Cheryning Tiggo seriyali modellari: xavfsizlikning andozasidirlari
Cheryning Tiggo 8 va Tiggo 7 flagman avtomobil modellari kompaniyaning ilg‘or xavfsizlik tizimlari natijasida erishilgan xavfsizlikning yuqori darajasini namoyish ettilar.
Cheryning Tiggo 8 va Tiggo 7 flagman avtomobil modellari kompaniyaning ilg‘or xavfsizlik tizimlari natijasida erishilgan xavfsizlikning yuqori darajasini namoyish ettilar.
Tiggo 8 o‘zining innovatsion xavfsizlik funktsiyalari va muvaffaqiyatli sinov natijalari uchun C-NCAP tomonidan besh yulduzli xavfsizlik reytingiga sazovor bo‘ldi. Bu Tiggo 8’ning kuzovning ishonchli konstruktsiyasi, ilg‘or xavfsizlik texnologiyalari va to‘qnashuv paytidagi samarali himoya kabi ustun xususiyatlarga ega ekanligini tasdiqlab, iste’molchilar uchun haydashda xavfsizlikning yanada ortishini ta’minlaydi.
Tiggo 7 ham o‘zining mukammal xavfsizlik ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi. Misol uchun, standart komplektatsiyada yuqori tezlikda ma’lumotlarga ishlov berish va boshqaruv samaradorligini ta’minlovchi to‘rt yadroli ilg‘or protsessor bilan jihozlangan Bosch ESP 9.3 tizimi o‘rnatilgan. U keskin manyovrlarga zudlik bilan javob berib, haydovchiga avtomobilni boshqaruvni yo‘qotmaslikda yordam beradi va uning xavfsizlikka ishonchini oshiradi. Tiggo 7’ning kuzovi yuqori bardoshli po‘latdan, jumladan, qaynoq uslubda shtamplangan o‘ta bardoshli po‘latning bir necha qismlaridan iborat bo‘lib, bu konstruktsiyaning ishonchliligi va mustahkamligini ta’minlaydi. Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan – ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilayotgan Tiggo 7 Pro (Luxury va Premium) modeli quyidagi tizimlar bilan jihozlangan: immobilayzer – o‘g‘rlikka qarshi elektron qurilma, ortni ko‘rish kamerasi (dinamik belgi liniyalari bilan), orqa parkovka datchiklari, shinalardagi bosimni va haroratni nazorat qilish tizimi (TMPS), blokirovkaga qarshi tormoz tizimi (ABS), kurs muvozanatini barqarorlash dasturi (ESP), tormoz kuchlarini elektron tartibga solinishi (EBD), qiyalikka qo‘zg‘alishda yordam tizimi (HAC), qiyalikdan tushishda yordam tizimi (HDC), haydovchi va old yo‘lovchi uchun xavfsizlik yostiqchalari, bolalar tomonidan ochilishiga qarshi orqa eshiklarning mexanik blokirovkasi, qorong‘uda haydashda faralarning avtomatik yonishi (yorug‘lik datchigi), belgilangan tezlikni oshirishdagi ogohlantirish, old yon xavfsizlik yostiqchalari, xavfsizlik pardachalari (Tiggo 7 Pro Premium’da), 360° aylanasiga ko‘rish tizimi (Tiggo 7 Pro Premium’da). Ushbu funktsiyalar haydash, manyovr qilish yoki to‘xtash vaqtida haydovchining ishonchini oshirib keng qamrovli xavfsizlikni ta’minlaydilar.
Chery ilg‘or texnologiyalarni ilgari surish va qat’iy xavfsizlik standartlarini qo‘llab-quvvatlash orqali mijozlarning ehtiyojlarini butun dunyo bo‘ylab qondirishga intilishda davom etmoqda. Erishilgan mukofotlar Cheryning xavfsizlik sohasidagi innovatsiyalarga bo‘lgan doimiy sodiqligini aks ettiradi. Xavfsizlik bu – mijozlar uchun eng muhim jihatdir, shuning uchun Chery avtomobillarni loyihalashtirilishi va ishlab chiqariilishida ahamiyatni ustuvor ravishda unga qaratadi. Ilg‘or texnologiyalarni uzluksiz tatbiq etish va sifatning qat’iy nazorati natijasidai Chery kompaniyasi, nafaqat xavfsizlik bo‘yicha ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan, iste’molchilar hamda mutaxassislar tomonidan e’tirof etilgan Tiggo 8 va Tiggo 7 kabi modellarni yaratishga erishdi. Ishlab chiqaruvchi ham O‘zbekistondagi, ham butun dunyodagi mijozlari uchun yanada xavfsiz va ishonchli bo‘lgan avtomobillarni ishlab chiqarilishini ta’minlash maqsadida xavfsizlik tizimlarini takomillashtirish va innovatsiyalarni joriy etish faoliyatini davom ettirmoqda.
Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi, xavfsizlik – bu avtomobil tanlashdagi eng muhim jihatlardan biri ekanligni eslatib o‘tadi. Chery avtomobilini xarid qilinishi nafaqat zamonaviy texnologiyalar va sayohat paytidagi qulayliklarni ta’minlanishining, balki yo‘ldagi yuqori darajadagi xavfsizlik garovidir. Chery avtomobillarining har bir modeli haydovchilarga zamonaviy yechimlar va yo‘ldagi qulayliklarni taqdim etish orqali kompaniyaning doimiy rivojlanish va takomillashishga bo‘lgan intilishini aks ettiradi. Mazkur kelajakka bo‘lgan intilishning qismiga aylanish va Chery avtomobili bilan yangilik ruhini his qilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.
O‘zbekistondagi xususiy investitsiyalar hisobidan barpo etilgan ilk avtomobil zavod bo‘lmish – ADM Jizzakh zavodida ishlab chiqarilishi amalga oshirilgan, ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan O‘zbekistonda taqdim etilayotgan Chery avtomobillarining xarakteristikalari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.
HAM OʻQING
Chery brendi O‘zbekistonda ikki yilligini nishonladi: yangi Tiggo 2 Pro modeli taqdimoti va dilerlik konferensiyasi
O‘zbekiston bozorida Chery brendining ikki yilligi munosabati bilan ADM Global kompaniyalar guruhi keng miqyosli dilerlik konferensiyasini o‘tkazdi, uning asosiy voqeasi sifatida yangi Chery Tiggo 2 Pro krossoveri taqdimoti bo‘ldi. Ushbu model zamonaviy dizayn, texnologiya va...
Chery TIGGO 7 avtomobillarining millioninchisi eksportga chiqarildi — kompaniyaning global miqyosdagi kengayishida yangi bosqich
2024 yil 1 noyabrda TIGGO model qatori uchun muhim bosqichga erishildi: Chery TIGGO 7 avtomobilining millioninchi avtomobili Xitoyning Uxu porti orqali jahon bozoriga yo‘l oldi.
Chery Tiggo 9 avtomobillarining xalqaro sammiti doirasida o‘tkazilgan krash-testi
20-oktabr kuni Xitoyning Uxan shahrida joylashgan Chery shtab-kvartirasida "Tiggo 9 Ultimate Safety Exploration Tour" nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kompaniyaning xorijiy xodimlari, dilerlar, yetakchi OAV vakillari, global KOC ishtirokchilari va O‘zbekistondagi Chery...
TEST DRIVE UCHUN RO‘YXATDAN O'TISH
Eng yaqin vakolatli dilerda test drive'ga yoziling