Chery Beijing International Automotive Show va Chery Global Dealer Conference’da “Yangi energiya” mavzusida taqdim etiladi
2024-yil 25-30-aprel kunlari Beijing International Automotive Show va Chery Global Dealer Conference bo‘lib o‘tadi, unda Chery kompaniyasining yangi rivojlanish strategiyalari, yangi texnologiyalar va yangi modellar taqdim etiladi.
2024-yil 25-30-aprel kunlari Beijing International Automotive Show va Chery Global Dealer Conference bo‘lib o‘tadi, unda Chery kompaniyasining yangi rivojlanish strategiyalari, yangi texnologiyalar va yangi modellar taqdim etiladi.
Mazkur tadbirlarning asosiy mavzusi – “New Energy, New Eco, New Era” (“Yangi energiya, yangi ekologiya, yangi davr”). Tadbirlarda Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhining rasmiy vakillari ham ishtirok etadi.
Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida yangi davrni shakllantirishda yo‘lboshchi bo‘lgan Chery kompaniyasi, o‘n yildan ko‘proq vaqt oldin avtonom tarzda ultra yuqori unumdorlikka ega gibrid quvvat agregatlari va transmissiyalarni, shuningdek, gibrid va sof elektrda ishlovchi modellarni yaratish orqali yangi energiya yo‘liga kirishdi. Chery Automobile Xitoy avtomobillarining jozibadorligini va Xitoyning intellektuali ishlab chiqarishining murakkabligini global miqyosda ta’kidlab yangi energetika sektorida o‘zining strategik mavqeini izchil mustahkamlamoqda. Chery Beijing International Automotive Show’da o‘zining so‘nggi yutuqlarini taqdim etadi va bir vaqtning o‘zida Global Dealer Conference’ni o‘tkazadi. “New Energy, New Eco, New Era” (“Yangi energiya, yangi ekologiya, yangi davr”) mavzusi – nafaqat Chery kompaniyasining yangi energetika texnologiyalari sohasidagi innovatsiyalarini aks ettiribgina qolmay, balki avtomobilsozlik sanoatining kelajakdagi rivojlanish tendentsiyalari haqida ham chuqur tasavvur hosil qiladi.
Ma’lumot uchun. Yangi energiyada ishlovchi avtomobillar sanoati rivojlanib borayotgani sayin, texnologik innovatsiyalar, diversifikatsiyalangan energiya landshaftining rivojlanishi va doimiy ravishda o‘sib borayotgan bozorni egallash darajasi dunyoviy avtomobillar sektoridagi “yashil inqilob”ning katalizatori bo‘lmoqda. 2023-yilda yangi energiyada ishlovchi transport vositalarining global sotuvlari 14,653 million donaga yetdi, bu esa yiliga 35,4 foizga o‘sish sodir bo‘lganidan dalolat beradi. Prognozlar shuni ko‘rsatadiki, 2024-yilga kelib, yangi energiya bilan ishlaydigan avtomobillarning global sotuvlari 18 million donadan oshadi, yangi energiya bilan ishlaydigan avtomobillarning global joriy etilish darajasi esa hayratlanarli 46 foizga yetadi.
Chery brendi “Green Technology, Family, Companionship” (“Yashil texnologiyalar, oila, hamrohlik”) kontseptsiyasiga doimo amal qilib, “ekologik tozalik va past uglerodlilik”ni o‘zining muhim strategik yo‘nalishiga aylantirgan. Kompaniya barqaror rivojlanish texnologik yo‘nalishlarini doimiy ravishda o‘rganmoqda, butun ishlab chiqarish zanjiri va hayotiy tsikli uchun uglerod gazi chiqarilishini kamaytirish bo‘yicha rejalar ishlab chiqmoqda, QPower esa Cheryning kelajakdagi yashil ekotizimni yaratish haqidagi qarashlarini namoyish etib ishlab chiqarishda energiya sarfini kamaytirishga erishgan.
QPower – bu Chery 4.0 ning keng qamrovli arxitekturasi bo‘lib, 26 yillik quvvat agregatlari texnologiyalari to‘planishi va takomillashtirilishining cho‘qqisi hisoblanadi. QPower “strong and swift” (“kuchli va tezkor”), “efficient and green” (“samarali va ekologik toza”) “high-energy and intelligent” (“yuqori energiyali va intellektual”) kabi energiyaviy afzalliklarga ega bo‘lgan ICE (ichki yonish dvigateli), PHEV (qo‘shiluvchi elektromobilning gibridi), BEV (akkumulyatorli elektromobil) kabi asosiy energiya turlarini qamrab oladi. QPowerning texnologik ustunligi nafaqat Xitoy avtomobil sanoatida yetakchidir, balki global avtomobil sanoatida ham muhim afzalliklarga ega.
Chery kompaniyasining yangi energetika texnologiyalari sohasidagi yutuqlari nafaqat yuqori unumdorlikni ta’minlabgina qolmay, balki uning xavfsizlik sohasidagi chuqur texnik mahoratini ham ta’kidlaydi. Yuqori mahsuldorlikka va energiyaviy samaradorlikka asosiy e’tiborni qaratgan holda, Chery foydalanuvchilarga keng qamrovli xavfsizlik kafolatlarini taqdim etib, xavfsizlikka bo‘lgan sodiqni saqlab kelmoqdadir. Germaniya, Ispaniya, Fransiya va AQSH kabi yetakchi davlatlardan keltirilgan eng soʻnggi krash-testlar o‘tkazish uchun uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya “krash-testlar o‘tkazish bo‘yicha jahonning olti asosiy agentliklari”ning (CNCAP/ENCAP/ANCAP/JNCAP/IIHS/CIASI), shuningdek, butun dunyo bo‘ylab 80 dan ortiq xalqaro xavfsizlik normalari va standartlariga javob beradi. Cheryning energiyada ishlovchi yangi avtomobillari turli haydash stsenariylarida yo‘lovchilarni har tomonlama himoya qilishni ta’minlaydigan ilg‘or faol va passiv xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan avariya sinovlarida ajoyib natijalarni qayd ettilar. Bundan tashqari, Chery avtomobillari to‘qnashuv stsenariylarida jiddiy sinovlar va baholashlardan o‘tkazilib, avariya sodir bo‘lgan taqdirda yo‘lovchilarning maksimal xavfsizligini ta’minlash maqsadida kuzovining dizayni va xavfsizlik konfiguratsiyasini doimiy ravishda optimallashtirib boriladi.
“New Energy” (“Yangi energiya”) – bu nafaqat Chery avtomobillari uchun yo‘nalishdir, balki butun jahon avtomobil sanoati uchun kelajakka umumiy qarashdir. Aprel oyida bo‘lib o‘tadigan Beijing International Automotive Show va Chery Global Dealer Conference arafasida intiqlik bilan Chery modellari qatoridan yanada qiziqarli yangiliklarni kutmoqdamiz. Chery oldinga intilib, tadqiqot va ishlanmalarga investitsiyalarni ko‘paytirishni, doimiy innovatsiyalar kiritish va butun dunyo bo‘ylab iste’molchilarga yangi energiyada ishlaydigan yuqori sifatli, ekologik va intellektual avtomobillarini taklif qilish qaroriga sodiq qolgan.
HAM OʻQING
Chery TIGGO 7 avtomobillarining millioninchisi eksportga chiqarildi — kompaniyaning global miqyosdagi kengayishida yangi bosqich
2024 yil 1 noyabrda TIGGO model qatori uchun muhim bosqichga erishildi: Chery TIGGO 7 avtomobilining millioninchi avtomobili Xitoyning Uxu porti orqali jahon bozoriga yo‘l oldi.
Chery Tiggo 9 avtomobillarining xalqaro sammiti doirasida o‘tkazilgan krash-testi
20-oktabr kuni Xitoyning Uxan shahrida joylashgan Chery shtab-kvartirasida "Tiggo 9 Ultimate Safety Exploration Tour" nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kompaniyaning xorijiy xodimlari, dilerlar, yetakchi OAV vakillari, global KOC ishtirokchilari va O‘zbekistondagi Chery...
Kelajak uchun texnologiyalar: Chery 2024 Global innovatsion konferensiyasining tantanali ochilish marosimi qanday bo‘lib o‘tdi
2024-yil oktabr oyida Xitoyning Uxu shahrida "Kelajak uchun texnologiyalar" shiori ostida Chery 2024 Global innovatsion konferensiyasi (CGIC)ning ochilishi bo‘lib o‘tdi.
TEST DRIVE UCHUN RO‘YXATDAN O'TISH
Eng yaqin vakolatli dilerda test drive'ga yoziling