil sotdi. Modellar turkumining yetakchisi Tiggo 7 Pro krossoveri bo‘ldi – uni 374 nafar xaridor tanladi. O‘tgan yilning sentabr oyiga nisbatan model sotuvi 28,5 foizga oshdi.

Chery bo‘yicha avgust oyi natijalari: Tiggo 7 Pro va Arrizo 6 Pro o‘rtasidagi minimal farq va NEV modellariga bo‘lgan talabning ortishi
2026-yil avgust oyi yakunlariga ko‘ra, Chery sotuvi 731 dona avtomobilni tashkil etdi. Dastlabki ikki o‘rinni atigi to‘rtta avtomobil egalladi: Tiggo 7 Pro 277 dona krossover, Arrizo 6 Pro esa 273 dona sedan natijasini namoyon qildi. Ikki model birgalikda brendning oylik...

CHERY avtomobillarining iyul oyidagi sotuv natijalari: NEV modellari ommalashib bormoqda
Iyul oyi yakunlariga ko‘ra, CHERY brendi 800 dona avtomobilning sotuvini amalga oshirdi. Xaridorlar CSH texnologiyasiga ega NEV avtomobillarini tobora ko‘proq tanlamoqda, bu esa zamonaviy gibrid yechimlarga qiziqish ortib borayotganini tasdiqlaydi.
