TIGGO 8 PRO MAX
BIZNES KLASS KOMFORTI BILAN ZAVQLANING

Boy texnologik uskunalar, murosasiz himoya darajasi, ajoyib funksionallik va biznes-klassdagi qulaylik

Narxi
470 900 000 so'm dan*
TIGGO 8 PRO MAX
TIGGO 8 PRO
NEW CITY ELITE

Boy texnologik uskunalar, murosasiz himoya darajasi, ajoyib funksionallik va biznes-klassdagi qulaylik

Narxi
407 900 000 so'm dan*
TIGGO 8 PRO
TIGGO 7 PRO
SIZGA O'XSHAB, HAR DOIM KO'PROQ MUVAFFAQIYATGA ERISHADI

Tiggo 7 PRO-da biznes-klassdagi qulaylikdan rohatlaning

Narxi
291 900 000 so'm dan*
TIGGO 7 PRO
ARRIZO 6 PRO
ISTIQBOLGA EGA

Arrizo 6 PRO rulida biznes-klass qulayligidan bahramand bo'ling

Narxi
234 900 000 so'm dan*
ARRIZO 6 PRO
30.04.2024

“2024 Chery International Business Conference”: Chery avtomobil brendi Ekologiyaga qaratilgan global loyihasi bilan o‘rtoqlashdi

2024-yilning 30-aprel kuni Xitoyning Anxoy provinsiyasining Uxu shahrida “2024 Chery International Business Conference” anjumani bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada, Chery uchun global barqarorlikni targ‘ib qilishda yana bir muhim bosqich bo‘lmish – “Public Welfare & ESG Practices” (Jamoatchilik farovonligi va ESG-amaliyotlari) taqdimotining guvohi bo‘lgan butun dunyo bo‘ylab hamkorlar to‘plandilar. “2024 Chery International Business Conference” anjumanida, shuningdek, Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutorlari bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhining rasmiy vakillari ham ishtirok etdilar.

“2024 Chery International Business Conference”: Chery avtomobil brendi Ekologiyaga qaratilgan global loyihasi bilan o‘rtoqlashdi

2024-yilning 30-aprel kuni Xitoyning Anxoy provinsiyasining Uxu shahrida “2024 Chery International Business Conference” anjumani bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada, Chery uchun global barqarorlikni targ‘ib qilishda yana bir muhim bosqich bo‘lmish – “Public Welfare & ESG Practices” (Jamoatchilik farovonligi va ESG-amaliyotlari) taqdimotining guvohi bo‘lgan butun dunyo bo‘ylab hamkorlar to‘plandilar. “2024 Chery International Business Conference” anjumanida, shuningdek, Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutorlari bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhining rasmiy vakillari ham ishtirok etdilar.

Konferensiyada Chery International kompaniyasining ijrochi vitse-prezidenti janob Chjan Shenshan «Public Welfare & ESG Practices» («Jamoat farovonligi va ESG-amaliyotlari»)ni taqdim etib, Chery International’ning ESG-amaliyotlari 2023-yilda ommalashganini qayd etdi. Shanghai Auto Show’da Chery ushbu sohadagi global loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida International Public Welfare Fund (Xalqaro farovonlik ijtimoiy jamg‘armasi)ni yaratilishiga bel bog‘ladi. Shuningdek, Kompaniya UNICEF (BMT huzuridagi Xalqaro favqulodda bolalarga yordam jamg‘armasi)ga butun dunyo bo‘ylab ta’lim loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 6 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni ehson qildi. Bundan tashqari, IUCN (Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi) bilan atrof-muhitni butun dunyo miqyosida himoya qilishda yordam beradigan o‘rmonlar, suv-botqoqli hududlar va okeanlarni saqlash va tiklash bo‘yicha innovatsion yondashuvlarni birgalikda o‘rganish bo‘yicha o‘zaro kelishuv memorandumi imzolandi.

2024-yil va undan keyingi yillarda Chery global bolalar ta’limi va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlab UNICEF va IUCN bilan hamkorlikni mustahkamlashda davom etadi. Kompaniya bolalarning sifatli ta’lim resurslariga imkoniyatlarini oshirishni kengaytirish bo‘yicha ko‘plab chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda, shuningdek tenglikni ta’minlash va ta’lim sifatini oshirishga ko‘maklashmoqda. Chery butun dunyo bo‘ylab biologik xilma-xillik va suv va dengiz resurslarini muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratmoqda. Kelajakda, rivojlanayotgan bozorlarda faoliyatini kengaytirib borish bilan bir qatorda, kompaniya talablarga rioya qilinish, takomillashuv va barqaror rivojlanishni birlashtirishga intilib, ESG-amaliyotlarini o‘z korporativ madaniyatining asosiy elementlari sifatida joriy etib boradi. Kompaniya ta’lim va atrof-muhitni muhofaza qilishni birlashtirgan barqaror ekotizimni yaratishga intilmoqda, shuningdek, imkoniyatlari cheklangan insonlar va keksalarga yanada g‘amho‘r va e’tiborli parvarish va xizmatlarni ta’minlash uchun innovatsion texnologiyalarni faol o‘rganib, o‘ziga uyg‘un va o‘zaro manfaatli kelajakni tasavvur qilmoqda.

Konferensiyada Skytower Investments boshqaruv kengashi raisi janob Nil Bush, UNICEF’ning Xitoydagi vakili o‘rinbosari Amanda Bisseks xonim va Nature-based Solutions (NbS)ning rahbari Charlz Karangva so‘zga chiqib, Chery bilan hamkorliklari haqida gapirib berdilar. Bundan tashqari Chery, kompaniyaning global ekologik tashabbuslarini amalga oshirishda muhim qadam bo‘lgan “Water Resources and Marine Conservation – Cherish the Nature” (“Suv resurslari va dengiz muhitini muhofaza qilish – tabiatni asrang”) loyihasi ishga tushirilganini e’lon qildi.

“2024 Chery International Business Conference” – bu texnologiyalar va biznesning uchrashuvi, shuningdek, xayriya ruhining uzatilishidir. Ushbu konferentsiyada Chery global korporatsiya sifatida o‘zining mas’uliyati va majburiyatlarini, shuningdek, kelajakda jamiyatni barqaror rivojlantirish tamoyillarini chuqur tushunishi va ushbu tamoyillarga sodiqligini namoyish etdi. Hozirgi globallashgan dunyoda, kompaniya avtomobilsozlik sohasida filantropiya tendentsiyasida yetakchi bo‘lib, aniq amaliy harakatlarni amalga oshirmoqda va butun insoniyat uchun umumiy farovon kelajakni yaratishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

O‘zbekistonda xususiy investitsiyalar hisobiga qurilgan ilk avtomobil zavod bo‘lgan – ADM Jizzakh zavodida ishlab chiqarilayotgan ADM Global kompaniyalari guruhi tomonidan O‘zbekistonda taqdim etilayotgan Chery avtomobillarining xarakteristikalari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.

TEST DRIVE UCHUN RO‘YXATDAN O'TISH

Eng yaqin vakolatli dilerda test drive'ga yoziling