TIGGO 8 PRO MAX
HASHAMATLI YETTI O‘RINDIQLI PREMIUM TOIFADAGI KROSSOVER

 

480 900 000 so'mdan*
TIGGO 8 PRO MAX
TIGGO 8 PRO
ZAMONAVIY QULAYLIK DARAJASIGA EGA KROSSOVER

 

417 900 000 so'mdan*
TIGGO 8 PRO
TIGGO 7 PRO MAX
HAR QANDAY YO'LDA QULAYLIK VA ISHONCHNI QADIRLAYADIGAN OILA UCHUN IDEAL TANLOV

 

364 900 000 so'm*
TIGGO 7 PRO MAX
TIGGO 7 PRO
OILAVIY KROSSOVER

 

311 900 000 so'mdan*
TIGGO 7 PRO
ARRIZO 6 PRO

 

254 900 000 so'mdan
214 900 000 so'mdan*
ARRIZO 6 PRO
04.11.2024

O‘zbekistonda Chery brendi avtomobillarining 2024-yil oktabr oyi sotuvi 15,8 foizga oshdi

2024-yilning oktabr oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Chery rusumli 734 dona avtomobillar sotilgan bo‘lib, mazkur sotuv hajmi joriy yilning sentabr oyiga nisbatan 15,8 foizga ko‘pdir. Ushbu ma’lumotlar O‘zbekistonda Chery brendining rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan.

O‘zbekistonda Chery brendi avtomobillarining 2024-yil oktabr oyi sotuvi 15,8 foizga oshdi

2024-yilning oktabr oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Chery rusumli 734 dona avtomobillar sotilgan bo‘lib, mazkur sotuv hajmi joriy yilning sentabr oyiga nisbatan 15,8 foizga ko‘pdir. Ushbu ma’lumotlar O‘zbekistonda Chery brendining rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan.

Sotuvlar bo‘yicha yetakchi — Tiggo 7 Pro

Sotuv hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni Tiggo 7 Pro egalladi. Ushbu modeldagi 477 dona krossoverlar sotilgan bo‘lib, O‘zbekistonda sotilgan Chery avtomobillari umumiy sonining 65 foizini tashkil qildi. Tiggo 7 Pro qudrati va yuqori texnologiyasining monand uyg‘unligi bilan xaridorlarni o‘ziga jalb qiladi. 147 ot kuchiga ega 1,5-litrli turbo dvigatel va CVT variatori bilan jihozlangan avtomobil yonilg‘i sarfini tejash bilan jo‘shqin va barqaror ravishda avtomobil boshqarishini ta’minlaydi. Yuqori darajadagi qulaylikka charmdan qoplangan o‘rindiqlar, manzarali tom qismi, atmosferali yoritgich va qo‘shimcha qish mavsumi opsiyalari tufayli erishilishi, haydovchi va yo‘lovchilar uchun yuqori darajadagi sharoitlarni yaratadi.

Ikkinchi o‘rinni Arrizo 6 Pro egalladi

Arrizo 6 Pro sedani sotuv hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallab turibdi, uning oktabr oyida ulushi 25,3 foiz, ya’ni 186 donani tashkil etdi. Ushbu model o‘ziga xos uslubdagi dizayni, keng salon va zamonaviy texnologiyalari bilan ajralib turadi. Arrizo 6 Pro’ning asosiy xususiyatlari 10,25-dyuymli katta sensorli displey, kalitsiz kirish va dvigatelni ishga tushirish qulay tizimi, shuningdek, yuqori sifatli tovushni ta’minlaydigan oltita dinamiklarga ega audio tizimni o‘z ichiga oladi. Qulay interyer ikki hududli iqlim-nazorat, atmosferali yoritgich va isitish fuksiyasiga ega ergonomik o‘rindiqlar bilan jihozlangan bo‘lishi, uzoq muddatli safarlarni maksimal darajada qulay qiladi. Bundan tashqari, yonilg‘ining tejamkor sarfi — aralash siklda atigi 6,9 l/100 km — Arrizo 6 Pro’ni ishonchlilik va tejamkorlikni qadrlaydiganlar uchun jozibador tanlovga aylantiradi.

Tiggo 8 Pro Max uchinchi o‘rinda

Sotuvlar bo‘yicha uchinchi o‘rinni 71 dona sotilgan krossoverlar (9,7 foiz) bilan Tiggo 8 Pro egalladi. 2024-yilgi Tiggo 8 Pro Max qulaylik va xavfsizlikni o‘zida ifoda etadi. 245 ot kuchi quvvatiga ega 2,0-litrli dvigatel bilan jihozlangan avtomobil 8,4 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi. To‘liq uzatma va robotlashtirilgan DCT7 transmissiyasi har qanday sharoitda yo‘lda ishonchli harakatlanishni ta’minlaydi. Ikkitalik 12,3-dyuymli displey, doira bo‘ylab ko‘rish tizimi va 10 ta dinamiklarga ega SONY premium audio tizimi kabi yuqori texnologiyali funksiyalar Tiggo 8 Pro Max 2024’ni unumdorlik va zamonaviy texnologiyalarni uyg‘unlashtirishga intilayotgan talabchan mijozlar uchun jozibador tanlovga aylantiradi.

Xaridorlarning gender va yosh bo‘yicha taqsimlanishi

Chery avtomobillari xaridorlari o‘rtasidagi gender taqsimoti tahlili shuni ko‘rsatadiki, mijozlarning 71,9 foizini erkaklar, 28,1 foizini esa ayollar tashkil etadi. Xaridorlarning yosh tarkibida 29,7 foizi — 35 yoshdan kichiklar, 70,3 foizi esa 35 yoshdan kattalardir. Ushbu ma’lumotlar Chery brendi turli xil ehtiyojlar va xohish-istaklarga javob beradigan modellarni taklif qilib, yosh avlod orasida ham, yoshi kattaroq xaridorlar orasida ham talab mavjudligini ko‘rsatadi.

TEST DRIVE UCHUN RO‘YXATDAN O'TISH

Eng yaqin vakolatli dilerda test drive'ga yoziling