Chery: sotuvlar hajmi 9,6 foizga oshdi, Tiggo 7 Pro o‘z yetakchiligini mustahkamlamoqda
Oktabr oyida Chery brendi O‘zbekistonda 767 dona avtomobil sotuvini amalga oshirdi, ushbu ko‘rsatkich 2026-yil sentabr oyiga nisbatan 9,6 foizga ko‘p bo‘ldi.

Oktabr oyida Chery brendi O‘zbekistonda 767 dona avtomobil sotuvini amalga oshirdi, ushbu ko‘rsatkich 2026-yil sentabr oyiga nisbatan 9,6 foizga ko‘p bo‘ldi.
Modellar turkumida yetakchi sifatida Tiggo 7 Pro krossoveri namoyon bo‘lib, uni 442 nafar xaridor tanladi. Oldingi oyga nisbatan model sotuvi 18,2 foizga oshishi, ushbu krossoverga yuqori qiziqish mavjudligini tasdiqladi.
Boshqa talabgir modellar qatorida 82 nafar xaridor tomonidan sotib olingan Arrizo 6 Pro sedani va 80 dona natija bilan Tiggo 4 Pro krossoveri hisoblandi.
Qolgan modellar sotuvi quyidagicha taqsimlandi:
- Tiggo 8 Hybrid va Tiggo 8 Pro – mos ravishda 92 va 9 dona krossover;
- Arrizo 8 Hybrid – 50 dona sedan;
- Tiggo 9 Hybrid va Tiggo 9 Pro – mos ravishda 3 va 7 dona krossover;
- Tiggo 2 Pro – 2 dona krossover.
Brendning gibrid yo‘nalishi alohida e’tiborga loyiqdir. Oktabr oyida 145 dona Chery gibrid avtomobili sotilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich oylik sotuvning deyarli 19 foizini tashkil etdi. Ushbu segmentda eng talabgir model sifatida Tiggo 8 Hybrid bo‘ldi.
Oktabr oyida Chery sotuvining o‘sishi, avvalambor, Tiggo 7 Pro’ga bo‘lgan yuqori talab bilan bog‘liq. Shu bilan birga, gibrid modellarning mavjudligi zamonaviy texnologiyalar va ekspluatatsiya tejamkorligiga qiziqqan xaridorlar uchun tanlov imkoniyatlarini kengaytiradi.
HAM OʻQING

Chery Tiggo 9 global krash-testi: xavfsizlik uch tomonlama murakkab to‘qnashuv orqali tekshirildi.
2026-yil aprel oyida Uxu shahrida Chery xalqaro biznes sammiti doirasida Tiggo 9 flagman krossoverining uchta avtomobil ishtirokida ommaviy krash-testi bo'lib o'tdi.

Oilaviy mobillikning yangi davri: CHERY TIGGO V 2026-yilgi Auto China ko‘rgazmasida ilk bor namoyish etildi
24-aprel kuni Pekinda "Auto China 2026" 18-xalqaro avtosaloni ochildi. CHERY asosiy yangiliklardan biri – TIGGO V’ni taqdim etdi.

Butun dunyo bo‘ylab 19 million foydalanuvchi: CHERY’ning rekord darajadagi savdolari Auto China 2026 arafasida bozorni o‘zgartirib bormoqda
2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, CHERY jahon bozorida barqaror o‘sishni namoyish etishda davom etmoqda.
