Chery brendi avtomobil egalari bilan Samarqandga sayohat uyushtirdi.
Chery o‘tgan dam olish kunlarida brendning barcha avtomobillari modellari egalarini yirik tadbirda jamladi

Chery o‘tgan dam olish kunlarida brendning barcha avtomobillari modellari egalarini yirik tadbirda jamladi, avtokarvonda Arrizo 6 Pro sedanidan Tiggo 7 Pro va Tiggo 8 Pro | Max krossoverlarigacha ishtirok etdi. Ushbu karvon ishtirokchilari O‘zbekistonning turli hududlarida istiqomat qiladi va ular brend ishtiyoqmandlarining do‘stona hajmamiyatini shakllantirish hamda mustahkamlashga xizmat qiladi.

Chery avtomashinalarining katta karvoni Toshkent–Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab harakatlandi, uning uzunligi 300 kilometrni tashkil etdi. Chery avtomobillarining 100 ga yaqin egalari sayohatda ishtirok etib, o‘z avtomobillarining imkoniyatlarini yana bir bor sinab ko‘rdi.

Mijozlar belgilangan masofani bosib o‘tish orqali avtomobilning imkoniyatlarini to‘liq baholashi mumkin edi. Ko‘pgina xaridorlar mashina murakkab ob-havo sharoitida ham yo‘l yuzida erkin harakatlanishiga guvoh bo‘ldi, shuningdek, yana boshqa qulayliklarni sinab ko‘rdi.

Tadbir Samarqand shahridagi «Boqiy shahar» majmuasida yakunlandi, u yerda mehmonlarni milliy tarixiy libos kiygan posbonlar kutib olib, bayramga sharqona fayz qo‘shdi. Musobaqa doirasida ishtirokchilar uchun «Abadiy shahar» majmuasi bo‘ylab qiziqarli kvest tashkil etildi, unda har bir ishtirokchi o‘zini haqiqiy sharqona muhitda his etdi, deyish mumkin.

Tadbir O‘zbekistondagi Chery brendi hamda «ADM GLOBAL» distribyutori tashabbusi bilan tashkil etilgan «With Chery With Love» loyihasi doirasida o‘tkazildi. «ADM GLOBAL» va Chery o‘z mijozlarini qo‘llab-quvvatlash va avtomobilь egalari orasidagi ishonch darajasini mustahkamlash maqsadida shu kabi tadbirlarga sarmoya kiritishda davom etmoqda.

«With Chery With Love» loyihasi uchrashuv, sarguzasht va tajriba almashish uchun noyob imkoniyatlarni taqdim etish maqsadida rivojlanadi, bu esa Chery kompaniyasi o‘z mijozlarining hayot sifatini yaxshilashiga sodiqligini isbotlaydi.
O‘zbekistondagi rasmiy dilerdan sotib olingan Chery avtomobillarining barcha egalari ushbu qiziqarli loyihaning bir qismi hisoblanadi.
HAM OʻQING

Chery Tiggo 9 global krash-testi: xavfsizlik uch tomonlama murakkab to‘qnashuv orqali tekshirildi.
2026-yil aprel oyida Uxu shahrida Chery xalqaro biznes sammiti doirasida Tiggo 9 flagman krossoverining uchta avtomobil ishtirokida ommaviy krash-testi bo'lib o'tdi.

Oilaviy mobillikning yangi davri: CHERY TIGGO V 2026-yilgi Auto China ko‘rgazmasida ilk bor namoyish etildi
24-aprel kuni Pekinda "Auto China 2026" 18-xalqaro avtosaloni ochildi. CHERY asosiy yangiliklardan biri – TIGGO V’ni taqdim etdi.

Butun dunyo bo‘ylab 19 million foydalanuvchi: CHERY’ning rekord darajadagi savdolari Auto China 2026 arafasida bozorni o‘zgartirib bormoqda
2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, CHERY jahon bozorida barqaror o‘sishni namoyish etishda davom etmoqda.
