CHERY ARRIZO 6 PRO J.D. Power REYTINGIDA BIRINCHI O'RINNI EGALLADI
Yaqinda dunyoga mashhur J.D. Power konsalting kompaniyasi APEAL 2022 avtomobil brendlarining ishonchliligi reytingini nashr qildi, unda Chery brendi o'tgan yilga nisbatan 8 pog'onaga ko'tarilib, global avtomobil ishlab chiqaruvchilar orasida 15-o'rinni egalladi. Xususan, ARRIZO 6 PRO o'rta toifadagi avtomobillar orasida birinchi, TIGGO 8 PRO MAX esa krossoverlar klassida ikkinchi o'ringa sazovor bo‘ldi.

China Automotive Performancening Execution and Layout (APEAL) tadqiqotida transport vositalari sohiblarining mahsulotning jozibadorligi va avtomobildan qoniqish haqidagi tasavvurlari 37 parametr bo'yicha o'rganiladi, ular quyidagi xususiyatlarni o'z ichiga oladi: eksteryeri va interyeri, o'tirishning qulayligi, salonning ergonomikasi, texnik xususiyatlari, avtomobilni boshqarish qulayligi, yoqilg'i sarfi va hokazolar.

ARRIZO 6 PRO o'rta o'lchamli bazaviy avtomobillar orasida birinchi o'rinda turadi
"Brilliant"li radiator panjarasi, yorug’likdiodli faralar, shuningdek, orqa chiroqlar bilan xromlangan yon bezaklarning uyg’unligi tufayli ARRIZO 6 PRO turli: yoshlardan tortib ulug‘ yoshlilargacha, klassika ixlosmanlaridan tortib, to modernistlargacha bo'lgan guruhlar uchun juda jozibador bo'lib chiqdi.
Optsiyalarga kelsak, ARRIZO 6 PRO ACC (adaptiv kruiz-nazorati), EPB (elektron to'xtab turish tormozi) va ABS (blokirovkaga qarshi tormoz tizimi)ni o'z ichiga olgan intellektual faol xavfsizlik tizimlari guruhi bilan jihozlangan. Bundan tashqari, APPLE CARPLAY va ANDROID AUTO mobil telefon integratsiyasi tizimi ham mavjud. Shuningdek, dvigatelni masofadan ishga tushirish, simsiz zaryadlash va qishki to'plam ham mavjuddir. Bu avtomobildan foydalanishni qulay va soddaga aylantiradi

TIGGO 8 PRO MAX o'rta o'lchamli krossoverlar toifasida 2-o'rinni egalladi
Kuchli raqobat mavjud bo‘lgan segmentda, TIGGO 8 PRO MAX ko'plab kuchli raqobatchilarni ortda qoldirib 748 ball bilan ikkinchi o'rinni egalladi.
TIGGO 8 PRO MAXga o'rnatilgan dvigatel "China Best Ten Engine" toifasida g'olib chiqdi, shuningdek, dinamika, quvvatlilik, yoqilg'i tejamkorligi toifalarida eng yaxshi deb to'pildi. G'olib dvigatelning quvvati 187 kVt, aylantirish momenti 390 Nm teng bo‘lib, bu TIGGO 8 PRO MAXdagi 7,3 soniyada 0 dan 100 km/soatgacha tezlashuv dinamikasini ta'minlaydi. Shu bilan birga, yoqilg'i sarfi 100 km ga atigi 7,3 l ni tashkil etadi. Bunda, TIGGO 8 PRO MAX, gabarit o‘lchamlari 4722mm x1860mm x1705mm bo'lgan katta kuzovga ega bo'lib, 5+2 yo'lovchi uchun qulay joylashuvni ta'minlaydi. Bundan tashqari, 8 karnayli SONY audio tizimi, aqlni oluvchi 24,6 dyuymli displey, rul osti almashtirgichlar, intellektual yordam tizimlari tufayli avtomobil haydovchi va yo'lovchilarga yuqori darajadagi komfortni va foydalanishdagi qulaylikni ta'minlaydi.

ARRIZO va TIGGOning ikki asosiy modellarining J.D. Powerning APEAL reytingidagi salmoqli yutuqlari, Chery kompaniyasining o'z modellarining sifati va texnologik tomondan yetukligini oshirish bo‘yicha strategiyasi to‘g‘rigini tasdiqlaydi.

Chery Uzbekistanning rasmiy sahifalarida yangiliklar yuzasidan e’lonlarni kuzatib boring
Sayt https://cheryauto.uz
Instagram https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/
Telegram https://t.me/cheryuzbekistan
ЧИТАЙТЕ ТАКЖЕ

Chery uchinchi avlod PHEV texnologiyasi tufayli Shanxay shahrida o’tkazilgan “Shanghai Auto Show” avtomobil ko'rgazmasida yangi bosqichga ko'tarilmoqdi
18 aprel kuni Shanxay milliy ko'rgazma markazida 20-chi Shanxay xalqaro avtomobil sanoati ko'rgazmasining tantanali ochilishi bo'lib o'tdi. Dunyodagi eng yirik va eng nufuzli A toifali xalqaro avtosalonda, Chery o'zining uchinchi avlod PHEV texnologiyasini taqdim etdi va...

Chery - O'zbekiston avtomobil bozorini zabt etayotgan avtomobil brendi.
O'tgan yilning oktyabr oyida Xitoyning Chery avtomobil brendi avtomobillarni sotishni boshladi. Krossoverlar toifasidan uchta model taqdim etildi: Tiggo 7 Pro, Tiggo 8 Pro va Tiggo 8 Pro Max. Mazkur avtomobillarning o'ziga xos boshqalardan ajratib turuvchi xususiyatlari,...

CHERY QATORASIGA IKKINCHI YIL J. D. POWER XARIDLARDAN QONIQISH REYTINGIDAN JOY OLDI
Dunyoga mashhur J.D.Power konsalting va tadqiqot agentligi tomonidan e'lon qilingan 2022-yilgi Xitoyda avtomobil xaridlardan qoniqish indeksi (SSI) so'roviga ko'ra, CHERY yana Xitoy avtomobil kompaniyalari orasida ikkinchi o'rinni egalladi.
TEST DRIVE UCHUN RO‘YXATDAN O'TISH
Eng yaqin vakolatli dilerda test drive'ga yoziling