Chery brendi avtomobillari sotuvining dekabr oyi natijalari hamda 2024-yilning umumiy yakunlari
2024-yil O‘zbekistonda Chery brendi uchun muhim yil bo‘lib, avtomobil ishqibozlari o‘rtasida yuqori darajadagi ishonch va talab mavjudligini tasdiqladi. Sotuvlarning barqaror o‘sishi, bozorda ishtirok etish geografiyasining kengayishi va undagi mavqeining mustahkamlanishi, rasmiy distribyutor – ADM Global kompaniyalar guruhining muvaffaqiyatli faoliyati natijasidir.

2024-yil O‘zbekistonda Chery brendi uchun muhim yil bo‘lib, avtomobil ishqibozlari o‘rtasida yuqori darajadagi ishonch va talab mavjudligini tasdiqladi. Sotuvlarning barqaror o‘sishi, bozorda ishtirok etish geografiyasining kengayishi va undagi mavqeining mustahkamlanishi, rasmiy distribyutor – ADM Global kompaniyalar guruhining muvaffaqiyatli faoliyati natijasidir.
2024-yil dekabr oyi: sotuv bo ‘yicha natijalari va yetakchilari

2024-yil dekabr oyida Chery brendi 828 dona avtomobillari sotuvlarini amalga oshirib, ishonchli talab mavjudligini namoyish etdi.
Arrizo 6 Pro 561 dona avtomobillar sotuvi bilan mutlaq yetakchiga aylandi va umumiy hajmning 67,8 foizini tashkil qildi. Ikkinchi o‘rinda – Tiggo 7 Pro, mazkur avtomobil 239 nafar xaridorlar (29,9 foiz) tomonidan tanlangan. Tiggo 8 Pro uchlikni (shu jumladan Pro Max modifikatsiyasi) 28 dona sotilgan avtomobillari (3,4 foiz) bilan yakunladi.
Mazkur natijalar Chery modellari qatorining turli toifadagi mijozlar uchun jozibadorligini tasdiqladi.
Dekabr oyida sotuv geografiyasi

Toshkent shahri dekabr oyidagi sotuvlar hajmidagi 26,93 foiz ulushi bilan brend uchun asosiy bozorga aylandi. Boshqa hududlar quyidagi tartibda joylashdi:
- Buxoro viloyati – 13,29 foiz;
- Samarqand viloyati – 12,2 foiz;
- Qashqadaryo viloyati – 8,45 foiz;
- Navoiy viloyati – 7,61 foiz;
- Qolgan hududlar – 31,52 foiz.
Chery turli toifadagi mijozlarni jalb qiladi:
Gender taqsimoti bo‘yicha: xaridorlarning 73,4 foizi erkaklar, 26,6 foizini esa ayollar tashlik qildi.
Yoshi bo‘yicha: mijozlarning 71,7 foizi 35 yoshdan katta, 26,6 foizi 35 yoshdan kichik bo‘ldi.
2024-yil natijalari

Yil davomida Chery keng jamoatchilik tomonidan qabul qilingan sifatli avtomobillarni taklif qilish orqali o‘z o‘rnini mustahkamlab bordi. Tiggo 7 Pro modeli 3484 dona sotilgan avtomobillari (yillik sotuv hajmining 46,3 foizi) bilan bestsellerga aylandi. Ikkinchi o‘rinni 3307 dona (44 foiz) avtomobillari bilan Arrizo 6 Pro egalladi. Tiggo 8 Pro (shu jumladan Pro Max) 727 dona avtomobillari sotilishi (9,7 foiz) evaziga uchinchi o‘rinni egalladi.
2024-yilning geografik natijalari

Yil yakuniga ko‘ra, Toshkent sotuv bo‘yicha yetakchiga aylandi – 35,58 foiz.
Buxoro viloyati – 13,33 foiz;
Samarqand viloyati – 9,68 foiz;
Qashqadaryo viloyati – 7,89 foiz;
Navoiy viloyati – 6,73 foiz;
Qolgan hududlar yillik hajmning 26,79 foizini tashkil qildi.
Gender taqsimoti bo‘yicha: avtomobillarning 71 foizini erkaklar, 29 foizini esa ayollar sotib oldi. Yoshi bo‘yicha: xaridorlarning 73,4 foizini 35 yoshdan katta, 26,6 foizini esa 35 yoshdan kichik bo‘lgan mijozlar tashkil etdi.

2024-yil Chery uchun o‘sish va e’tirof yili bo‘ldi. Brend avtomobillarining sifati, ishonchliligi va ommabopligi O‘zbekiston bozorida o‘z mavqeini mustahkamlashga imkon berdi. 2025-yilda Chery zamonaviy avtomobil egalarining ehtiyojlarini qondirishga e’tiborini qaratgan holda o‘z mijozlarini innovatsiyalar va yangi modellar bilan xursand qilishda davom etadi. Brend o‘z qadriyatlariga sodiq qoladi va har bir mijozga qulaylik va ishonchni doimo tuhfa etishga intiladi.

HAM OʻQING

Chery Tiggo 9 global krash-testi: xavfsizlik uch tomonlama murakkab to‘qnashuv orqali tekshirildi.
2026-yil aprel oyida Uxu shahrida Chery xalqaro biznes sammiti doirasida Tiggo 9 flagman krossoverining uchta avtomobil ishtirokida ommaviy krash-testi bo'lib o'tdi.

Oilaviy mobillikning yangi davri: CHERY TIGGO V 2026-yilgi Auto China ko‘rgazmasida ilk bor namoyish etildi
24-aprel kuni Pekinda "Auto China 2026" 18-xalqaro avtosaloni ochildi. CHERY asosiy yangiliklardan biri – TIGGO V’ni taqdim etdi.

Butun dunyo bo‘ylab 19 million foydalanuvchi: CHERY’ning rekord darajadagi savdolari Auto China 2026 arafasida bozorni o‘zgartirib bormoqda
2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, CHERY jahon bozorida barqaror o‘sishni namoyish etishda davom etmoqda.
