TIGGO 8 PRO MAX
HASHAMATLI YETTI O‘RINDIQLI PREMIUM TOIFADAGI KROSSOVER

 

480 900 000 so'mdan*
TIGGO 8 PRO MAX
TIGGO 8 PRO
ZAMONAVIY QULAYLIK DARAJASIGA EGA KROSSOVER

 

417 900 000 so'mdan*
TIGGO 8 PRO
TIGGO 7 PRO MAX
HAR QANDAY YO'LDA QULAYLIK VA ISHONCHNI QADIRLAYADIGAN OILA UCHUN IDEAL TANLOV

 

364 900 000 so'm*
TIGGO 7 PRO MAX
TIGGO 7 PRO
OILAVIY KROSSOVER

 

311 900 000 so'mdan*
TIGGO 7 PRO
ARRIZO 6 PRO

 

254 900 000 so'mdan
214 900 000 so'mdan*
ARRIZO 6 PRO
25.10.2024

Chery avtomobil brendi "Automechanika Tashkent 2024" ko‘rgazmasida

2024-yil 23-oktabr kuni CAEx Uzbekistan ko‘rgazmalar markazida O‘zbekiston avtomobil sanoati uchun eng yirik tadbirlardan biri — "Automechanika Tashkent 2024" ko‘rgazmasi boshlandi.

Chery avtomobil brendi "Automechanika Tashkent 2024" ko‘rgazmasida

2024-yil 23-oktabr kuni CAEx Uzbekistan ko‘rgazmalar markazida O‘zbekiston avtomobil sanoati uchun eng yirik tadbirlardan biri — "Automechanika Tashkent 2024" ko‘rgazmasi boshlandi. Ishtirokchilar orasida rasmiy distribyutori sifatida ADM Global kompaniyalar guruhi hisoblangan Chery avtomobil brendi ham bo‘ldi. Ko‘rgazma doirasida brend Tiggo 8 Pro Max 2024 va Arrizo 6 Pro 2024 modellarini, shuningdek, Arrizo 6 Pro Life 2024 va Tiggo 7 Pro Max 2024 yangi avtomobillarini taqdim etdi.

Yangi Tiggo 8 Pro Max 2024 innovatsiya ishqibozlari uchun yanada ko‘proq premium yechimlarni taklif etmoqda. U qulaylik va ilg‘or texnologiyalar o‘rtasidagi muvozanatni izlayotganlar uchun yaratilgan. Krossover 19 dyuymli disklar, yorqin Chery belgisi, lyukga ega manzarali tom qismi va atmosferali yoritgich bilan jihozlangan. Asosiy opsiyalar orasida uqalash funksiyasiga ega eko-charmdan ishlangan o‘rindiqlar, ikki hududli iqlim-nazorat va dvigatelni masofadan ishga tushirish tizimlari mavjud. Salonda ikkita 12,3 dyuymli sensorli displey o‘rnatilgan, Apple CarPlay va Android Auto tizimlari ishlaydi, shuningdek, qurilmalar uchun simsiz quvvatlash imkoniyati ham mavjud. Bort tizimlari o‘zbek va rus tillarida ishlashi sababli, avtomobildan foydalanishni yanada qulaylashtiradi. Xavfsizlik uchun to‘qqizta xavfsizlik yostiqchalari, doira bo‘ylab ko ‘rish tizimi, ko‘rinmas hududlarni nazorat qilish va adaptiv kruiz- nazorat mas’uldir.

Yangi Arrizo 6 Pro 2024 o‘zida jo‘shqinlik va funksionallikni mujassamlashtiradi. Model 147 ot kuchiga ega 1,5-litrli turbo dvigatel, 17 dyuymli quyma disklar, LED optikasi va lyuk bilan jihozlangan. Interyer ichida charm o‘rindiqlari o‘rnatilgan, 10,25 dyuymli displeyli multimedia tizimi esa Apple CarPlay va Android Auto bilan ishlashi mumkin. Simsiz quvvatlash imkoniyati ham mavjud. Avtomobil doira bo‘ylab kuzatish tizimi, ko‘rinmas hududlarni nazorat qilish va adaptiv kruiz-nazorat bilan jihozlanishi sababli, uni xavfsizlik va qulaylikni qadrlaydiganlar uchun ajoyib tanlovga aylantiradi.

Yangi Arrizo 6 Pro Life 2024 mahalliy haydovchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va ishonchliligi va xizmat ko‘rsatish qulayligi bilan ajralib turadigan atmosferali dvigatel bilan jihozlangan. Comfort va Intelligence turlaridan farqli o‘laroq, mazkur model 113 ot kuchiga ega 1,5-litrli dvigatel va ravon boshqaruvni ta’minlaydigan CVT variatorli transmissiya bilan jihozlangan. 205/55 R16 o‘lchamli shinalar va alyuminiy disklar bilan avtomobil o‘ziga xos uslub va qulaylikni uyg‘unlashtiradi. Avtomobilning 100 km/soatgacha tezlanishi 13,2 soniya, yonilg‘i sarfi esa shaharda 9,1 l/100 km va trassada 6,3 l/100 km ni tashkil etishi, mazkur modelni kundalik sayohatlar uchun mukammal tanlovga aylatiradi.

Yangi Tiggo 7 Pro Max 2024 — zamonaviy dizayn, qulaylik va ilg‘or yechimlarni qadrlaydiganlar uchun yaratilgan o‘ziga xos uslubga ega va yuqori texnologiyali krossover. Luxury va Premium turlaridan farqli o‘laroq, Pro Max kuchli 1,6-litrli turbo dvigatel (186 o.k.), robotlashtirilgan DCT7 transmissiyasi va to‘liq yuritmali tizim bilan jihozlangan bo‘lishi, har qanday sharoitda ishonchli jo‘shqinlik va qulaylikni ta’minlaydi. Avtomobil yangilangan 18 dyuymli quyma disklar, 8 ta dinamiklarga ega premium SONY audio tizimi, 8 dyuymli boshqaruv paneli va ovozli boshqaruv funksiyasiga ega takomillashtirilgan iqlim-nazorat tizimiga bo‘ldi. Bort tizimi o‘zbek va rus tillarda foydalanish imkoniyatiga ega. Xavfsizlik uchun adaptiv kruiz-nazorat tizimi, yo‘l qismida ushlab turish assistenti, to‘qnashuvlarning oldini olish tizimlari va qo‘shimcha qulaylik uchun akustik oynalar mas’uldir. Quvvat, innovatsiya va nafis dizayn uyg‘unligi tufayli Tiggo 7 Pro Max 2024 har qanday chaqiriqqa tayyor avtomobil izlayotganlar uchun ajoyib tanlovga aylanadi.

Tez orada yangi Arrizo 6 Pro Life va yangi Tiggo 7 Pro Max modellari O‘zbekiston avtomobil bozorida sotuvga chiqariladi.

"Automechanika Tashkent 2024" ko‘rgazmasi 25 oktabrga qadar davom etadi hamda tajriba almashish va eng yangi texnologiyalar taqdimoti uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur tadbir avtomobilsozlik sanoatining kelajagini Chery bilan birgalikda ko‘rish imkonini beradi va brendning o‘z mijozlariga zamonaviy, ishonchli va innovatsion yechimlarni taklif qilish istagini tasdiqlaydi.

O‘zbekistonda Chery avtomobil brendining rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekistondagi Chery avtomobillarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalar va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.

TEST DRIVE UCHUN RO‘YXATDAN O'TISH

Eng yaqin vakolatli dilerda test drive'ga yoziling