Chery brendi MotorFestUz 2023ga homiylik qildi!
O’tgan dam olish kunlari 23-24 sentyabrda, Food City hududida barcha avtomobil ishqibozlari tomonidan uzoq kutilgan, joriy yilning eng yorqin avtohodisasiga aylangan MotorFestUz 2023 festivali bo'lib o'tdi! Festival tezlik va adrenalinning hayajonli shousi bilan katta taassurot qoldirdi. Festival poygalar, drift-shoular va hatto ekstremal tryuklarga boy bo’ldi.

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad, mamlakatda avtomobil madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, avtomobillarning eksklyuziv turlari bilan tanishtirish imkonini yaratish va milliy avtomobil hamjamiyatiga zamonaviy tendentsiyalarni joriy etish edi. Chery avtomobil brendi mazkur tadbirda yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchisi sifatida oʻzining bestseller qatorini, Tiggo va Arrizo avtomobil modellarini taqdim etdi.
MotorFestUz2023 festivali o’tgan ikki kun davomida, har bir tashrif buyuruvchi ko‘plab ijobiy his-tuyg‘ular va taassurotlarga ega bo‘ldi, bayramning miqyosi hayratlanarli darajaga yetdi. Yulduzlar ishtirokidagi ko'ngilochar dastur, mahalliy restavratorlarning Food segmentidagi festivali, sovrinli o’yinlar, homiylik sovg'alari va ko’plab boshqa tadbirlar o’tkazildi. Festivalga tashrif buyurgan har bir mehmon, Chery avtomobillarining chinakam quvvati va hashamatini his qilish imkoniyatiga ega bo'ldi. Chery o'zining sedandan tortib to krossovergacha ko’rinishida bo’lgan avtomobillarini butun afzalliklarini namoyish qila oldi. Tadbir ishtirokchilari Chery kompaniyasining o'ziga xos ramziga aylangan avtomobillarning qulayligi va beqiyos sifatini yuqori baxoladilar.
MotorFestUz2023 festivali chiptalarini Cheryning eng faol muxlislari yutib oldilar. Chiptalar Chery Uzbekistan rasmiy sahifasida o'ynaldi. Festival doirasida drift bo’yicha ilk professional turnir bo‘lib o‘tdi. Chery tomonidan drift ishtirokchilariga homiylik sovg'alari topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, ADM Global kompaniyasi Chery brendining rasmiy distribyutori hisoblanadi.
Chery Uzbekistan rasmiy sahifalarini kuzatib boring:
- Sayt: cheryauto.uz
- Instagram: @cheryuzbekistan
- Telegram: @cheryuzbekistan
- Facebook: @CheryUzbekistan
- YouTube: @cheryuzbekistan
Bepul test-drayv butun Chery Uzbekistan dilerlik tarmog’i bo’ylab mavjud.
Batafsil maʼlumotlarni +998 71 276 55 55 telefon raqami yoki https://t.me/cheryuzbekistanbot Telegram boti orqali olishingiz mumkin.
HAM OʻQING

Chery Tiggo 9 global krash-testi: xavfsizlik uch tomonlama murakkab to‘qnashuv orqali tekshirildi.
2026-yil aprel oyida Uxu shahrida Chery xalqaro biznes sammiti doirasida Tiggo 9 flagman krossoverining uchta avtomobil ishtirokida ommaviy krash-testi bo'lib o'tdi.

Oilaviy mobillikning yangi davri: CHERY TIGGO V 2026-yilgi Auto China ko‘rgazmasida ilk bor namoyish etildi
24-aprel kuni Pekinda "Auto China 2026" 18-xalqaro avtosaloni ochildi. CHERY asosiy yangiliklardan biri – TIGGO V’ni taqdim etdi.

Butun dunyo bo‘ylab 19 million foydalanuvchi: CHERY’ning rekord darajadagi savdolari Auto China 2026 arafasida bozorni o‘zgartirib bormoqda
2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, CHERY jahon bozorida barqaror o‘sishni namoyish etishda davom etmoqda.
