28.10.2024

Kelajak uchun texnologiyalar: Chery 2024 Global innovatsion konferensiyasining tantanali ochilish marosimi qanday bo‘lib o‘tdi

2024-yil oktabr oyida Xitoyning Uxu shahrida "Kelajak uchun texnologiyalar" shiori ostida Chery 2024 Global innovatsion konferensiyasi (CGIC)ning ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Kelajak uchun texnologiyalar: Chery 2024 Global innovatsion konferensiyasining tantanali ochilish marosimi qanday bo‘lib o‘tdi

2024-yil oktabr oyida Xitoyning Uxu shahrida "Kelajak uchun texnologiyalar" shiori ostida Chery 2024 Global innovatsion konferensiyasi (CGIC)ning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Chery kompaniyasi turli texnologik sohalardagi ilg‘or yutuqlarini namoyish etdi va avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini belgilab berdi. Chery intellektual texnologiyalar sohasida yetakchi o‘rinlarni egallash, yangi texnologik ufqlarni o‘zlashtirish va yuksak natijalarga erishishga intilishini e’lon qildi. Foydalanuvchining tajribasini yaxshilashga qaratilgan intellektual avtomobil boshqarish uchun eng yangi yechimlar, shuningdek, yangi energiya manbalari sohasida kompaniya ekotizimini mustahkamlaydigan yangi QPower batareya texnologiyasi namoyish etildi.

Avvalgi Chery Tech Day formatidan farqli o‘laroq, CGIC 2024 konferensiyasi bir kunlik tadbirdan bir haftalik texnologik taqdimotlar va muhokamalarga kengaytirildi. Tadbirda mingdan ortiq mehmonlar, jumladan, davlat tuzilmalari, akademik va professional hamjamiyat vakillari, shuningdek, xalqaro hamkorlar, jumladan, Chery brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori — ADM Global kompaniyalar guruhi ishtirok etdi.

Ochilish marosimida Chery Group direktorlar kengashi raisi In Tunyue va kompaniyaning boshqa top-menejerlari ishtirok etdi. Rais o‘z nutqida shunday dedi: "Innovatsiyalar — Chery uchun asos va zaruriyat. Biz mahsulotlarimiz va xizmatlarimizni raqobatbardosh qiladigan innovatsiyalar orqali brendimizni mustahkamlaymiz va uning barqaror rivojlanishini ta’minlaymiz". In intellektual texnologiyalarning o‘sib borayotgan ahamiyatini hisobga olgan holda, kompaniya sohada yetakchi o‘rnini saqlab qolish uchun intellektual yutuqlarga intilib, yangi texnologik ufqlarni tadqiq qilishni davom ettirishini ta’kidladi.

Shuningdek, rais In Chery nafaqat texnologik mukammallikka e’tibor qaratayotganiga, balki Xitoy kompaniyalari o‘rtasida globallashuvning ilk kashfiyotchilaridan biri ekanligiga ham e’tibor qaratdi. Konferensiyaning birinchi kunida Chery kompaniyasining jahon bozori uchun yuqori sifatli, ishonchli va uzoq muddatga chidamli avtomobillarni ishlab chiqarishga qaratilgan global strategiyasi taqdim etildi. Kompaniya mahsulotlarni har bir bozor ehtiyojlariga moslashtirish va turli foydalanish sharoitlarida avtomobillarning ishonchliligini ta’minlash uchun mahalliy sinovlarni o‘tkazish orqali ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirmoqda.

Chery kompaniyasining global strategiyasi bozorga va mijozlarning manfaatlariga yo‘naltirilganlik tamoyillariga asoslanadi, bunda asosiy e’tibor nafaqat texnik ishlanmalarga, balki jarayonlar va xizmatlarni mahalliylashtirishga ham qaratiladi. Chery 2025-yilga kelib turli mamlakatlar va madaniyatlar talablariga moslashtirilgan modellarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Mazkur avtomobillar yuqori sifat standartlariga javob beradi va mahalliy xususiyatlarni hisobiga xaridorlarning turli ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi.

Kompaniya Xitoy avtomobil brendlarining tiklanishini qo‘llab-quvvatlash va sanoatda innovatsiyalar to‘lqinini rag‘batlantirish orqali jahon bozorida yetakchilik qilishga intiladi. Mustahkam texnologik bazaga ega bo‘lgan Chery 2024-yilda ham son, ham sifat jihatdan o‘sishni namoyish etib, sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi. Yanvardan sentabrgacha Chery Group sotuv hajmi 1,75 milliondan oshishi, uni yangi energiya manbalari (NEV) avtomobillari segmentida ham, an’anaviy segmentda (ICE) ham, ichki va xalqaro bozorlarda o‘sishga erishgan yagona kompaniyaga aylantirdi. Chery o‘z biznesining barcha to‘rtta yo‘nalishi bo‘yicha rekordlarni o‘rnatganligi uchun Fortune Global 500 reytingida o‘z o‘rnini egalladi.

27 yillik uzluksiz innovatsiyalar davomida Chery qudratli texnologik bazani yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Kompaniyaning texnik direktori, doktor Gao Sinxua so‘nggi ikki yil ichida beshta asosiy yo‘nalishlar – arxitektura, quvvat agregatlari, intellektual salonlar, intellektual avtomobil boshqarish va ekotizimlarda sezilarli yutuqlarga erishilganini aytdi. Mazkur yutuqlar o‘ndan ortiq muvaffaqiyatli natijalarga olib kelishi Xitoy avtomobil sanoatini jahon darajasiga olib chiqadigan yuqori sifatli texnologik zanjirni yaratishga imkon berdi.

CGIC konferensiyasi bir nechta mavzuli hududlarni o‘z ichiga oldi: tayyor avtomobillar namoyishi, butlovchi qismlarni sinovdan o‘tkazish va eng yangi texnologiyalar taqdimoti. Beshta texnologik yo‘nalishdagi 100 dan ortiq eksponatlar kompaniyaning yutuqlari va salohiyatini namoyish etdi. Avvalroq "Yangi energiya manbalariga nisbatan murosasizlik" tamoyilini e’lon qilgan Chery CGIC 2024 da uchta asosiy yo‘nalishlar – litiy-temir-fosfatli akkumulyatorlar, titanli akkumulyatorlar va yirik silindrli akkumulyatorlarni o‘z ichiga olgan yangi QPower batareyalari qatorini taqdim etdi. Mazkur batareyalar yuqori quvvatlash tezligi, uzoq xizmat qilish muddati, xavfsizligi va harakatlanishning yuqori zaxirasi bilan ajralib turadi. CGIC 2024 Chery kompaniyasining texnologik innovatsiyalarini har tomonlama taqdim etish va Xitoy avtomobil brendlarining global ahamiyatini qayd etish imkonini berdi.

Chery brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhi hisoblanadi. O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan Chery modellar turkumi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar cheryauto.uz saytida berilgan. Bepul test-drayvda qatnashish uchun Chery Uzbekistan dilerlik markazlarining istalgan birida ro‘yhatdan o‘ting.

TEST DRIVE UCHUN RO‘YXATDAN O'TISH

Eng yaqin vakolatli dilerda test drive'ga yoziling