TIGGO 8 PRO MAX 2024
HASHAMATLI YETTI O‘RINDIQLI PREMIUM TOIFADAGI KROSSOVER

 

480 900 000 so'mdan*
TIGGO 8 PRO MAX 2024
TIGGO 8 PRO 2024
ZAMONAVIY QULAYLIK DARAJASIGA EGA KROSSOVER

 

417 900 000 so'mdan*
TIGGO 8 PRO 2024
TIGGO 7 PRO MAX 2024
HAR QANDAY YO'LDA QULAYLIK VA ISHONCHNI QADIRLAYADIGAN OILA UCHUN IDEAL TANLOV

 

364 900 000 so'm*
TIGGO 7 PRO MAX 2024
TIGGO 7 PRO 2024
OILAVIY KROSSOVER

 

311 900 000 so'mdan*
TIGGO 7 PRO 2024
ARRIZO 6 PRO 2024
"C" SINFDAGI SHAHAR SEDANI

 

254 900 000 so'mdan
244 900 000 so'mdan*
ARRIZO 6 PRO 2024
TIGGO 8 PRO MAX
HASHAMATLI YETTI O‘RINDIQLI PREMIUM TOIFADAGI KROSSOVER

 

430 900 000 so'mdan*
TIGGO 8 PRO MAX
TIGGO 8 PRO
NEW CITY ELITE

 

407 900 000 so'mdan
387 900 000 so'mdan*
TIGGO 8 PRO
TIGGO 7 PRO
OILAVIY KROSSOVER

 

291 900 000 so'mdan*
TIGGO 7 PRO
ARRIZO 6 PRO
ZAMONAVIY SHAHAR SEDANI

 

264 900 000 so'mdan*
ARRIZO 6 PRO
30.04.2024

“2024 Chery International Business Conference”: kelajak imkoniyatlarini kengaytirib, orzularimizga birgalikda erishamiz!

2024-yilning 30-aprel kuni Xitoyning Anxoy provinsiyasining Uxu shahrida “2024 Chery International Business Conference” anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Uxu munitsipal hokimiyati va Anxoy provinsiyasi hokimiyati rasmiylari, UNICEF’ning Xitoydagi bo‘linmasi, Nature-based Solutions (NbS) boshqaruv markazi vakillari, shuningdek, 2000 dan ortiq dilerlar vakillari ishtirok etdilar. “2024 Chery International Business Conference” anjumanida, shuningdek, Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutorlari bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhining rasmiy vakillari ham ishtirok etdilar.

“2024 Chery International Business Conference”: kelajak imkoniyatlarini kengaytirib, orzularimizga birgalikda erishamiz!

2024-yilning 30-aprel kuni Xitoyning Anxoy provinsiyasining Uxu shahrida “2024 Chery International Business Conference” anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Uxu munitsipal hokimiyati va Anxoy provinsiyasi hokimiyati rasmiylari, UNICEF’ning Xitoydagi bo‘linmasi, Nature-based Solutions (NbS) boshqaruv markazi vakillari, shuningdek, 2000 dan ortiq dilerlar vakillari ishtirok etdilar. “2024 Chery International Business Conference” anjumanida, shuningdek, Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutorlari bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhining rasmiy vakillari ham ishtirok etdilar.

2024-yilda Chery elektrlashtirish, ekologiklik va globallashuvning yangi to‘lqiniga yo‘naltirilganligini aniq ifoda etdi. U global foydalanuvchilar va butun dunyo bo‘ylab hamkorlari bilan umumiy qadriyatlarni yaratib va yutuqlarni baham ko‘rib birgalikda harakatlanishga tayyorligini ta’kidladi. Ushbu anjuman brendning innovatsion salohiyati va hamkorlik ruhini, ochiqlik tamoyili va global miqyosda o‘zaro manfaatli hamkorlikka intilish asosidagi avtomobil sanoatini rivojlantirilishida uning yetakchiligini namoyish etdi.

Chery Group direktorlar kengashi raisi janob In Tun’yue 2000 dan ortiq – mijozlar, ommaviy axborot vositalari va butun dunyo bo‘ylab hamkorlarning vakillari bo‘lgan mehmonlar bilan samimiy salomlashdi. U Chery’ning elektrlashtirish, intellectual texnologiyalar, past uglerodli ishlab chiqarish va globallashuvga qaratilgan yangi strategiyasi haqida gapirdi. 2023-yilda Chery rekord darajada 940 000 ta avtomobilni eksport qilib, Xitoyning eng yirik avtomobil eksportchisiga aylandi, bu esa uning jahon bozoridagi kuchli mavqeini tasdiqlaydi. Kelgusida kompaniya o‘z e’tiborini brendni mustahkamlash, multibrend portfelini kengaytirish, ilmiy-texnik innovatsiyalarga sarmoyalar kiritish, yangi energiya manbalari va intellektual aloqa sohalarida tadqiqotlar va ishlanmalar olib borish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratib, shu bilan birga o‘zining ijtimoiy majburiyatlarini ham bajarishdan to‘xtamaydi. Chery’ning maqsadi – “world-class green intelligent mobility technology company” (“ekologik toza intellektual mobil texnologiyalar ishlab chiqarish boʻyicha jahon darajasidagi kompaniya”)ga aylanishdir.

Uxu shahrining meri janob Syuy Chji va Anxoy provinsiyasining gubernatori janob Van Tsinsyan Chery’ning 27 yillik faoliyatini yuqori baholadilar. Ular kompaniyaning barqaror rivojlanish va ijtimoiy farovonlikka bo‘lgan intilishini ta’kidladilar. Hukumat vakillari qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga hamda Chery va uning global dilerlik tarmog‘ining rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.

O‘zining 20 yildan ortiq bo‘lgan global faoliyati davomida Chery barqaror rivojlanish tamoyillariga amal qilib, ESG-amaliyotlarni (Environmental, Social, Governance – Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) joriy etmoqda. Kompaniya jamiyat hayotida faol ishtirok etib, iqtisodiyot, bandlik, soliq tushumlari va o‘zi mavjud bo‘lgan barcha bozorlardagi farovonlikka hissasini qo‘shib kelmoqda. Chery International’ning ijrochi vitse-prezidenti janob Chjan Shenshan konferensiyada kompaniyaning 2023-yildagi “Public Welfare & ESG Practices” (“Ijtimoiy farovonlik va ESG-amaliyotlari”)ni taqdim etdi. Ularning orasida – xayriya jamg‘armasini tashkil etish, UNICEF (BMT huzuridagi favqulodda Bolalarga yordam ko‘rsatish xalqaro jamg‘armasi) va IUCN (Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi) kabi tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, shuningdek, butun dunyo bo‘ylab ijtimoiy farovonlik sohasidagi turli tadbirlarni amalga oshirish, ta’lim, tabiiy ofatlar va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi turli dasturlar mavjud. «With Chery With Love» (WCWL) platformasi doirasida Chery hamkorlar bilan birgalikda ta’lim dasturlariga va biologik xilma-xillikni tiklashga sarmoyalar kiritib, 21 mamlakatda loyihalarni amalga oshirmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar kompaniyaning korporativ ijtimoiy mas’uliyat va barqaror rivojlanish tamoyillariga bo‘lgan sodiqligini namoyish etadi.

Istiqbolda, Chery UNICEF va IUCN bilan hamkorlikni kengaytirishni davom ettiradi. Kompaniya UNICEF’ning “Global Education Thematic Programme” (“Global ta’lim tematik dasturi”)ni, jumladan Meksika, JAR, Turkiya va Xitoy davlatlarida qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek o‘zining ijobiy ta’sirini kengaytirib, Janubiy Afrika Respublikasida yovvoyi tabiatni muhofaza qilishga va Ispaniya va boshqa mamlakatlardagi dengiz ekotizimlarini saqlashga qaratilgan atrof-muhitni muhofaza qilish dasturlarini amalga oshiradi.

Chery ESG-amaliyotlarni, ayniqsa Evropa kabi yangi bozorlarga kirishda global bozorni kengaytirish strategiyasiga integratsiyalaydi. Ushbu yondashuvning asosida – jamiyatda uzoq muddatli ijobiy o‘zgarishlar sodir etuvchi ta’lim, atrof-muhitni muhofaza qilish va texnologik innovatsiyalarni o‘z ichiga olgan integratsiyalashgan barqaror ekotizimni yaratishga qaratilgan muvofiqlik, mukammallik va barqaror rivojlanish tamoyillari mujassamdir.

2023-yilda Chery UNICEF va IUCN bilan hamkorlik bitimini tuzdi va bir yilning davomida global ta’lim, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqa ijtimoiy tashabbuslarda ulkan yutuqlarga erishdi.

Konferensiyada Skytower Investments boshqaruv kengashi raisi janob Nil Bush, UNICEF’ning Xitoydagi vakili Amanda Bisseks xonim va Nature-based Solutions (NbS)ning rahbari Charlz Karangva so‘zga chiqib, Chery bilan hamkorliklari haqida gapirib berdilar. Bundan tashqari Chery, kompaniyaning global ekologik tashabbuslarini amalga oshirishda muhim qadam bo‘lgan “Water Resources and Marine Conservation – Cherish the Nature” (“Suv resurslari va dengiz muhitini muhofaza qilish – tabiatni asrang”) loyihasi ishga tushirilganini e’lon qildi.

Chery konferensiyada ESG-amaliyotlarini namoyish etishdan tashqari, yangi energiya manbalaridan foydalanish va texnologiyalarga sarmoyalar kiritish bo‘yicha kelajak strategiyalarini oshkor qildi. Chery Automobile Co. LTD ijrochi vitse-prezidenti doktor Gao Sinxua, Chery’ning yangi energetik strategiyasi, intellektual haydash va R&D (ITTKI – Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari)ga investitsiyalarga bag‘ishlangan texnik ma’ruzasi bilan chiqish qildi. Uning ta’kidlashicha, Chery 8 ta bozorlarning mahalliy ehtiyojlariga yo‘naltirilgan R&D markazlariga egadir. Kelgusi 5 yil ichida kompaniya jahon avtomobil sanoatining yetakchisiga aylanish maqsadida R&D ga 100 milliard yuan investitsiyalarni sarflashni, xalqaro mutaxassislar tarkibini kengaytirishni, laboratoriyalarning ilmiy-tadqiqot quvvatlarini kuchaytirishni va 500 dan ortiq muhim texnologiyalarni ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

Kelgusi besh yil ichida barqaror rivojlanishni ta’minlash maqsadida Chery kelajak uchun strategik rejasini e’lon qildi. Chery International’ning prezidenti janob Chjan Guybin “Co-create the New Era” ("Yangi davrni birgalikda yaratish") mavzusida dasturiy nutq soʻzladi. U, avtomobil sanoatining kelajakdagi biznes modeli “70 foiz avtomobillar sotuvlari + 30 foiz avtomobil ekotizimlari xizmatlari” kompleks modeliga aylanishini, bu esa narx, mahsulot va brendning an’anaviy raqobatidan, ekodizim markaz sifatida gavdalanuvchi yangi jang maydoniga o‘tishini anglatadi deb ta’kidladi. Ushbu o‘zgarishlarga javoban, Chery e’tiborni ESG mas’uliyati va barqaror rivojlanishni kuchaytirishga, iste’dodlarni tarbiyalashga va innovatsion kadrlar zaxirasini shakllantirishga, yangi avtomobil ekotizimini yaratishda faol ishtirok etishga qaratdi. Ushbu tashabbuslar seriyasi nafaqat Chery’ning bozordagi raqobatbardoshligini oshirishga, balki uzoq muddatli barqaror rivojlanishga va global avtomobil ekotizimidagi ijobiy o‘zgarishlarga ham qaratilgandir.

Oldinga intilib, Chery global hamkorlar bilan birgalikda ishlab avtomobil sektorini yanada ekologik, aqlli va barqaror kelajakka olib chiqish uchun ochiqlik, hamkorlik va hamjihatlik tamoyillariga sodiqligini saqlab qolmoqda.

Konferensiyada Chery kompaniyasining birinchi uchar likobcha shaklidagi uchuvchisiz qurilmasi, mustaqil ishlab chiqilgan to‘rt oyoqli ko‘ngilxushliklar uchun roboti va dunyodagi birinchi ikki oyoqli xizmat robotining namoyishi o‘tkazildi. Kelajakda ushbu robotlar Chery shourumlari, do‘konlar, supermarketlar va hatto foydalanuvchilarning uylarida ham qulaylik va samaradorlikni ta’minlab iste’molchilarga xizmat qiladilar.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Chery o‘zining global hamkorlari bilan birgalikda ishlab texnologik innovatsiyalar va ESG-amaliyotlarga intilish yo‘lida davom etadi. Ular birgalikda nafaqat foydalanuvchilarning talablarini oshirib bajarishga, balki sayyoramizning barqaror rivojlanishiga ham o‘z hissalarini qo‘shishni maqsad qilganlar. Chery jahon darajasidagi yangi davr uchun ekologik toza va intellektual mobill texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi kompaniyaga aylanishga intilmoqda.

O‘zbekistonda xususiy investitsiyalar hisobiga qurilgan ilk avtomobil zavod bo‘lgan – ADM Jizzakh zavodida ishlab chiqarilayotgan ADM Global kompaniyalari guruhi tomonidan O‘zbekistonda taqdim etilayotgan Chery avtomobillarining xarakteristikalari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.

TEST DRIVE UCHUN RO‘YXATDAN O'TISH

Eng yaqin vakolatli dilerda test drive'ga yoziling