Chery uchinchi avlod PHEV texnologiyasi tufayli Shanxay shahrida o’tkazilgan “Shanghai Auto Show” avtomobil ko'rgazmasida yangi bosqichga ko'tarilmoqdi
18 aprel kuni Shanxay milliy ko'rgazma markazida 20-chi Shanxay xalqaro avtomobil sanoati ko'rgazmasining tantanali ochilishi bo'lib o'tdi. Dunyodagi eng yirik va eng nufuzli A toifali xalqaro avtosalonda, Chery o'zining uchinchi avlod PHEV texnologiyasini taqdim etdi va global foydalanuvchilarga elektrlashtirish va intellekt davri imkoniyatlari oldida o’zining so'nggi yo’nalish yo'lini namoyish etdi va yangi energiyaviy transport vositalarining kelajakdagi harakatiga shubhasis, Chery brendi tomonidan yetakchilik qilinishi haqidagi ulkan taassurot yarata oldi.

"Texnologiyalarga asoslangan korxona" rivojlantirish kontseptsiyasiga rioya qilgan holda, Chery 1999 yildan boshlab, asosiy texnologiyalarni, ayniqsa yangi energiyaviy texnologiyalari sohasidagilarni o'zlashtirgan birinchi Xitoy avtomobilsozlik korxonasi hisoblanadi. U uch elektr energiyasi, yengil vazn va intellekt kabi sohalarda inqilobiy natijalarga erishdi. Hozirgi vaqtda avtomobilsozlik sanoatida yuz berayotgan chuqur o'zgarishlarga qaramay, Chery o'zgarishlarga moslashmoqda va global avtomobilsozlik sanoatida "Chery Acceleration" shiori ostida ishtirok etmoqda. Ushbu ko'rgazmada namoyish etilgan Cheryning uchinchi avlod gibrid platformasi "Chery Technologiyalari"ni yangi rivojlanish bosqichiga chiqishining boshlanishdir.
Cheryning uchinchi avlod gibrid platformasida, Millerning chuqur tsikli, to'rtinchi avlod i-HEC yonish tizimi, yuqori samarali turbokompressor, termoregulyatsiyalashning intellektual tizimi va h.k.z.lar kabi ilg'or texnologiyalarni o‘zida birlashtirgan yuqori samarali beshinchi avlod ACTECO gibrid ixtisoslashtirilgan dvigateli o’rnatilgan. Uning eng yuqori quvvati 44,5% dan ortiq samarali issiqlik samaradorligiga erishishi mumkin bo’lib, bu esa uni Xitoy bozorida eng samarali gibrid dvigatelga aylantiradi.
Bundan tashqari, Cheryning uchinchi avlod gibrid platformasi 9 ta rejim va 11 ta kombinatsiyalangan uzatmalarga ega 3 bosqichli DHT bilan jihozlangan. U nafaqat yuqori quvvatga va mukammal yoqilg'i tejamkorligiga, balki ekologiklikka, mahsuldorlikka va o'ta tekkislikka ega bo'lib, sayohat davrida foydalanuvchilarning ehtiyojlarini to'liq qondira oladi.

Chery kompaniyasining uchinchi avlod PHEV gibrid texnologiyasi Shanxay avtosalonida jahon avtomobil sanoati vakillari e'tiborini qozona oldi. 80 dan ortiq mamlakatlardan kelgan 1000 dan ortiq xorijiy mehmonlar Chery stendi oldida, yangi energiya sohasidagi so'nggi texnologik yutuqlarni birgalikda yaratish va baham ko'rish hamda Cheryning yangi globallashuv yo'nalishiga chiqish haqidagi ajoyib tasavvurini birgalikda targ'ib qilish uchun yig'ildilar.
Chery Uzbekistanning rasmiy sahifalari
Website https://cheryauto.uz
Instagram https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/
Telegram https://t.me/cheryuzbekistan
HAM OʻQING

Chery Tiggo 9 global krash-testi: xavfsizlik uch tomonlama murakkab to‘qnashuv orqali tekshirildi.
2026-yil aprel oyida Uxu shahrida Chery xalqaro biznes sammiti doirasida Tiggo 9 flagman krossoverining uchta avtomobil ishtirokida ommaviy krash-testi bo'lib o'tdi.

Oilaviy mobillikning yangi davri: CHERY TIGGO V 2026-yilgi Auto China ko‘rgazmasida ilk bor namoyish etildi
24-aprel kuni Pekinda "Auto China 2026" 18-xalqaro avtosaloni ochildi. CHERY asosiy yangiliklardan biri – TIGGO V’ni taqdim etdi.

Butun dunyo bo‘ylab 19 million foydalanuvchi: CHERY’ning rekord darajadagi savdolari Auto China 2026 arafasida bozorni o‘zgartirib bormoqda
2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, CHERY jahon bozorida barqaror o‘sishni namoyish etishda davom etmoqda.
