Chery brendi O‘zbekistonda ikki yilligini nishonladi: yangi Tiggo 2 Pro modeli taqdimoti va dilerlik konferensiyasi
O‘zbekiston bozorida Chery brendining ikki yilligi munosabati bilan ADM Global kompaniyalar guruhi keng miqyosli dilerlik konferensiyasini o‘tkazdi, uning asosiy voqeasi sifatida yangi Chery Tiggo 2 Pro krossoveri taqdimoti bo‘ldi. Ushbu model zamonaviy dizayn, texnologiya va mahalliy avtohavaskorlar talablariga moslashtirilgan funksiyalarni birlashtirgan holda ommabop krossoverlar segmentida bestsellerga aylanishni va’da qilmoqda.
O‘zbekiston bozorida Chery brendining ikki yilligi munosabati bilan ADM Global kompaniyalar guruhi keng miqyosli dilerlik konferensiyasini o‘tkazdi, uning asosiy voqeasi sifatida yangi Chery Tiggo 2 Pro krossoveri taqdimoti bo‘ldi. Ushbu model zamonaviy dizayn, texnologiya va mahalliy avtohavaskorlar talablariga moslashtirilgan funksiyalarni birlashtirgan holda ommabop krossoverlar segmentida bestsellerga aylanishni va’da qilmoqda.
Chery Tiggo 2 Pro – shahar muhiti va yengil darajadagi yo‘lsiz sharoitga mos keladigan ishonchli va manyovrli krossover. O‘ziga xos uslubli dizayn, texnologik yechimlar va foydalanish xarajatlari esa yuqori emasligi, uni o‘zbekistonliklar uchun jozibador variantga aylantiradi. Avtomobil yorqin xromlangan radiator panjarasi va Tiggo turkumiga oid o‘ziga xos qiyofani yaratuvchi LED elementlari bilan ajralib turadi.
Tiggo 2 Pro krossoveri CVT pog‘onasiz uzatmalar qutisi bilan ishlaydigan bir litr ega turbo dvigatel bilan jihozlangan bo‘lishi, uni ravon harakatlanishini ta’minlaydi va komponentlarning ishdan chiqishini kamaytiradi. Model ikki rangli 17 dyuymli disklar va LED elementlari, spoyler va hajmi 420 litr bo‘lgan qulay yukxonasi mavjud bo‘lgan o‘zgacha uslubli orqa qismga ega. Krossover AI-92 va undan yuqori yonilg‘ida ishlaydi, yonilg‘i sarfi esa aralash siklda 100 km uchun 6,3 litrni tashkil qilishi, uni raqobatchilar orasida narx/sifat bo‘yicha yetakchilardan biriga aylantiradi.
Tiggo 2 Pro ichki jihozlanishi haydovchi va yo‘lovchilarga qulaylik yaratishga qaratilgan. Isitiladigan ekocharm bilan qoplangan o‘rindiqlar, yumshoq bezak elementlari va qurilmalar panelining ergonomik dizayni uzoq safarlarda ham qulaylik yaratadi. Apple CarPlay va Android Auto tizimida ishlaydigan 9 dyuymli ekran aloqada bo‘lish imkonini beradi. Krossoverda salonga kalitsiz kirish va dvigatelni tugma bilan ishga tushirish funksiyasi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Tiggo 2 Pro old va yon xavfsizlik yostiqchalari, ISOFIX mahkamlash tizimi va har qanday sharoitda safarni yoqimli o‘tkazish uchun iqlim-nazorat tizimi bilan jihozlangan.
Sotuvlar boshlanishida model mijozlarning qulaylik va funksionallik ehtiyojlariga to‘liq javob beradigan bitta komplektatsiyada mavjud bo‘ladi. Taqdimotda e’lon qilingan narx – 214 900 000 so‘m – avtomobilni o‘z turkumida ajoyib taklifga aylantiradi.
ADM Global va Chery brendi yangi Tiggo 2 Pro kompaniyaning O‘zbekiston bozoridagi ikki yillik tarixining muvaffaqiyatli davomi bo‘lishiga ishonadi.
HAM OʻQING
Chery TIGGO 7 avtomobillarining millioninchisi eksportga chiqarildi — kompaniyaning global miqyosdagi kengayishida yangi bosqich
2024 yil 1 noyabrda TIGGO model qatori uchun muhim bosqichga erishildi: Chery TIGGO 7 avtomobilining millioninchi avtomobili Xitoyning Uxu porti orqali jahon bozoriga yo‘l oldi.
Chery Tiggo 9 avtomobillarining xalqaro sammiti doirasida o‘tkazilgan krash-testi
20-oktabr kuni Xitoyning Uxan shahrida joylashgan Chery shtab-kvartirasida "Tiggo 9 Ultimate Safety Exploration Tour" nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kompaniyaning xorijiy xodimlari, dilerlar, yetakchi OAV vakillari, global KOC ishtirokchilari va O‘zbekistondagi Chery...
Kelajak uchun texnologiyalar: Chery 2024 Global innovatsion konferensiyasining tantanali ochilish marosimi qanday bo‘lib o‘tdi
2024-yil oktabr oyida Xitoyning Uxu shahrida "Kelajak uchun texnologiyalar" shiori ostida Chery 2024 Global innovatsion konferensiyasi (CGIC)ning ochilishi bo‘lib o‘tdi.
TEST DRIVE UCHUN RO‘YXATDAN O'TISH
Eng yaqin vakolatli dilerda test drive'ga yoziling