CHERY ARRIZO 6 PRO J.D. Power REYTINGIDA BIRINCHI O'RINNI EGALLADI
Yaqinda dunyoga mashhur J.D. Power konsalting kompaniyasi APEAL 2022 avtomobil brendlarining ishonchliligi reytingini nashr qildi, unda Chery brendi o'tgan yilga nisbatan 8 pog'onaga ko'tarilib, global avtomobil ishlab chiqaruvchilar orasida 15-o'rinni egalladi. Xususan, ARRIZO 6 PRO o'rta toifadagi avtomobillar orasida birinchi, TIGGO 8 PRO MAX esa krossoverlar klassida ikkinchi o'ringa sazovor bo‘ldi.
China Automotive Performancening Execution and Layout (APEAL) tadqiqotida transport vositalari sohiblarining mahsulotning jozibadorligi va avtomobildan qoniqish haqidagi tasavvurlari 37 parametr bo'yicha o'rganiladi, ular quyidagi xususiyatlarni o'z ichiga oladi: eksteryeri va interyeri, o'tirishning qulayligi, salonning ergonomikasi, texnik xususiyatlari, avtomobilni boshqarish qulayligi, yoqilg'i sarfi va hokazolar.
ARRIZO 6 PRO o'rta o'lchamli bazaviy avtomobillar orasida birinchi o'rinda turadi
"Brilliant"li radiator panjarasi, yorug’likdiodli faralar, shuningdek, orqa chiroqlar bilan xromlangan yon bezaklarning uyg’unligi tufayli ARRIZO 6 PRO turli: yoshlardan tortib ulug‘ yoshlilargacha, klassika ixlosmanlaridan tortib, to modernistlargacha bo'lgan guruhlar uchun juda jozibador bo'lib chiqdi.
Optsiyalarga kelsak, ARRIZO 6 PRO ACC (adaptiv kruiz-nazorati), EPB (elektron to'xtab turish tormozi) va ABS (blokirovkaga qarshi tormoz tizimi)ni o'z ichiga olgan intellektual faol xavfsizlik tizimlari guruhi bilan jihozlangan. Bundan tashqari, APPLE CARPLAY va ANDROID AUTO mobil telefon integratsiyasi tizimi ham mavjud. Shuningdek, dvigatelni masofadan ishga tushirish, simsiz zaryadlash va qishki to'plam ham mavjuddir. Bu avtomobildan foydalanishni qulay va soddaga aylantiradi
TIGGO 8 PRO MAX o'rta o'lchamli krossoverlar toifasida 2-o'rinni egalladi
Kuchli raqobat mavjud bo‘lgan segmentda, TIGGO 8 PRO MAX ko'plab kuchli raqobatchilarni ortda qoldirib 748 ball bilan ikkinchi o'rinni egalladi.
TIGGO 8 PRO MAXga o'rnatilgan dvigatel "China Best Ten Engine" toifasida g'olib chiqdi, shuningdek, dinamika, quvvatlilik, yoqilg'i tejamkorligi toifalarida eng yaxshi deb to'pildi. G'olib dvigatelning quvvati 187 kVt, aylantirish momenti 390 Nm teng bo‘lib, bu TIGGO 8 PRO MAXdagi 7,3 soniyada 0 dan 100 km/soatgacha tezlashuv dinamikasini ta'minlaydi. Shu bilan birga, yoqilg'i sarfi 100 km ga atigi 7,3 l ni tashkil etadi. Bunda, TIGGO 8 PRO MAX, gabarit o‘lchamlari 4722mm x1860mm x1705mm bo'lgan katta kuzovga ega bo'lib, 5+2 yo'lovchi uchun qulay joylashuvni ta'minlaydi. Bundan tashqari, 8 karnayli SONY audio tizimi, aqlni oluvchi 24,6 dyuymli displey, rul osti almashtirgichlar, intellektual yordam tizimlari tufayli avtomobil haydovchi va yo'lovchilarga yuqori darajadagi komfortni va foydalanishdagi qulaylikni ta'minlaydi.
ARRIZO va TIGGOning ikki asosiy modellarining J.D. Powerning APEAL reytingidagi salmoqli yutuqlari, Chery kompaniyasining o'z modellarining sifati va texnologik tomondan yetukligini oshirish bo‘yicha strategiyasi to‘g‘rigini tasdiqlaydi.
Chery Uzbekistanning rasmiy sahifalarida yangiliklar yuzasidan e’lonlarni kuzatib boring
Sayt https://cheryauto.uz
Instagram https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/
Telegram https://t.me/cheryuzbekistan
HAM OʻQING
Chery brendi avtomobillari sotuvining dekabr oyi natijalari hamda 2024-yilning umumiy yakunlari
2024-yil O‘zbekistonda Chery brendi uchun muhim yil bo‘lib, avtomobil ishqibozlari o‘rtasida yuqori darajadagi ishonch va talab mavjudligini tasdiqladi. Sotuvlarning barqaror o‘sishi, bozorda ishtirok etish geografiyasining kengayishi va undagi mavqeining...
Chery brendi O‘zbekistonda ikki yilligini nishonladi: yangi Tiggo 2 Pro modeli taqdimoti va dilerlik konferensiyasi
O‘zbekiston bozorida Chery brendining ikki yilligi munosabati bilan ADM Global kompaniyalar guruhi keng miqyosli dilerlik konferensiyasini o‘tkazdi, uning asosiy voqeasi sifatida yangi Chery Tiggo 2 Pro krossoveri taqdimoti bo‘ldi. Ushbu model zamonaviy dizayn, texnologiya va...
Chery TIGGO 7 avtomobillarining millioninchisi eksportga chiqarildi — kompaniyaning global miqyosdagi kengayishida yangi bosqich
2024 yil 1 noyabrda TIGGO model qatori uchun muhim bosqichga erishildi: Chery TIGGO 7 avtomobilining millioninchi avtomobili Xitoyning Uxu porti orqali jahon bozoriga yo‘l oldi.
TEST DRIVE UCHUN RO‘YXATDAN O'TISH
Eng yaqin vakolatli dilerda test drive'ga yoziling