TIGGO 8 PRO MAX
HASHAMATLI YETTI O‘RINDIQLI PREMIUM TOIFADAGI KROSSOVER

 

480 900 000 so'mdan*
TIGGO 8 PRO MAX
TIGGO 8 PRO
ZAMONAVIY QULAYLIK DARAJASIGA EGA KROSSOVER

 

417 900 000 so'mdan*
TIGGO 8 PRO
TIGGO 7 PRO MAX
HAR QANDAY YO'LDA QULAYLIK VA ISHONCHNI QADIRLAYADIGAN OILA UCHUN IDEAL TANLOV

 

364 900 000 so'm*
TIGGO 7 PRO MAX
TIGGO 7 PRO
OILAVIY KROSSOVER

 

311 900 000 so'mdan*
TIGGO 7 PRO
ARRIZO 6 PRO

 

254 900 000 so'mdan
214 900 000 so'mdan*
ARRIZO 6 PRO
05.08.2024

Oʻzbekistonda 2024-yilning iyul oyida Chery avtomobillari sotuvlarining oʻsishi

2024-yil iyul oyida Chery tomonidan sotilgan Arrizo 6 Pro, Tiggo 7 Pro va Tiggo 8 Pro hamda Tiggo 8 Pro Max avtomobil modellarining soni 655 donani tashkil etib, bu joriy yilning iyun oyiga nisbatan 29,3 foizga koʻproq, deb xabar ta’kidlaydi Chery’ning Oʻzbekistondagi rasmiy distribyutori boʻlgan ADM Global kompaniyalar guruhi.

Oʻzbekistonda 2024-yilning iyul oyida Chery avtomobillari sotuvlarining oʻsishi

2024-yil iyul oyida Chery tomonidan sotilgan Arrizo 6 Pro, Tiggo 7 Pro va Tiggo 8 Pro hamda Tiggo 8 Pro Max avtomobil modellarining soni 655 donani tashkil etib, bu joriy yilning iyun oyiga nisbatan 29,3 foizga koʻproq, deb xabar ta’kidlaydi Chery’ning Oʻzbekistondagi rasmiy distribyutori boʻlgan ADM Global kompaniyalar guruhi. Bu mahsulotlarning texnologikligi, ishonchliligi va sifatini yuqori baholovchi xaridorlar tomonidan brend avtomobillariga boʻlgan talabning ortib borayotganidan dalolat beradi.

Joriy yilning iyun oyida boʻlgani kabi, 1,5 litr hajmli va 147 ot kuchi (108 kVt / 5500 ayl/daq) maksimal quvvatli dvigatelga ega boʻlgan, qulay va texnologik Tiggo 7 Pro shahar krossoveri Chery avtomobillari orasida sotuvlar boyicha yetakchilikni saqlab qoldi. Iyul oyida sotilgan Tiggo 7 Pro avtomobillari soni 292 donani tashkil etib, bu Chery tomonidan sotilgan barcha avtomobillar hajmining 45 foizni tashkil etadi. Mazkur model xaridorlarni oʻzining yuqori oʻtuvchanlik qobiliyati, keng saloni, shahar va shahardan tashqari sayohatlar uchun optimal yurish xususiyatlari, shuningdek, ergonomik saloni, turbolashtirilgan dvigateli, zamonaviy xavfsizlik tizimlari va jozibador dizayni bilan oʻziga jalb qila oldi. Universal SUV boʻlgan Tiggo 7 Pro – bu muvozanat va funksionallikni qadrlovchilar uchun ideal tanlovdir.

1,5 litr hajmli dvigatel va 147 ot kuchi (108 kVt / 5500 ayl/daq) maksimal quvvatga ega boʻlgan, zamonaviy, qulay, dinamik va intellektual Arrizo 6 Pro 284 dona sotilgan avtomobil natijasi bilan ikkinchi oʻrinni egalladi (jami sotuvlar hajmining 43 foizi). Xaridorlar sedanning eksteryerining individual uslubi va turbolashtirilgan dvigateli tufayli erishilgan sportcha xarakteri, intellektual iqlim nazorati natijasidagi salondagi qulay harorat, shuningdek, xavfsizlik tizimlari kompleksi va elektron assistentlarga asoslangan zamonaviy xavfsizlik texnologiyalar kabi afzalliklarini qayd etdilar.

1,6 litr hajmli va 186 ot kuchi (136,5 kVt / 5500 ayl/daq) maksimal quvvatli dvigatelga ega boʻlgan Chery Tiggo 8 Pro hamda 2,0 litr hajmli va 245 ot kuchi (145 kVt / 5000 ayl/daq) maksimal quvvatli dvigatelga ega boʻlgan Tiggo 8 Pro Max modellari jami 79 dona brlikda sotilgan boʻlib, bu jami sotuvlarning 12 foizni tashkil etadi. Ushbu flagman krossoverlar premium toifali interyeri, ilgʻor texnologiyalar, a’lo darajadagi boshqaruvcanlik, keng va amaliy saloni, shuningdek, haydovchi va yoʻlovchilar uchun yuqori darajadagi qulayligi bilan ajralib turadilar.

Hududlar kesimida sotuvlar boʻyicha yetakchilikni Toshkent shahri egallab turibdi – 37,4 foiz. Toshkent shahridan keyin hududlar quyidagicha joylashdilar:

  • Buxoro viloyati – 13,1 foiz;
  • Qashqadaryo viloyati – 7,8 foiz;
  • Samarqand viloyati – 7,2 foiz;
  • Navoiy viloyati – 6,3 foiz;
  • Xorazm viloyati – 5,5 foiz;
  • Namangan viloyati – 5,0 foiz;
  • Fargʻona viloyati – 4,9 foiz;
  • Surxondaryo viloyati – 4,4 foiz;
  • Andijon viloyati – 3,8 foiz;
  • Jizzax viloyati – 3,4 foiz;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 1,2 foiz.

Amalga oshirilgan hisob-kitoblarga koʻra, 2024-yilning iyul oyida jismoniy shaxslar orasida Chery avtomobillarini xaridorlairning gender tarkibi quyidagicha koʻrinish olgan: erkaklar – 69,3 foiz, ayollar – 30,7 foiz.

Shu bilan birga, Chery avtomobillarini sotib oluvchilar orasida 30 yoshgacha boʻlgan jismoniy shaxslarning ulushi 13,9 foizni tashkil qilgan boʻlsa, 30 yosh va undan katta yoshdagilarning ulushi esa sezilarli darajada yuqori boʻlgan 86,1 foizni tashkil etdi.

Chery yuqori talabchan avtomobil ixlosmandlarga yoʻnaltirilgan yondashuvi bilan raqobatchilaridan ajralib turadi. Ushbu brendning iste’molchilari eng yangi texnologik yechimlarni, mustahkam ishonchlilikni va benuqson sifatni qadrlaydilar. Mazkur maqsadli auditoriyaning istaklari, kompaniyaning avtomobil bozorining premium segmentida oʻz pozisiyalarini mustahkamlashga qaratilgan ambitsiyali maqsadlariga mukammal ravishda mosdir.

TEST DRIVE UCHUN RO‘YXATDAN O'TISH

Eng yaqin vakolatli dilerda test drive'ga yoziling