TIGGO 8 PRO MAX 2024
HASHAMATLI YETTI O‘RINDIQLI PREMIUM TOIFADAGI KROSSOVER

 

480 900 000 so'mdan*
TIGGO 8 PRO MAX 2024
TIGGO 8 PRO 2024
ZAMONAVIY QULAYLIK DARAJASIGA EGA KROSSOVER

 

417 900 000 so'mdan*
TIGGO 8 PRO 2024
TIGGO 7 PRO MAX 2024
HAR QANDAY YO'LDA QULAYLIK VA ISHONCHNI QADIRLAYADIGAN OILA UCHUN IDEAL TANLOV

 

364 900 000 so'm*
TIGGO 7 PRO MAX 2024
TIGGO 7 PRO 2024
OILAVIY KROSSOVER

 

311 900 000 so'mdan*
TIGGO 7 PRO 2024
ARRIZO 6 PRO 2024
"C" SINFDAGI SHAHAR SEDANI

 

254 900 000 so'mdan
244 900 000 so'mdan*
ARRIZO 6 PRO 2024
TIGGO 8 PRO MAX
HASHAMATLI YETTI O‘RINDIQLI PREMIUM TOIFADAGI KROSSOVER

 

430 900 000 so'mdan*
TIGGO 8 PRO MAX
TIGGO 8 PRO
NEW CITY ELITE

 

407 900 000 so'mdan
387 900 000 so'mdan*
TIGGO 8 PRO
TIGGO 7 PRO
OILAVIY KROSSOVER

 

291 900 000 so'mdan*
TIGGO 7 PRO
ARRIZO 6 PRO
ZAMONAVIY SHAHAR SEDANI

 

264 900 000 so'mdan*
ARRIZO 6 PRO
12.06.2024

CHERY Tiggo 8 Pro Max besh yulduzli xavfsizlik reytingiga va ta’sirchan xususiyatlarga ega bo‘ldi

Yangi CHERY Tiggo 8 Pro Max krossoveri Avstraliya-Osiyo yangi avtomobillarni baholash va nazorat qilish dasturi (ANCAP SAFETY)ning versiyasi bo‘yicha eng yuqori besh yulduzli xavfsizlik bahosini qo‘lga kiritdi. Bu, qat’iy krash-testlarda model ajoyib natijalarga erisha olganini anglatadi.

CHERY Tiggo 8 Pro Max besh yulduzli xavfsizlik reytingiga va ta’sirchan xususiyatlarga ega bo‘ldi

Yangi CHERY Tiggo 8 Pro Max krossoveri Avstraliya-Osiyo yangi avtomobillarni baholash va nazorat qilish dasturi (ANCAP SAFETY)ning versiyasi bo‘yicha eng yuqori besh yulduzli xavfsizlik bahosini qo‘lga kiritdi. Bu, qat’iy krash-testlarda model ajoyib natijalarga erisha olganini anglatadi. CHERY’ning ishlab chiquvchilari ushbu avtomobilni yaratishda xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratganlar. Loyihalashtirilishi, sinovlardan o‘tkazilishi va ishlab chiqarish jarayonlariga qaratilgan alohida e’tibor tufayli yangi yo‘ltanlamas avtomobil o‘z sinfida yangi xavfsizlik standartini o‘rnata oldi. Konstruktsiyasining har bir elementi haydovchi va yo‘lovchilar iloji boricha xavfsiz va qulay sayohat qilishlari uchun mo‘ljallangan.

Tiggo 8 Pro Max’ni ishlab chiqishda xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. CHERY’ning muhandislari diqqat bilan xalqaro standartlarni o‘rganib chiqib, eng zamonaviy passiv va faol xavfsizlik texnologiyalarni modelga joriy etganlar. Passiv xavfsizlikka kelsak, avtomobilning kuzovi yuqori mustahkamlikka ega po‘latdan foydalangan holda T1X platformasi asosida qurilgan. Kuzovning 60 foizdan ortiq qismi mustahkam po‘latdan yasalgan, asosiy zonalarda esa Benteler o‘ta mustahkam termo uslubida shakllantirilgan po‘lat qo‘llanilgan. Bu konstruktsiyaga yuqori qat’iylik bag‘ishlab, avtohalokat sodir bo‘lgan taqdirda yo‘lovchilar saloninining ishonchli himoya qilinishi imkonini yaratadi.

Tiggo 8 Pro Max ikkinchi bosqichdagi Advanced Driver Assistance Systems (ADAS) zamonaviy faol xavfsizlik tizimlarining butun majmuasi bilan jihozlangan. Ushbu texnologiyalar haydovchiga avtomobilni xavfsizroq va qulayroq boshqarishga yordam beradi.

Masalan, adaptiv kruiz nazorati tizimi (Adaptive Cruise Control) avtomatik ravishda oldinga ketayotgan avtomobilga bo‘lgan xavfsiz masofani saqlaydi. U Tiggo 8 Pro Max tezligini yo‘ldagi vaziyatga ko‘ra to to‘liq to‘xtashgacha qadar boshqarib boradi.

Ko‘rinmas zonalarni aniqlash funktsiyasi (Blind Spot Detection) avtomobilning orqa va yon tomonlaridagi hududlarni nazorat qilish maqsadida radar datchiklaridan foydalanadi. U hatto yomon ob-havo sharoitlarida ham ushbu ko‘rish zonalarida, boshqa transport vositalarining mavjudligi to‘g‘risida haydovchini ogohlantiradi.

Frontal to‘qnashuv haqida ogohlantirish tizimi (Forward Collision Warning) oldinga harakatlanayotgan mashinalarning joylashuvi va tezligini doimiy ravishda kuzatib boradi. U haydovchiga chora ko‘rishga ulgurishi uchun to‘qnashuv ehtimoli haqida o‘z vaqtida xabar beradi.

Bundan tashqari, Tiggo 8 Pro Max eshiklarni ochishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan to‘qnashuv haqida ogohlantirishi mumkin (Door Open Warning), bu kundalik foydalanish jarayonida qo‘shimcha himoyani ta’minlaydi.

Avtomobil faralarni boshqarish intellektual tizimi (Intelligent Headlamp Control) bilan ham jihozlangan. U optimal ko‘rish imkonini ta’minlab, yo‘l sharoitiga qarab uzoq va yaqin yoritilish rejimlarini avtomatik ravishda o‘zgartiradi.

Va nihoyat, avtonom favqulodda tormozlanish tizimi (Autonomous Emergency Braking (AEB)) old tomonda harakatlanayotgan mashinalar va piyodalarga bo‘lgan masofani kuzatish uchun radardan foydalanadi. Agar to‘qnashuv xavfi mavjud bo‘lsa, tizim haydovchi harakat qilgunga qadar tezroq tormozlanishga qodirdir.

Tiggo 8 Pro Max’ning xavfsizlik tizimi standart komplektatsiyada ko‘plab xavfsizlik yostiqchalarini o‘z ichiga oladi. Ushbu yostiqchalar to‘qnashuvda zarbni yumshatish va jarohat olish xavfini kamaytirish orqali yo‘lovchilarni samarali himoya qiladi.

Bundan tashqari, avtomobil oldindan tortilish va bosimni cheklash funksiyasiga ega ilg‘or xavfsizlik kamarlari bilan jihozlangan. To‘satdan tormoz berilganda kamarlar bir zumda tortilib, yo‘lovchilarni fiksatsiyalaydi. Biroq agarda ta’sir kuchi ma’lum bir chegaradan oshsa, jiddiy shikastlanish ehtimolini kamaytirish uchun kamarlar biroz bo‘shashadilar.

Shunday qilib, xavfsizlik yostiqchalari va ilg‘or kamarlar ko‘zda tutilgan kompleksli yechim Tiggo 8 Pro Max’dagi barcha yo‘lovchilar uchun yuqori darajadagi himoyani ta’minlaydi.

Ishlab chiquvchilar, shuningdek, avtomobilni ekstremal sharoitlarda – yuqori va past haroratlarda, yuqori balandlikda sinchkovlik bilan sinovdan o‘tkazganlar. Ushbu sinovlar Tiggo 8 Pro Max’ning atrof-muhitning turli sharoitlariga yuqori moslashuvchanligini va hatto eng qiyin vaziyatlarda ham ishlashining barqarorligini tasdiqladi.

Tiggo 8 Pro Max’ning ishlab chiqarliishi eng qat’iy sifat standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Materiallarni tanlashdan tortib to yig‘ilishigacha bo‘lgan har bir bosqich diqqat bilan nazorat qilinadi. Zavodda har bir avtomobil xaridorga yetkazib berilishidan oldin sinchkovlik bilan tekshirilishini kafolatlaydigan qat’iy sifat boshqaruvi tizimi amal qiladi. Ishlab chiqarishning har bir bosqichidagi bunday sinchkov nazorat har bir Tiggo 8 Pro Max’ning ishonchliligi va yuqori ekspluatatsion xususiyatlarini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, modelning konstruksiyasida foydalanish vaqtida avtomobil saloning tozaligi va ekologikligini ta’minlash uchun maxsus choralar nazarda tutilgan.

Tiggo 8 Pro Max tomonidan erishilgan yuqori besh yulduzli xavfsizlik bahosi, CHERY kompaniyasining maksimal darajada avtomobil sohiblarini himoya qilishga bo‘lgan intilishini ta’kidlaydi. Innovatsion yechimlardan tortib, to sinchkovlik bilan o‘tkazilgan sinovlar va yuqori aniqlikdagi ishlab chiqarilishgacha – loyihalashtirish va yig‘ilishning har bir bosqichi xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan. CHERY uchun Tiggo 8 Pro Max – shunchaki transport vositasi emas, balki kompaniyaning foydalanuvchilar xavfsizligiga bo‘lgan intilishi, oilaviy farovonlik kafolatining ifodasidir. Uning quvvati avtomobil sohiblarini yanada xavfsizroq va mulohazali harakatlanishga undab “qudrat ajoyib xususiyatlarni yaratadi” (“strength makes excellent performance”) degan ishonchni ifodalaydi.

CHERY avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalari guruhi tomonidan O‘zbekistonda taqdim etilayotgan CHERY avtomobillarining xarakteristikalari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.

TEST DRIVE UCHUN RO‘YXATDAN O'TISH

Eng yaqin vakolatli dilerda test drive'ga yoziling