13.11.2024

Chery TIGGO 7 avtomobillarining millioninchisi eksportga chiqarildi — kompaniyaning global miqyosdagi kengayishida yangi bosqich

2024 yil 1 noyabrda TIGGO model qatori uchun muhim bosqichga erishildi: Chery TIGGO 7 avtomobilining millioninchi avtomobili Xitoyning Uxu porti orqali jahon bozoriga yo‘l oldi.

Chery TIGGO 7 avtomobillarining millioninchisi eksportga chiqarildi — kompaniyaning global miqyosdagi kengayishida yangi bosqich

2024 yil 1 noyabrda TIGGO model qatori uchun muhim bosqichga erishildi: Chery TIGGO 7 avtomobilining millioninchi avtomobili Xitoyning Uxu porti orqali jahon bozoriga yo‘l oldi. Model ishlab chiqarilgandan buyon o‘zining yuqori sifati va ishonchliligi bilan jahon miqyosida tan olindi va uch yil davomida A segmentidagi xitoylik krossoverlar orasida eksport hajmi bo‘yicha yetakchilik qilib kelmoqda, bu esa uni xalqaro bozorga muvaffaqiyatli chiqqan modelga aylantirdi.

TIGGO 7 model qatori jahon miqyosida sotuvlar o‘sishi va nufuzli mukofotlar bilan o‘zini namoyon etdi, jumladan, ANCAP xavfsizlik reytingi bo‘yicha besh yulduz, shuningdek, China Automotive Performance, Execution, and Layout (APEAL) va China Initial Quality Study (IQS) tadqiqotlarida yuqori o‘rinlarni egalladi. Bu yutuqlar TIGGO 7ni A segmenti krossoverlari orasida jahon bozoridagi etalonga aylantirdi.

Millioninchi eksportga bag‘ishlangan marosimda Chery Group boshqaruv raisi In Tunyue mazkur voqea kompaniya tarixida yangi bosqichni ochishini ta’kidladi. Janob In Chery o‘zining TIGGO 7 muvaffaqiyatini davom ettirishga intilishini va har bir Chery avtomobili "oltin obro‘ga" ega bo‘lib, jahon miqyosidagi iste’molchilarga ishonch uyg‘otishini ta’kidladi. Bu esa xitoylik avtomobillarning ommalashuviga yordam beradi.

"Xitoydan — butun dunyoga" tamoyiliga amal qilgan holda, Chery o‘z mahsulotini mahalliy qonun-qoidalar va iste’molchilar talablariga moslashtirmoqda, shuningdek, "Qayerda sotsak — shu yerda ishlab chiqaramiz" strategiyasini amalga oshirmoqda. Kompaniya mahalliy jamoalarga faol integratsiya bo‘lib, ularning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo‘shmoqda.

Turli mamlakatlarda TIGGO 7 o‘zining ajoyib xususiyatlari va ishonchliligi bilan iste’molchilar e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Janubiy Amerikada kuchli dvigateli va yo‘lsizlikda harakat qilish qobiliyati bilan mashhur; Osiyo-Tinch okeani mintaqasida esa issiq va nam iqlimga chidamliligi uchun qadrlanadi; Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarida tropik iqlim va murakkab yo‘l sharoitlariga mos kelgan holda barqaror kuch va ishonchlilikni namoyon qilmoqda.

Millioninchi TIGGO 7 eksportga chiqarilishi bilan Chery o‘zining global kengayish yo‘lida yangi bobni ochmoqda. Kompaniya o‘z mahsulotlarining yuqori sifati va xizmatlariga tayanilgan holda jahon bozorlarida o‘z mavqeini yanada mustahkamlashni rejalashtirmoqda, jahon standartlariga mos ishonchli avtomobillar taqdim etishga sodiqligini ko‘rsatmoqda. Bunga qo‘shimcha ravishda, kelgusida Chery kompaniyasi faoliyat yuritadigan har bir mintaqaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo‘shish maqsadida o‘zining korporativ ijtimoiy majburiyatlarini bajarishni ham davom ettiradi.

Chery brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori – ADM Global kompaniyasidir. O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan Chery modellar qatori haqida batafsil ma’lumotni cheryauto.uz saytida topishingiz mumkin. Bepul test haydoviga yozilish uchun Chery Uzbekistan dilerlik markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

TEST DRIVE UCHUN RO‘YXATDAN O'TISH

Eng yaqin vakolatli dilerda test drive'ga yoziling