TIGGO 8 PRO MAX 2024
HASHAMATLI YETTI O‘RINDIQLI PREMIUM TOIFADAGI KROSSOVER

 

480 900 000 so'mdan*
TIGGO 8 PRO MAX 2024
TIGGO 8 PRO 2024
ZAMONAVIY QULAYLIK DARAJASIGA EGA KROSSOVER

 

417 900 000 so'mdan*
TIGGO 8 PRO 2024
TIGGO 7 PRO MAX 2024
HAR QANDAY YO'LDA QULAYLIK VA ISHONCHNI QADIRLAYADIGAN OILA UCHUN IDEAL TANLOV

 

364 900 000 so'm*
TIGGO 7 PRO MAX 2024
TIGGO 7 PRO 2024
OILAVIY KROSSOVER

 

311 900 000 so'mdan*
TIGGO 7 PRO 2024
ARRIZO 6 PRO 2024
"C" SINFDAGI SHAHAR SEDANI

 

254 900 000 so'mdan
244 900 000 so'mdan*
ARRIZO 6 PRO 2024
TIGGO 8 PRO MAX
HASHAMATLI YETTI O‘RINDIQLI PREMIUM TOIFADAGI KROSSOVER

 

430 900 000 so'mdan*
TIGGO 8 PRO MAX
TIGGO 8 PRO
NEW CITY ELITE

 

407 900 000 so'mdan
387 900 000 so'mdan*
TIGGO 8 PRO
TIGGO 7 PRO
OILAVIY KROSSOVER

 

291 900 000 so'mdan*
TIGGO 7 PRO
ARRIZO 6 PRO
ZAMONAVIY SHAHAR SEDANI

 

264 900 000 so'mdan*
ARRIZO 6 PRO
27.04.2024

Chery avtomobillar ishlab chiqaruvchisi va Aimoga kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik: aqlli robotlarning yangi davri

Boston Dynamics o‘zining mashhur Atlas ikki oyoqli robotini ishlab chiqarishni yakunladi. Ushbu yangilik texnologiya hamjamiyatining ham, jamoatchilikning ham e’tiborini jalb qilib, robototexnikaning kelajagi va uning rivojlanish yo‘nalishlari haqidagi savollarni tug‘dirdi. Gumanoid ko‘rinishidagi robototexnika sohasidagi peshqadam bo‘lgan Atlas, ajoyib mobilligi va dinamik muvozanatlash qobiliyati bilan mashhur bo‘lib, industriya uchun yuqori standartlarni o‘rnatib kelmoqda.

Chery avtomobillar ishlab chiqaruvchisi va Aimoga kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik: aqlli robotlarning yangi davri

Boston Dynamics o‘zining mashhur Atlas ikki oyoqli robotini ishlab chiqarishni yakunladi. Ushbu yangilik texnologiya hamjamiyatining ham, jamoatchilikning ham e’tiborini jalb qilib, robototexnikaning kelajagi va uning rivojlanish yo‘nalishlari haqidagi savollarni tug‘dirdi. Gumanoid ko‘rinishidagi robototexnika sohasidagi peshqadam bo‘lgan Atlas, ajoyib mobilligi va dinamik muvozanatlash qobiliyati bilan mashhur bo‘lib, industriya uchun yuqori standartlarni o‘rnatib kelmoqda. Uning faoliyati robot texnologiyalari sohasidagi tezkor rivojlanishning ifodasi bo‘lib, ushbu sohaning rivojlanib bormoqdaligini namoyish etadi. Mazkur rivojlanish faqat ikki oyoqli robotlar bilan cheklanib qolmay, turli xildag robotlarni ham o‘z ichiga oladi, bu esa sohaning istiqbolli va xilma-xil kelajagidan darakdir. Boshqa tomondan, Chery va Aimoga tomonidan yaratilgan, sun’iy intellektga ega bo‘lgan ikki oyoqli Mornine roboti, kompaniya rahbarlari uchun bo‘lib o‘tadigan anjumanda namoyish etilishga tayyorlanmoqda.

Mornine Atlasdan undagi gidravlik tizim o‘rniga elektr dvigatellari va akkumulyatorlardan foydalanilganligi bilan farqlanadi. Atlas murakkab hududlarda quvvat va samaradorlik jihatidan undan ustunlikka ega bo‘lsada, Mornine masshtablanish va tejamkorlik jihatlaridan ustundir, bu esa uni katta hajmda ishlab chiqarish va tijoratlashtirish uchun idealga aylantiradi. Mornine’ning biomimetik dizayni, realistik vizual va taktil effektlarni yaratish maqsadida silikonli biomimetik materialdan yasalgan insonnikiga o‘xshatilgan yuzga ega. Bundan tashqari, Mornine nutq, tabassum va boshqa imo-ishoralarni namoyish etib inson og‘iz va yuz mushaklarining harakatlariga taqlid qiladi.

Mornine, uning tizimi bilan integratsiyalangan va unga tilni tushunishga va generatsiyalashga imkon beruvchi tillarning ulkan modelini (LLM) o‘z ichiga oladi. Bu, Mornine insonning og‘zaki yoki yozma buyruqlarini aniq talqin qilib, ularni konkret harakatlarga aylantirishga qodir ekanligini anglatadi. Bundan tashqari, Chery’ning avtomobillar markalari va umuman soha haqida keng ma’lumotlarga ega bo‘lganligi sababli, Mornine ushbu tajribalarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Bu unga foydalanuvchilar bilan bemalol suhbatlashishga va avtomobilsozlik sohasidagi savollarga asoslangan javoblar berishga imkon beradi.

Mornine keng ko‘lamli dastur stsenariylarini qamrab oluvchi ko‘p qirralilik xususiyatiga ega. Ushbu robot mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yangi ekotizimida yetakchi bo‘lib, gumanoid ko‘rinishdagi robototexnikadagi yondashuvlarni o‘zgartirmoqda. Uning evolyutsiyasi uch bosqichdan o‘tib, ularning har birida texnologik o‘zgarishlar va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda yangi funktsiyalar qo‘shildi va qo‘llash imkoniyatlari kengaytirildi.

Rivojlanishning birinchi bosqichida Mornine ishonchli ma’lumot manbai va mahsulotlar bo‘yicha maslahatchi sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Masalan, avtosalonlarda yoki ko‘rgazma zallarida, u o‘z bilimlaridan xaridorlarga ularning savollariga aniq javoblar qaytarish, mahsulotlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berish va ovozli yoki ekranli interfeyslar orqali tavsiyalar berish uchun foydalanar edi. Bu xizmat ko‘rsatish samaradorligini va mijozlarning ehtiyojlarini qondirilishini sezilarli darajada yaxshiladi.

Rivojlanishning ikkinchi bosqichida Mornine vizual aniqlash va avtonom navigatsiya kabi ilg‘or xususiyatlarga ega bo‘ldi. Endi u mustaqil ravishda harkatlanish va mijozlarni yo‘naltirish, jismoniy vazifalarni namoyish etish va bajarish uchun o‘zining epchil robotlashtrilgan qo‘llaridan foydalanish hamda mahsulotlar bilan ishlashda yordam berishga qodir edi. Bu takomillashtirishlar uning insonlar bilan o‘zaro munosabatlariga yanada tabiiylik bag‘ishladi va xizmat ko‘rsatilish darajasini orttirdi.

O‘z rivojlanishining so‘nggi bosqichida Mornine uy ishlarida to‘liq yordamchiga aylanib, uyni parvarishlash uchun keng ko‘lamli xizmatlarni taklif etadi. U kundalik vazifalarni muvaffaqiyatli bajaradi, muhim voqealar va uchrashuvlar (Life Reminders) haqida eslatib turadi, sog‘lig‘ingiz holatini nazorat qiladi, keksalarga yordam beradi va bolalarga g‘amxo‘rlik qiladi. Shuningdek, u turli xil uy yumushlarining, shu jumladan tozalash va ovqat tayyorlashni bajarilishini o‘z zimmasiga oladi. Ushbu bosqichda Mornine, hayot sifatini yaxshilab va uy ishlarini yengillashtirib oilaning g‘amxo‘r a’zosiga aylanadi.

Robototexnika sanoatida robotlar odatda ikkita asosiy toifaga bo‘linadi: ba’zilari insonga taqlid qiluvchi imo-ishoralar va qo‘l harakatlari mujassam bo‘lgan yuqori darajadagi biomimikriyaga ega bo‘lib, biroq yura olmaydilar, boshqalarida esa yurish qobiliyati mavjud, biroq ularning biomimikriyasi ko‘pincha cheklangandir. Chery avtomobil ishlab chiqaruvchisi va Aimoga o‘rtasidagi hamkorlik natijasida yaratilgan Mornine ilg‘or yurish qobiliyatiga va yuqori darajadagi biomimikriyaga ega robotning namunasi sifatida ajralib turadi. Hozirda Mornine soatiga 4 kilometr tezlikka erisha oladi. Uning taqdimoti nafaqat tadqiqotchilar va ishlab chiquvchilar jamoasining fidoyi sa’y-harakatlarini, balki jamiyatdagi ishlab chiqarishning oshirishga va hayot sifatini yaxshilashga hissa qo‘shadigan muhim texnologik taraqqiyotni ham aks ettiradi.

Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi, Chery avtomobilini xarid qilinishi – bu shunchaki transport vositasini sotib olishgina emas, balki innovatsiyalar va ilg‘or texnologiyalar dunyosiga kirish ekanligni eslatib o‘tadi. Chery avtomobillarining har bir modeli haydovchilarga zamonaviy yechimlar va yo‘ldagi qulayliklarni taqdim etish orqali kompaniyaning doimiy rivojlanish va takomillashishga bo‘lgan intilishini aks ettiradi. Mazkur kelajakka bo‘lgan intilishning qismiga aylanish va Chery avtomobili bilan yangilik ruhini his qilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

O‘zbekistondagi xususiy investitsiyalar hisobidan barpo etilgan ilk avtomobil zavod bo‘lmish – ADM Jizzakh zavodida ishlab chiqarilishi amalga oshirilgan, ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan O‘zbekistonda taqdim etilayotgan Chery avtomobillarining xarakteristikalari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.

TEST DRIVE UCHUN RO‘YXATDAN O'TISH

Eng yaqin vakolatli dilerda test drive'ga yoziling