TIGGO 9 HYBRID
CHERY’DAN YANGI PREMIUM KROSSOVER
TIGGO 9 HYBRID
TIGGO 8 HYBRID
YANGI GIBRID KROSSOVER

 

399 900 000 so'mdan*
TIGGO 8 HYBRID
ARRIZO 8 HYBRID
BIZNES-KLASS GIBRID SEDANI

 

344 900 000 so'mdan*
ARRIZO 8 HYBRID
TIGGO 2 PRO
SHAHAR ICHIDAGI HARAKATLAR UCHUN ZAMONAVIY VA HAMYONBOP AVTOMOBIL

 

214 900 000 so'm
189 900 000 so'm
TIGGO 2 PRO
TIGGO 7 LIFE
HAR KUN UCHUN AMALIY KROSSVER

 

274 900 000 so'mdan*
TIGGO 7 LIFE
TIGGO 7 PRO
QULAY OILAVIY KROSSOVER

 

319 900 000 so'mdan*
TIGGO 7 PRO
TIGGO 8 PRO
ZAMONAVIY QULAYLIK DARAJASIGA EGA KROSSOVER

 

399 900 000 so'm
374 900 000 so'm
TIGGO 8 PRO
TIGGO 8 PRO MAX
HASHAMATLI YETTI O‘RINDIQLI PREMIUM TOIFADAGI KROSSOVER

 

480 900 000 so'm
455 900 000 so'm
TIGGO 8 PRO MAX
ARRIZO 6 PRO
C SINFDAGI SHAHAR SEDANI

 

239 900 000 so'mdan
214 900 000 so'mdan*
ARRIZO 6 PRO
27.04.2026

Chery CSH – yonilg‘i narxining oshishi va cheklangan quvvatlash infratuzilmasi sharoitida samarali yechim

2026-yilda jahon bozorida neft narxi beqarorligicha qolmoqda. IYODli avtomobil egalari uchun yonilg'i narxining oshishi shaxsiy transport xarajatlarini oshiradi.

Chery CSH – yonilg‘i narxining oshishi va cheklangan quvvatlash infratuzilmasi sharoitida samarali yechim

2026-yilda jahon bozorida neft narxi beqarorligicha qolmoqda. IYODli avtomobil egalari uchun yonilg'i narxining oshishi shaxsiy transport xarajatlarini oshiradi. O'z navbatida, elektromobil egalari boshqa muammoga duch kelishmoqda: quvvatlash infratuzilmasining notekis rivojlanishi davom etmoqda, negaki ko'p hollarda katta shaharlardan tashqarida quvvatlash stansiyalaridan foydalanish imkoniyati cheklangan. Shu sababli, Chery CSH (Chery Super Hybrid) texnologiyasini ishlab chiqqan bo'lib, u yonilg'i va elektr yuritma imkoniyatlarini o'zida mujassam etgan.

Amaliy yechim sifatida gibrid

Gibrid avtomobillar yonilg'i quyish va batareyani qayta quvvatlashni o'zida birlashtirgan bo'lib, infratuzilma cheklovlariga bo'lgan bog'liqlikni kamaytiradi va avtomobilni turli sharoitlarda - shahar ichidagi safarlardan tortib hududlararo yo'nalishlargacha foydalanish imkonini beradi.

CSH texnologiyasi va Tiggo turkumi

CSH tizimi Tiggo 4, Tiggo 7, Tiggo 8 va Tiggo 9 modellarida qo'llaniladi. 5-avlod gibrid qurilmasi quyidagilarni ta'minlaydi:

  • dvigatelning issiqlik samaradorligi - 44,5%;
  • 0-100 km/soat tezlanish - 4,5 soniyadan boshlab;
  • batareya quvvati tugaganida yonilg'i sarfi - 4,5 l dan kam / 100 km.

Ko'rsatkichlar Yevropaning 7 ta davlati orqali 3 500 km masofaga cho'zilgan EU Extreme Endurance Challenge sinovlari doirasida tasdiqlangan. Sinov natijalariga ko'ra, kombinatsiyalangan yo'l bosish zaxira masofasi (WLTC) to'liq bak va quvvatda 1 403 km ni tashkil etdi.

Sinovlar turli xil foydalanish sharoitlarida, jumladan, shahar ko'chalari, tezkor trassalar va tog' yo'llarida, shuningdek, yuqori yuklamalar va jazirama iqlim sharoitlarida o'tkazildi. Sinovlar davomida nosozliklar qayd etilmadi.

Foydalanishning xalqaro amaliyoti

Chery avtomobillari 80 dan ortiq mamlakat va mintaqalarda taqdim etilgan. Brendning xalqaro bozorlarda mavjud bo'lish muddati 23 yilni tashkil etadi, foydalanuvchilarning umumiy soni esa 4 milliondan oshadi.

CSH global harakatlanish marshruti 20 dan ortiq mamlakat va 20 000 km masofani qamrab oldi. Sinovlar davomida avtomobil xususiyatlari, jumladan, yo'l bosish zaxira masofasi, boshqaruv tizimlarining ishlashi, tashqi quvvatsizlantirish funksiyasi (V2L) va shovqin va tebranish darajasi (NVH) tasdiqlandi.

Keyingi taraqqiyot

Yonilg'i narxining oshishi va transport samaradorligiga qo'yiladigan talablarning rivojlanishi yangi yechimlarga bo'lgan talabni shakllantiradi. Ushbu yechimlar tejamkorlik va universallikni birlashtiradi. Chery CSH texnologiyasini rivojlantirish, shuningdek, mahsulot turlari va xizmat ko'rsatish infratuzilmasini kengaytirishni davom ettirmoqda.

Yangi yechimlar va yangilangan strategiya Auto China 2026 va kompaniyaning bu yilgi Global dilerlik konferensiyasida taqdim etiladi.

TEST DRIVE UCHUN RO‘YXATDAN O'TISH

Eng yaqin vakolatli dilerda test drive'ga yoziling

Yozilish