Chery Uzbekistan gibridli yetti o‘rindiqli Tiggo 8 Hybrid va yangilangan Tiggo 7 turkumini taqdim etdi
30-yanvar kuni Chery kompaniyasi modellar qatorini kengaytirish va gibrid texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan 2026-yilga mo'ljallangan rivojlanish strategiyasini taqdim etdi.

30-yanvar kuni Chery kompaniyasi modellar qatorini kengaytirish va gibrid texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan 2026-yilga mo'ljallangan rivojlanish strategiyasini taqdim etdi. Taqdimot doirasida yetti o'rindiqli Tiggo 8 Hybrid gibrid krossoveri va bir qator texnik va estetik jihatdan takomillashtirilgan Tiggo 7 modellar qatorining keng ko'lamli yangilanishi namoyish etildi. Ikkala turdagi yangi avtomobillar sotuvga chiqarilgan va mamlakatning barcha rasmiy dilerlik markazlarida mavjud.

Tiggo 8 Hybrid: keng sig'imli xususiyati va zamonaviy texnologiyalari
Muhim yangiliklardan biri sifatida yetti o'rinli Tiggo 8 Hybrid gibridi hisoblanadi. Model kenglik muhitini afzal ko'radiganlar uchun ayni muddao bo'lib, to'liq uch qatorli salonni o'zida mujassamlashtirgan. 238 ot kuchiga ega mazkur avtomobil kombinatsiyalangan rejimda 100 km masofaga atigi 5,2 litr yonilg'i sarflagan holda 1200 km dan ortiq masofani bosib o'tishga qodir.
Krossoverning ichki jihozlanishi har bir safarni texnologik darajadagi sayohatga aylantiradi. Interyer 15,6 dyuymli multimedia ekrani va muhim ma'lumotlarni to'g'ridan-to'g'ri old oynada namoyish etuvchi proyeksiyali displey (HUD)ga ega bo'ldi. Premium versiyasida yo'lovchilar "birinchi toifaga" xos qulaylik - old o'rindiq o'zida oyoqlarni ko'tarib turuvchi tayanch (otmomanka) va massaj funksiyasini jamlagan. Intellektual muhitni SONY premium toifadagi audio tizimi va murakkab buyruqlarni aniqlay oladigan yangilangan ovozli yordamchi funksiyalari kengaytiradi.

Tiggo 7 turkumining yangilanishi: tafsilotlarga urg'u
Ommabop Tiggo 7 oilasi ham keng ko'lamli yangilanishga ega bo'ldi. Asosiy o'zgarishlar nafaqat tashqi ko'rinishga, balki texnik jihatga ham ta'sir qildi. Shunday qilib, Premium komplektatsiyasida endi turli yo'l sharoitlarida ravon ishlashni ta'minlaydigan olti pog'onali robotlashtirilgan transmissiya qo'llaniladi.
Pro Max komplektatsiyasi 19 dyuymli yengil qotishmali disklar va o'rindiqlarni ventilyatsiya qilish funksiyasiga ega premium toifadagi qora-jigarrang interyer bilan alohida ajralib turadi. Hatto Life versiyasi ham o'z toifasi uchun ajoyib opsiyalar to'plamini taklif etmoqda: panoramali tom qismidan tortib O'zbekiston iqlimi uchun maxsus ishlab chiqilgan to'liq qishki mavsum uchun isitish to'plamigacha.
Amaldagi narxlar
2026-yil yangi mahsulotlari uchun narx takliflari*:
Tiggo 7:
- Life - 274 900 000 so'm;
- Pro Premium - 319 900 000 so'm
- Pro Max - 339 900 000 so'm
Tiggo 8 Hybrid yetti o'rindiqli gibrid krossoveri:
- Luxury - 399 900 000 so'm;
- Premium - 419 900 000 so'm
* Izoh: Ko'rsatilgan narx to'g'ridan-to'g'ri xarid qilish sharti bilan amal qiladi (100% to'lov). Moliyaviy dasturlar (kredit, muddatli to'lov yoki lizing) orqali avtomobil xarid qilinganda, yakuniy narx farq qilishi mumkin.

Ushbu taqdimot brendning qulaylik va haydovchilarning dolzarb ehtiyojlariga yo'naltirilgan zamonaviy avtomobil yechimlarini taklif etishga bo'lgan intilishini yana bir karra tasdiqladi. Chery'ning O'zbekiston bo'ylab rasmiy dilerlik tarmog'ida avtomobillar bilan yaqindan tanishish va test-drayvdan foydalanish mumkin.
Chery avtomobil brendining O'zbekistondagi rasmiy distribyutori bo'lgan ADM kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan O'zbekistondagi Chery avtomobillarining xususiyatlari va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.
HAM OʻQING

Maksimum darajadagi sig‘imlik: Toshkentdagi oilalar yangi Chery Tiggo 8 Hybrid yukxonasini qay tarzda sinovdan o‘tkazishdi
25-yanvar kuni Magic City bog'ida yangi Chery modeli - yetti o'rindiqli Tiggo 8 Hybrid gibrid krossoverining haqiqiy imkoniyatlarini namoyish etishga bag'ishlangan yorqin interaktiv aksiya bo'lib o'tdi.

ADM Global yangi Chery Arrizo 8 Hybrid flagman sedanini taqdim etdi
2025-yil 11-oktabrda Toshkentda yangi Chery Arrizo 8 Hybrid biznes-sedani — O‘zbekistonda brendni rivojlantirishda yangi sahifa ochadigan texnologik va samarali modelining tantanali taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

CHERY Farg‘ona vodiysida WCWL samimiy bayramda avtomobil egalari oilalarini bir joyga jamladi
2025-yil 28-iyun kuni uzoq kutilgan With Chery With Love (WCWL) loyihasining qaytishi bo'lib o'tdi - bu safar serquyosh Farg'ona vodiysida.
