TIGGO 8 PRO MAX
HASHAMATLI YETTI O‘RINDIQLI PREMIUM TOIFADAGI KROSSOVER

 

480 900 000 so'mdan*
TIGGO 8 PRO MAX
TIGGO 8 PRO
ZAMONAVIY QULAYLIK DARAJASIGA EGA KROSSOVER

 

417 900 000 so'mdan*
TIGGO 8 PRO
TIGGO 7 PRO MAX
HAR QANDAY YO'LDA QULAYLIK VA ISHONCHNI QADIRLAYADIGAN OILA UCHUN IDEAL TANLOV

 

364 900 000 so'm*
TIGGO 7 PRO MAX
TIGGO 7 PRO
OILAVIY KROSSOVER

 

311 900 000 so'mdan*
TIGGO 7 PRO
ARRIZO 6 PRO

 

254 900 000 so'mdan
214 900 000 so'mdan*
ARRIZO 6 PRO
28.10.2024

Chery avtomobillarining uzunligi 1700 km dan ortiq bo‘lgan test-drayvi: bu qanday amalga oshirildi

2024-yil 14-16 oktabr kunlari Chery brendi uzunligi 1700 kilometrdan ortiq keng miqyosli test-drayvni o‘tkazdi. Xitoyning janubiy va shimoliy hududlarini qamrab olgan ushbu tadbirda O‘zbekistondan tashrif buyurgan media-hamkor ishtirok etdi. Ikkita Chery PHEV gibrid avtomobillari belgilangan yo‘nalishni muvaffaqiyatli bosib o‘tib, Uxu shahrida sayohatni yakunladi.

Chery avtomobillarining uzunligi 1700 km dan ortiq bo‘lgan test-drayvi: bu qanday amalga oshirildi

2024-yil 14-16 oktabr kunlari Chery brendi uzunligi 1700 kilometrdan ortiq keng miqyosli test-drayvni o‘tkazdi. Xitoyning janubiy va shimoliy hududlarini qamrab olgan ushbu tadbirda O‘zbekistondan tashrif buyurgan media-hamkor ishtirok etdi. Ikkita Chery PHEV gibrid avtomobillari belgilangan yo‘nalishni muvaffaqiyatli bosib o‘tib, Uxu shahrida sayohatni yakunladi.

Lunxu tog‘idagi sinovlar

Belgilangan yo‘nalishning asosiy bosqichi Tiggo 9 PHEV va Arrizo 8 PHEV avtomobillarini Lunxu tog‘ida sinovdan o‘tkazish bo‘ldi. Mazkur modellar yuqori darajali quvvat va aqlli boshqaruv tizimlari bilan e’tiborni o‘ziga tortdi. 1.5-litrli dvigatel va uchinchi avlod DHT transmissiyasi bilan jihozlangan, to‘liq yuritmali turidagi Tiggo 9 PHEV quvvatini 450 kVt gacha va burovchi momentini 915 N·m gacha oshirish imkoniyatiga ega. Ushbu xususiyatlar avtomobilga murakkab tepaliklar va keskin qiyaliklarni osongina bosib o‘tishga imkon berdi. O‘z navbatida, Arrizo 8 PHEV yuqori unumdorlik va yonilg‘i tejamkorligini ta’minlaydigan samarali 1,5-litrli turbo dvigatel bilan ajralib turdi.

Poyan ko‘li bo‘ylab ekologik sayohat

Poyan ko‘li bo‘ylab ekologik tur doirasida Tiggo 9 PHEV va Arrizo 8 PHEV modellari o‘zining uzoq masofani bosib o‘tishi, kam energiya iste’moli va tashqi elektr ta’minoti funksiyasini namoyish etdi. Komplektatsiyasidan kelib chiqqan holda, Tiggo 9 PHEV elektr vositasida tortish orqali 170 km gacha yo‘lni bosib o‘tishi mumkin va 1400 km dan ortiq umumiy harakatlanish zaxirasini ta’minlaydi. Arrizo 8 PHEV ham 1400 km dan ortiq harakatlanish zaxirasiga va 127 km gacha elektr vositasida yo‘lni bosib o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishi uni uzoq muddatli sayohatlarda ishonchli tanlovga aylantiradi. Tashqi elektr ta’minoti funksiyasi test-drayv ishtirokchilariga avtomobillardan tabiatdagi energiya manbai sifatida foydalanish imkonini berishi, ayniqsa kemping va boshqa faol dam olish turlari uchun foydali bo‘ldi.

Boshqaruvning intellektual tizimlari

Har ikkala modelning intellektual tizimlari belgilangan yo‘nalishni bosib o‘tishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Tiggo 9 PHEV ADAS ning L2.9-darajasi, yuqori tezlikdagi trassalar uchun navigatsiya va xotira ega avtoturargohga joylashish tizimini o‘z ichiga olgan 30 ta faol funksiyalarga ega kompleks xavfsizlik tizimi bilan jihozlangan. Arrizo 8 PHEV yuqori aniqlikdagi boshqaruv tizimi tufayli real vaqt rejimida qulaylik va xavfsizlikni ta’minlaydi. Ushbu yutuqlar Chery kompaniyasining gibrid texnologiyalar sohasidagi yetakchiligini tasdiqladi. Kelajakda kompaniya butun oilaning qulayligi va xavfsizligi uchun mijozlarga ekologik va texnologik avtomobillarni taklif qilgan holda o‘zining asosiy qadriyatlarini saqlab qolishni rejalashtirmoqda.

Fikr-mulohazalar va kelajakdagi istiqbollar

O‘zbekistondan tashrif buyurgan media-hamkor, muxbir B. Isayev avtomobilni boshqarishda qulaylik va yengillik, shuningdek, yuqori tezlikda harakatlanish paytida uning barqarorligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, avtomobilning saloni keng, modelning o‘zi esa O‘zbekiston yo‘llariga mukammal tarzda moslashadi.

Sharqiy Yevropadan tashrif buyurgan test-drayv ishtirokchisi shunday dedi: "Tiggo 9 PHEV keng saloni va ko‘p funksiyali o‘rindiqlari, uni oilaviy safarlar va uzoq sayohatlar uchun ajoyib tanlovga aylantiradi. Oila yoki uy hayvonlari bilan birgalikda safar qilinishidan qat’iy nazar, Tiggo 9 PHEV qulay va oson sayohatlar uchun yetarlicha joyni taqdim etadi." Tiggo 9 PHEV interyerining dizayni ham yuqori baholandi.

BAA dan kelgan test-drayv ishtirokchisi quyidagicha o‘z fikrini bayon qildi: "Arrizo 8 PHEV interyeri – bu har bir safarni yoqimli qiladigan yumshoq o‘rindiqlar va ravon harakatlanish ega haqiqiy qulaylik va hashamat vohasidir. Mazkur qulaylik va hashamatning uyg‘unligi uzoq muddatli odatdagi safarlarni zavqlanishga boy bo‘lgan darajaga aylantiradi".

Tiggo 9 PHEV va Arrizo 8 PHEV yuqori darajadagi foydalanish sifatlarni namoyish etib, o‘zining qulayligi, samaradorligi va avtomobilni boshqarish darajasi bilan o‘chmas taassurot qoldirmoqda. Tadbir Chery brendining asosiy qadriyatlari – atrof-muhitga ekologik ziyon yetkazmaslik, texnologiya jihatdan qulaylik, oila va g‘amxo‘rlikka yo‘naltirilganligini ochib berib, Tiggo 9 PHEV va Arrizo 8 PHEV ning yuqori sifati bilan batafsil tanishish imkonini berdi.

Chery brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhi hisoblanadi. Yangi modellarning kelishi yaqin kelajakda rejalashtirilgan. O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan Chery modellari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar Cheryauto.uz saytida berilgan. Bepul test-drayvda qatnashish uchun Chery Uzbekistan dilerlik markazlarining istalgan birida ro‘yhatdan o‘ting.

TEST DRIVE UCHUN RO‘YXATDAN O'TISH

Eng yaqin vakolatli dilerda test drive'ga yoziling