2025-yil oktabr oyida Chery avtomobillarining sotuvi
Chery brendi 2025-yil oktabr oyini 1016 dona sotilgan avtomobillari bilan yakunlab, bozordagi mavqeini mustahkamladi va xaridorlarning barqaror qiziqishini namoyon etdi. Sotuvning asosiy hajmini krossover va sedanlar tashkil etishi, brendning model turkumi keng qamrovli ekanligini ko'rsatadi.

Chery brendi 2025-yil oktabr oyini 1016 dona sotilgan avtomobillari bilan yakunlab, bozordagi mavqeini mustahkamladi va xaridorlarning barqaror qiziqishini namoyon etdi. Sotuvning asosiy hajmini krossover va sedanlar tashkil etishi, brendning model turkumi keng qamrovli ekanligini ko'rsatadi.
Sotuv yetakchisi sifatida Tiggo 7 Pro hisoblanib, 399 dona avtomobillari bilan (39,3%) oyning eng ommabop krossoverlaridan biriga aylandi.
Ikkinchi o'rinda Arrizo 6 Pro (283 dona, 27,9%) - qulaylik va zamonaviy uslubni uyg'unlashtirgan tezkor sedan.
Uchinchi o'rinni Tiggo 2 Pro (214 dona avtomobillar, 21%) - hamyonbopligi va jozibador dizayni bilan xaridorgir hisoblangan ixcham SUV egallab turibdi.
Boshqa modellar - premium darajadagi jihozlanishga ega flagmanli Tiggo 8 Pro krossoveri (104 dona) va 2025-yil 11-oktabrda Chery'ning birinchi gibrid avtomobili sifatida Arrizo 8 Hybrid(16 dona). Arrizo 8 Hybrid modeli ADM Jizzakh zavodida yig'ilmoqda va Chery brendi uchun yangi bosqichni - gibrid texnologiyalar davrining boshlanishi va O'zbekistonda mahalliy ishlab chiqarishning mustahkamlanishini belgilab berdi.
Chery innovatsiyalar, mahalliy yig'uv ishlari va sifatga e'tibor qaratgan holda O'zbekiston bozoridagi o'rnini mustahkamlashda davom etmoqda. Gibrid modelning muvaffaqiyatli tarzda boshlangani brendning zamonaviy, texnologik avtomobil sanoatiga strategik ahamiyatini tasdiqlaydi.
HAM OʻQING

Chery: sotuvlar hajmi 9,6 foizga oshdi, Tiggo 7 Pro o‘z yetakchiligini mustahkamlamoqda
Oktabr oyida Chery brendi O‘zbekistonda 767 dona avtomobil sotuvini amalga oshirdi, ushbu ko‘rsatkich 2026-yil sentabr oyiga nisbatan 9,6 foizga ko‘p bo‘ldi.

2026-yil sentabr oyi natijalari: Chery Tiggo 7 Pro 28,5 foizga o‘sdi, gibrid avtomobillarga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshdi
Sentabr oyida Chery brendi O‘zbekistonda 700 dona avtomobil sotdi. Modellar turkumining yetakchisi Tiggo 7 Pro krossoveri bo‘ldi – uni 374 nafar xaridor tanladi. O‘tgan yilning sentabr oyiga nisbatan model sotuvi 28,5 foizga oshdi.

Chery bo‘yicha avgust oyi natijalari: Tiggo 7 Pro va Arrizo 6 Pro o‘rtasidagi minimal farq va NEV modellariga bo‘lgan talabning ortishi
2026-yil avgust oyi yakunlariga ko‘ra, Chery sotuvi 731 dona avtomobilni tashkil etdi. Dastlabki ikki o‘rinni atigi to‘rtta avtomobil egalladi: Tiggo 7 Pro 277 dona krossover, Arrizo 6 Pro esa 273 dona sedan natijasini namoyon qildi. Ikki model birgalikda brendning oylik...
